Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Qizdirishning oddiy va differensial egri chiziqlari



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.3-rasm. Qizdirishning oddiy va differensial egri chiziqlari: 
a)-egri chiziqlarning sxemasi; b)-kaolinitni qizdirish egri chiziqlari; 1-vaqtga nisbatan material 
harorati o‘zgarishining oddiy egri chizig‘i; 2-vaqtga nisbatan namuna va etalon haroratlari 
turliligining bog‘liqligini aks ettiruvchi differensial egri chiziq; 3-nolinchi chiziq; 4-endotermik 
effekt; 5-ekzotermik effekt; 6-oddiy egri chiziq;7-differensial egri chiziq; 8-nolinchi egri chiziq. 
Ekzotermik effektlar: a) gazli fazaning tekshirilayotgan moddasining yutilishi 
bilan kuzatiladigan kimyoviy reaksiyalar, masalan, oksidlanish reaksiyalari; b) ushbu 
haroratdagi barqaror bo‘lmagan modifikatsiya barqarorga o‘tadigan monotrop 
xarakterdagi polimorf o‘zgarishlar jarayonlari; v) barqaror bo‘lmagan amorf 
holatning kristall holatga o‘tishi – gel, oyna, eritma va shu kabilarni kristallashtirish. 
Bu reaksiyalar issiqlik ajralishi bilan o‘tadi.
Demak, differensial termik tahlil quyidagilarni aniqlash imkonini beradi: tahlil 
qilinayotgan moddani qizdirish jarayonida faza o‘zgarishlarining mavjudligi yoki 
yo‘qligi; kimyoviy reaksiya yoki faza o‘zgarishining harorat chegaralari; kimyoviy va 
fizik o‘zgarishlar tezligi; reaksiyada ishtirok etuvchi modda miqdori. 
 
 
 
 
Termograf qurilmasi 
Termograf konstruksiyalarining bir qancha turlari mavjud, ularning asosiy 
bog‘lamlari quyidagilar: qizdirish egri chiziqlarini avtomatik yozib olish qurilmasi; 
termoo‘zgartgichli elektr pechi; namunalar tutqichlariga ega termoparalar.


12 
1.4-rasmda ancha keng tarqalgan termograf – pirometr FPK-59 ning prinsipial 
sxemasi keltirilgan. FPK-59 pirometridagi qizdirish egri chiziqlarini avtomatik yozib 
olish qurilmasi (qayd qiluvchi asboblar)maxsus metall g‘ilofga joylangan qattiq 
qobiqda montaj qilingan. Qurilma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: fotoqayd qiluvchi 
kamera, uchta ko‘zguli galvanometr, uchta yoritgich, uchta ko‘zgudan iborat tizimlar, 
vizual kuzatish uchun shkala, sinxron kichik motor, reduktor, friksion uzatgich.
Ko‘zguli galvanometrlar differensial termoparada uzluksiz egri chiziq 
ko‘rinishidagi EYuK o‘zgarishining mexanik prinsipi bo‘yicha ishlaydi: EYuK 
kattaligiga bog‘liq holda elektromagnit tizimining o‘zagi (rama)ga kvars tolaga olib 
qo‘yilgan ko‘zguning og‘ish burchagi o‘zgaradi. Ko‘zguning egri xarakteriga 
muvofiq fotoqog‘ozda uzluksiz egri chiziqni yozadigan, u aks ettiradigan nur 
taramining yo‘nalishi o‘zgaradi. Qurilma uchta galvanometr bilan oddiy va 
differensial ikkitasi qizdirishning oddiy va differensial egri chiziqlarning yozib 
olishini amalga oshiradi, uchinchisi esa, materialning qandaydir boshqa xususiyatini 
o‘lchash uchun foydalanilishi mumkin (vazni yo‘qotish va h.k.). 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin