Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
 
 
 
1.23 – rasm. Ostvald viskozimetri. 
Agar material suv bilan aktiv tarzda 
o‘zaro ta’sir etsa (ohak, sement va b), unda 
suv o‘rniga unga nisbatan inert suyuqligi 
o‘ringa olinadi (suvsiz kerosin, benzin, 
benzol va b). Bunday holatda, tenglamaga 
koeffitsiyent a kiritiladi suvning bu yerda: v- 
solishtirma og‘irlig, g/ sm
3
; ud. J-suyulikning 
solishtirma og‘irligi, g/sm
3



85 
II BOB. MATERIALLARNING MUSTAHKAMLIK VA DEFORMATSION 
TAVSIFLARINI ANIQLASH 
2.1. Qisqa muddatli siqish va cho‘zishda betonning mustahkamlik va 
deformatsion tavsiflarini aniqlash
Betonning mustahkamlik xossalarining asosiy tavsifi uning siqilishiga bo‘lgan 
kubchali mustahkamliligi hisoblanib, bu o‘lchami 15x15x15 sm ga teng bo‘lgan, 
yig‘ma temir-beton buyumlarning mazkur turlari uchun va loyiha hujjatlarida monolit 
konstruksiyalar uchun davlat standartlari yoki texnik shartlarda ko‘rsatilgan 
muddatlarda tayyorlangan va sinalgan etalon namunalarni siqishda mustahkamlik 
chegarasini belgilaydi. 
Nazorat namunalarini sinash GOST 101-80-90 «Betonlar. Namuna nusxalari 
bo‘yicha mustahkamlikni aniqlsh usullari»ga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat 
namunalarini tayyorlash va saqlash GOST 18105-86 «Betonlar. Bir jinslikni va 
mustahkamlikni nazort qilish va baholash»ga muvofiq amalga oshiriladi. Nazorat 
namunlari — kublarning o‘lchamlari beton namunalarining mustahkamliligiga ta’sir 
qiluvchi to‘ldirgich donlarining miqdori va yirikligiga bog‘liq holda belgilanadi. 
Temir-beton konstruksiyalarni, betonlashda beton aralashmasining har bir 
qorishmasidan har bir seriyasidan uchta kubdan kamida uch seriya namuna — kub 
ajratib olinadi. Nazorat namunalarini sinash sinovchi gidravlik presslarda yoki 
universal sinov mashinalarida amalga oshriladi. Yuklanishni o‘lchash aniqligini 
oshirish uchun pressning quvvatini shunday hisob-kitob bilan tanlab olinadiki, bunda 
namunada ko‘rsatilayotgan kutilayotgan buzuvchi kuchlanish pressning chegaraviy 
kuchlanishining kamida 10% ini tashkil etsin. 
Nazorat namunlarini sinovdan o‘tkazishning qat’iy tartibi bo‘lishi zarur: 
namunani pressga betonlash vaqtida chetida bo‘ladigan qirralari bilan o‘rnatiladi; 
yuklanishni uzluksiz va bir tekis, sekundiga 6 kg s/sm
2
(0,6 MPa) tezlikda brib 
boriladi. Yuklanishni bundan yanada tezroq oshirish mustahkamlik ko‘rsatichlarini 
ortishi tomoniga o‘zgartradi, ancha sekin oshirish esa — kamayishi tomoniga 
o‘zgartiradi. Nazorat namunalarining tayanch sirtlariga, namuna notekis o‘rab 
olinishining oldini olish maqsadida, tez tutib oluvchi gips yoki eritmasini quyish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
GOST 10180-90 g muvofiq betonning siqishga tekshirilgan mustahkamlik 
chegarasining olngan qiymatlarini qirrasi 15 sm g teng bo‘lgan etalon kubning 


86 
mustahkamligiga keltirish zarur, shuning uchun qirrasi 15 sm dan farq qiladigan 
beton kublarning mustahkam chegarasi o‘tkazish koeffitsiyentiga ega. 
Siqimda betonning mustahkamlik chegarasini yoki kub mustahkamliligi R ni 
har bir sinalgan namuna — kub uchun: 
R = a (P/v)
formula bo‘yicha aniqlanadi, bu yerda: 

— 15
Ѕ15Ѕ15 sm o‘lchamli etalon namuna 
ku mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti; 

— buzuvchi yuklanish, kg s (N)
3
F — 
namunaning o‘rtacha ishchi yuzi, sm
2

Etalon kub mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti 

turli o‘lchamdagi kublar 
uchun quyidagi qiymatlarni tashkil etadi: 
7,07x7,07x7,07 sm ................. 0,85 
10x10x10 sm .......................... 0,91 
15x15x15 sm .......................... 1,0 
20x20x20 sm .......................... 1,05 
30x30x30 sm .......................... 1,10 
Etalon kub mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti 

turli xil o‘lchamdagi 
silindrlar uchun quyidagi qiymatlarni tashkil etadi: 
diametri 7,14 sm va balandligi 14,3 sm ......... 1,16 
diametri 10 sm va balandligi 20 sm ............... 1,17 
diametri 15 sm va balandligi 30 sm ............... 1,20 
diametri 20 sm va balandligi 40 sm ............... 1,24 
Betonning mustahkamligini aniqlash uchun konstruksiyalardan burg‘ulab 
olingan yoki qirqib olingn namunalarni sinashga GOST ruxsat etdi. Xususan, bunda 
silindrlarning diametrlari 7,14; 10; 15 va 20 sm va balandligi mos ravishda 14,3; 20; 
30 va 40 sm bo‘lishi kerak. GOST 10180-90 qirqib olingan silindrlar uchun sinov 
ntijalariga nisbatan ma’lum bir pasaytiruvchi koeffitsiyentl
аrni ko‘zda tutadi. Nazorat 
namunlarini sinashga tayyorlashda ularning geometrik o‘lchamlarini shtongensirkul 
yoki metall chizqich bilan 0,01 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash, so‘ngra 
namunalarning massasini 0,5 g gacha aniqlik bilan aniqlash zarur. 
Nazorat 
nusxalarini sinsh bo‘yicha barcha ma’lumotlar sinash 
bayonnomasining maxsus vedomostlariga kiritiladi. Agar mustahkamlikning o‘rtacha 
chegarasini aniqlashda namunalardan birining eng kichik natijasi keyingi katta 


87 
qiymatidan 20% dan ortiq farq qiladigan bo‘lsa, u holda o‘rtacha mustahkamlikni 
hisoblashda bu namuna iritilmaydi. 
Betonning mustahkamlilik tavsiflaridan biri betonning prizmani mustahkamligi 
(R
b
) = hisoblanadi, u balandligi asosining o‘lchamidan 4 baravar katta bo‘lgan 
prizmatik namunani siqishdagi mustahkamlik chegarasini (kg s/sm2 hisobida) 
angltadi. 
Prizmali mustahkamlikning, elastik modulining va Puassan 
koeffitsiyentining kattaligini aniqlash GOST 24452-80 ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Sinovlarda beton to‘ldirgichining donalari yirikligiga bog‘liq holda o‘lchamlari 
10x10x40 sm, 15x15x60 sm va 20x20x80 sm bo‘lgan namunalardan foydalaniladi. 
Prizmali mustahkamlilik kubli mustahkamlikdan kichik bo‘lvdi, chunki 
namunaning balandligi ortishi bilan namunaning tayanch yoqlari va press plitalari 
orasida yuzaga keladigan ishqalanishning ahamiyati kamayadi, bu ishqalanish 
betonning ko‘ndalang cho‘zilish deformatsiyalarining rivojlanishiga qarshilik qiladi. 
KMK 2.03.01–96 «Betonlar va temirbeton konstruksiyalar»ning talablariga 
muvofiq bajariladigan temirbeton konstruksiyalarining hisob-kitoblarida betonning 
prizmali mustahkamligidan foydalaniladi. Uni aniqlash aniqligiga qarab 
konstruksiyalarning ishonchliligi ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
Betonlarning kubli va prizmali mustahkamliklari orasidagi bog‘liqlik odatda 
laboratoriya sharoitlarida aniqlanadi. Bunda prizmali mustahkamlikning 
koeffitsiyenti aniqlanadi: 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin