10
Termogrammadagi termik effekt holati tegishli reaksiya o‘tishining harorat
chegaralari bilan belgilanadi-asosiy davr (maksimum)va oxirining boshlanishi.
Cho‘qqilar shakli asosan ikki omilga bog‘liq: pechdagi haroratning ko‘tarilish
tezligidan – sekin qizdirilganda cho‘qqilar keng
va dumaloq, tez qizdirilganda,
aksincha, tor va uchli, va tekshirilayotgan materialning miqdoriga – uning miqdori
ozroq bo‘lganda cho‘qqilar yanada uchliroq shaklga ega. Cho‘qqining perimetri
bo‘ylab reaksiyaning alohida bosqichlarining taqsimlanishini quyidagicha qabul
qilish mumkin (1.3a-rasm). A nuqta – endotermik reaksiyaning boshlanishi, B nuqta -
reaksiya tezligi maksimal
kattalikka yetadigan harorat; V nuqta – reaksiya asosiy
davrining oxiri; G nuqta – reaksiyaning to‘liq tugashi; D nuqta – tizimda
muvozanatni o‘rnatilishi: namuna va etalonning harakatlari
tenglashadi va At nolga
teng bo‘ladi. B nuqtaning cho‘qqi chizig‘ida topish qiyin bo‘lganligi sababli, qoidaga
ko‘ra effekt harorati V nuqta bo‘yicha, ya’ni cho‘qqi minimumi bo‘yicha aniqlanadi.
Cho‘qqi maydonini aniqlashda L-D nuqtalari orasidagi masofa uning kengligi Y-V
orasidagi masofa uning chuqurligi sifatida qabul qilinadi.
Differensial egri chiziqdagi endotermik effektlar quyidagi fizik-kimyoviy
o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladi.
Endotermik effektlar: a) o‘rganilayotgan birikmalarni qizdirishda gazli faza
(degitratatsiya – suvsizlanish, dekorbanizatsiya-karbonsizlanish) ajralishi
hisobidan
ularning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi bilan kuzatiladigan birikmalarning kimyoviy
yemirilishi; b) qizdirishda birikmalarning gazsimon faza ajralmasdan hosil bo‘ladigan
kimyoviy yemirilish; v) enantiotrom xarakterdagi polimorf o‘zgarishlar jarayonlari;
g) moddaning erishi (ham kongruent ham inkongruent). Barcha bu reaksiyalar
tabiiyki issiqlik yutilishi bilan kuzatiladi.