Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Disperslik darajasini aniqlash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.9.1. Disperslik darajasini aniqlash 
Boglovchi moddalar dispersligining darajasi quyidagilar bilan xarakterlanadi: 
elakli tahlil bilan aniqlanadigan tortishning botib ketishligi , yuzani o‘lchagich, 
separatsion va sedimentatsion qurilmalar va boshqa apparatlar yordamida 
aniqlanadigan solishtirma yuza va donali tarkib bilan boglovchi moddalar zarralari 
yuzasini o‘lchash, shakli va morfologik xossalari optik yoki elektron mikroskoplar 
yordamida aniqlanishi mumkin. 
Sement kukunlarning kerakli dispersligiga tegirmonlarda tortish yo‘li orqali 
erishiladi, bu holda keyingilarning ishlab chiqarish unumdorligi ko‘p darajada 
maydalanadigan materiallarning tortilish qobiliyatiga bog‘liq. Portandsementli 
klinker uchun tortilish qobiliyati asosan mineral tarkibga ko‘ra belgilanadi. Uch 
kalsiyli silikatli yuqori tarkibga ega bo‘lgan klinker ikki kaliyli yuqori tarkibga ega 
bo‘lgan klinkerga nisbatan kerakli darajadagi tortishgacha ancha tezroq maydalanadi. 
Tortishdan keyin donlar yirikligi sementning asosiy xossalariga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Mexanik mustaxkamlik uchun nafakat donlarning kichik o‘lchami, balki 
olinadigan portlandsementning donli tarkibi (turli o‘lchamdagi donlar nisbati) ham 
ahamiyatga egadir. 
Sement kukunini elaklar to‘plamidan elash yo‘li bilan amalga oshiriladigan 
elakli tahlil sement granulometriyasini tavsiflamaydi, chunki standartlar tomonidan 
qabul qilingan eng ingichka elakdagi qoldiq ko‘ndalangiga 0,08 mm dan yirikroq 
donlardan iborat. Bundan ham ingichka elaklardan foydalanganda ham 0,04 mm dan 
yirik donlardan iborat qoldiq hosil bo‘ladi. Shuning uchun elaklardagi qoldiqning 
aynan bir xil kattaligida kichik o‘lchamdagi donlarni taqsimlashdi ancha tebranishlar 
bo‘lishi mumkin. Sementning yanada aniqroq donli tarkibini separatsion va 
sedimentatsion qurilmalarda aniqlash mumkin. 
Disperslik darajasining tavsifi uchun sement kukunining solishtirma yuzasini 
aniqlash maqsadga muvofiqdir. Aynan bir xil klinkerdan tayyorlangan turli xil 
tortuvchi apparatlar yordamida elakli tahlil bilan belgilangan tortishning bir xil 


81 
maydalik darajasiga yetkazilgan sementlar turli solishtirma yuzaga va mayda zarralar 
tarkibiga ega bo‘lishi va natijada o‘zlarining bir qator xossalari bo‘yicha bir-biridan 
farqlanishi mumkin. Solishtirma yuza sementning ancha muhim xarakteristikasi 
hisoblanadi, chunki sementning qotishida yuz beradigan reaksiyalar jadalligi sement 
kukunining yuzasining kattaligiga bog‘liq. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin