88
20–80 MPa bo‘lgan betonlar uchun
Rb
=0,54–0,63
R
. Kbc ning kattaligidagi bunday
farq
Rb
kattalikka turli omillar —
texnologik, geometrik va boshqalar jiddiy ta’sir
ko‘rsatishidan dalolat beradi.
Nazoratdagi prizmatik namunalarni sinashda yon yoqlariga tenzometrlar,
bazada indikatorlar yoki qarshilik datchiklari o‘rnatiladi, ular yordamida namunaning
hamma yoqlari deformatsiyalarining tengligini (
ε
= (2+3)·10-5 chegarasida)
kutilayotgan buzuvchi yuklanishlarning 10–20% ini tashkil etuvchi yuklanishlargacha
surish va nazorat qilish yo‘li bilan namunani markazlash amalga oshiriladi. Beton
elastikligining boshlang‘ich modulini aniqlash ustiga asboblar o‘rnatilgan o‘ta
prizmali namunalar bo‘yicha olib boriladi. Betonning elastiklik modulini aniqlash
uchun ko‘pincha yuklantirish sxemasi qo‘llaniladi, unga ko‘ra namunalar ko‘zda
tutiladigan yuklanishning 10% idan teng bosqichlar bo‘yicha yuklantrib boriladi.
Har bir bosqichdan keyin 4–5 min mobaynida to‘xtab
turish vaqti beriladi, bu
vaqt ichida ikki marta (boshida va oxirida) asboblardagi deformatsiya ko‘rsatkichlari
yozib olinadi. Bunday tartib (rejim) namuna buzilguncha saqlanadi va natijalarning
aniqligi bilan o‘zini oqlaydi.
Betonning boshlang‘ich elastiklik moduli mazkur namunadagi betonning
prizmali mustahkamliligining 30% iga teng kuchlanish qiymatida betonning
me’yordagi kuchlanishlarining nisbiy deformatsiyalarga nisbati kabi aniqlanadi:
E
b
=
σ/
ε
σ
=0,3
R
b
da
Betonning cho‘zilishidagi mustahkamlik chegarasi (
Rbt
)
ni aniqlash quyidagi
usullar bilan amalga oshiriladi: beton namuna-to‘sinchalarni bukilishga sinash;
namuna-kublar va namuna-silindrlarni ushatishga sinash. Bunday sinovlar tartibini
ko‘rib chiqamiz.
GOST 10180-90 ga muvofiq gorizontal holatda tayyorlangan beton namuna-
to‘sinchalarning o‘lchamlari quyidagicha qabul qilinadi:
-
10x10x40 sm to‘ldirgich donalarining yirikligi 20
mm dan ortiq
bo‘lmaganda;
-
15x15x60 sm to‘ldirgich donalarining yirikligi 40 mm dan ortiq
bo‘lmaganda;
-
20x20x80 sm to‘ldirgich donalarining yirikligi 70 mm dan ortiq
bo‘lmaganda.
89
Bunda, etalon namuna sifatida o‘lchamlari 15x15x60 sm bo‘gan to‘sincha
qabul qilinadi. Namuna-to‘sinchalarning bukilishga sinash sxemasi va sinovchi
qurilma tayanchlarining joylanishi 2.1-rasmda keltirilgan. Sinalayotgan namunning
pastki
tayanchlari orasidagi
l
masofa namunaning
L
uzunligi 40, 60 va 80 sm ga mos
ravishda 30, 45 va 60 sm ga teng qilib qabul qilinadi. Sinovlar pressda yoki tayanch
kataklar (biri — harakatlanuvi, ikkinchisi — qo‘zg‘almas) va namunaga yuklanishni
uzatish uchun ikkita silindrik tayanchi bo‘lgan qattiq yuqori traversa ko‘rinishidagi
maxsus sinovchi qsrilmasi bo‘lgan universal sinash mashinasida o‘tkaziladi. Diametri
25 va 30 mm bo‘lgan hamda uzunligi namuna-to‘sinchaning eniga teng tayanchlar
qo‘llaniladi. Sinovlarni o‘tkazish uslubi va texnik talablar GOST 10180-90 da
mufassal bayon qilingan. Namuna-to‘sinchani yuklantirish tezligi namunaning
buzilishigacha sekundiga 0,5+0,2 kg s/sm2 (0,5+0,2 MPa) ni tashkil etdi.
Betonning bukilishida cho‘zilishga mustahkamligi chegarasi (
Rbtf
) quyidagi
formuda bo‘yicha hisoblanadi:
δ
=
2
btf
Fl
R
ab
bu yerda:
δ
— etalon to‘sincha mustahkamligiga o‘tkazish koeffitsiyenti;
F
- buzuvchi
yuklanish, kgs(N);
l
— quyi tayanchlar orasidagi masofa, sm;
a -
to‘sincha ko‘ndalang kesimining eni, sm;
b
- to‘sincha ko‘ndalang kesimining
balandlgi, sm.
Dostları ilə paylaş: