1.9.2. Elakli tahlil usuli Elakli tahlil ishlab chiqarish nazoratida, shuningdek, zavodning va ilmiy-
tekshirish laborotoriyalarida o‘tkaziladigan turli tekshirishlarda kukunsimon
materiallarni tortishning maydaligini aniqlash uchun qo‘llanadi. Elaklardan
materialni, shuningdek, muayyan yiriklikdagi donlar bilan fraksiyalarni ajratish zarur
xollarda ham foydalaniladi. Bu ishlarning xammasi uchun kvadrat teshikli standart
normalashtirilgan metall elaklardan foydalaniladi. Elaklarning turli belgilanishlari
mavjud: to‘rning raqami,1 sm kvadrat to‘r uchun yacheykalar teshiklarining miqdori
bilan, 1pog. sm. uchun teshiklar miqdori bilan va boshqalar.
Elakli tahlil oddiyligi bilan farqlanadi, ammo u yetarli darajada aniq emas,
chunki donlarning haqiqiy o‘lchami to‘g‘risida tasavvur bermaydi. Agar donlar shakli
qat’iy sharsimon bo‘lsa, donlarning chiziqli o‘lchami elak teshiklarning o‘lchamlari
bilan aniq kelar edi, ammo haqiqatda esa donlar noto‘g‘ri shaklga ega va elakning
teshigi orqali uzunligi yacheyka o‘lchamidan katta bo‘lgan cho‘ziq shakldagi don
o‘tishi mumkin. Demak, elakli tahlil natijalari donlarning o‘rtacha emas, eng kichik
o‘lchamiga asoslangan, va materialning haqiqiy yirikligi xar doim elakli tahlil aks
ettiruvchi o‘lchamdan kattaroqdir. Bundan tashqari, elak orqali yumshoq
materiallarni o‘tkazganda ishqalanish natijasida mayda changsimon zarralar miqdori
ko‘payadi.
1.9.3. Havoni o‘tkazish usuli orqali solishtirma yuzani aniqlash Sementlarning solishtirma yuzasini aniqlash usuli hajm birligidagi
bo‘shliqlarni muayyan tarkibigacha zichlashgan ko‘ndalang kesimning belgilangan
qalinligi orqali so‘riladigan havoga ko‘rsatiladigan qarshilikning o‘lchashga
asoslangan. Sementning solishtirma yuzasini havoni o‘tkazish metodi bilan aniqlash
GOST 310-60 ga muvofiq olib boriladi. Sementning solishtirma yuzasini aniqlash
uchun yuzani o‘lchagich (1.22a-rasm) beshta asosiy qismdan iborat: 1-gilza,