Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.9.4. Sedimentatsion tahlil 
Kukunlarning granulometrik (donli) tarkibini aniqlashning bevosita usuli 
bo‘lgan sedimentatsion tahlil suyuq muhitda donlarning tushish tezligi ularning 
o‘lchamlariga bog‘liq holda o‘zgarishiga asoslangan. Bu usuldan foydalanishda 
suyuqlikning tanlanishi katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda eng ko‘p suv 
qo‘llaniladi, ammo sement donlarini fraksiyalarga ajratish uchun suv yaroqsizdir
chunki u sementni gidratatsiya qilib unga faol ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
sementlar uchun sedimentatsion suyuqlik sifatida absolut spirt, benzin yoki kerosin 
qo‘llanadi. Loy, ohaktosh, qum va boshqa xom-ashyoviy materiallarning 
sedimintatsion tahlilida suvdan yoki qovushqoqlik oshiruvchi suvning boshqa 


84 
suyuqliklar bilan aralashmasidan masalan, suvning gletsirin bilan aralashmasidan 
foydalanish mumkin. 
Sementning sedimentatsion tahlilini 0 dan 500 mg gacha shkalali torzion 
tarozilarda kerosinda cho‘kib qolgan kukunni uzluksiz tortish yo‘li bilan o‘tkazish 
mumkin. Aniqlashdan avval kerosinning dinamik qovushqoqlik va zichligini 
belgilash kerak. Gidrotatsiyani istisno etish uchun, dastlab kerosin 2-3 kechayu 
kunduz mobaynida qizdirilgan xlorli kalsiyda (1 l kerosin uchun 200 gr xlorli kalsiy) 
tindirilishi kerak. Suvsizlantirish tugatilganidan keyin kerosin filtrlanadi va 
sedimentatsiyani o‘tkazish haroratida uning zichligi va dinamik qovushqoqligi 
(keyingi hisoblar uchun zarur bo‘lgan) aniqlanadi. Aniqlashlar imkoni bo‘yicha 
aynan bir xil haroratda masalan, 20 S da olib borilishi kerak. Agar qovushqoqlik 
ostvald viskozimetri bilan o‘lchansa (1.23-rasm) avval ma’lum qovushqoqlikka ega 
standart suyuqlik tugaganda asbob kostantasi aniqlanadi. Agar standart va 
tekshirilayotgan suyuqliklarning zichligi qiymatlari bo‘yicha teng yoki yaqin bo‘lsa, 
bu konstanta tekshirilayotgan suyuqlikni qovushqoqligi to‘g‘ri aniqlash imkonini 
beradi. Standart suyuqlik sifatida suvdan xam foydalanish mumkin, agar kapillar 
diametri 0,6 mm ga teng yoki kichik bo‘lsa. Aks holda boshqa yanada qovushqoq 
suyuqliklardan foydalanish mumkin.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin