87
qiymatidan 20% dan ortiq farq qiladigan bo‘lsa, u holda o‘rtacha mustahkamlikni
hisoblashda bu namuna iritilmaydi.
Betonning mustahkamlilik tavsiflaridan biri betonning prizmani mustahkamligi
(R
b
) = hisoblanadi, u balandligi asosining o‘lchamidan 4 baravar katta bo‘lgan
prizmatik namunani siqishdagi mustahkamlik chegarasini (kg s/sm2 hisobida)
angltadi.
Prizmali mustahkamlikning, elastik modulining va Puassan
koeffitsiyentining kattaligini aniqlash GOST 24452-80 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Sinovlarda beton to‘ldirgichining donalari yirikligiga bog‘liq holda o‘lchamlari
10x10x40 sm, 15x15x60 sm va 20x20x80 sm bo‘lgan namunalardan foydalaniladi.
Prizmali mustahkamlilik kubli mustahkamlikdan kichik bo‘lvdi, chunki
namunaning balandligi ortishi bilan namunaning tayanch yoqlari va press plitalari
orasida yuzaga keladigan ishqalanishning ahamiyati kamayadi, bu ishqalanish
betonning ko‘ndalang cho‘zilish deformatsiyalarining rivojlanishiga qarshilik qiladi.
KMK 2.03.01–96 «Betonlar va temirbeton konstruksiyalar»ning talablariga
muvofiq bajariladigan temirbeton konstruksiyalarining hisob-kitoblarida betonning
prizmali mustahkamligidan foydalaniladi. Uni aniqlash aniqligiga qarab
konstruksiyalarning ishonchliligi ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Betonlarning kubli va prizmali mustahkamliklari orasidagi bog‘liqlik odatda
laboratoriya sharoitlarida aniqlanadi. Bunda prizmali mustahkamlikning
koeffitsiyenti aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: