9
millivoltmetr
yordamida ko‘rsatuvchi 6 termopara montaj qilinadi. Qizdirish tezligi
8
avtotransformator yordamida tartibga solinadi. Torzion tarozi muvozanatga
keltiriladi, keyin bo‘sh palla tortiladi, uning vazni torzion tarozi shkalasida
belgilanadi. Pallaga 100 mg miqdoridagi material moddasi joylanadi va yana
tortiladi. Modda kattaligi bo‘sh va to‘ldirilgan pallalar tarozisining turliligi sifatida
belgilanadi. Material joylangan palla pechga qo‘yiladi va tarozi shayiniga osib
qo‘yiladi. Issiqlik quvuri qopqoq bilan yopiladi va pech elektr tarmog‘iga ulanadi.
Qizdirilayotgan material vazning o‘zgarishi torzion tarozi shkalasida har bir 10oS
vizual ravishda qayd qilinadi. Hisoblash aniqligi – shkala bo‘linishining 0.2 (0.2 mg)
yoki 0.1%. Qizdirish to‘liq siklining davomiyligi -60 -120 min. Mg dagi vazn
yo‘qotilishi vazniy foizga o‘tkaziladi va ular bo‘yicha haroratga bog‘liq ravishda
vaznini yo‘qotishning egri chizig‘i (millimetrli qog‘ozda )chiziladi.
Vaznini yo‘qotish egri chiziqlarida faqat material vazning o‘zgarishi bilan
bog‘liq bo‘lgan termik effektlar aks etadi; polimorf o‘zgarishlar, masalan, ularda
qayd qilinadi. Vaznini yo‘qotishning olingan oddiy egri chizig‘i asosida vaznini
yo‘qotishning differensial egri chizig‘ini qurish mumkin. Buning uchun oddiy egri
chiziqning grafik differensiallash amalga oshiriladi, buning uchun 1.10 – rasm
grafigida har bir 50
0
S dan keyin vertikal chiziq o‘tkaziladi va tegishli
Ya
ordinatalarining balandligi o‘lchanadi (abssissalar o‘qidan egri chiziqdagi
nuqtasigacha).
26
DAning hisoblangan qiymatlari bo‘yicha – fS abssissa koordinatalarida boksit
vazni yo‘qolishining differensial egri chiziq quriladi, ordinata A4 (1.10, b – rasm).
Shu rasmda termografga olingan boksitning differensial termogrammasi
keltirilgan. Ko‘rinib turganidek, bu ikki differensial egri chiziqlar - avtomatik yozib
olingan va grafik ravishda tuzilgan bir-biriga mos keladi.
Termogravimetrik tahlil uchun qurilmalar (TV-200, TV-500, TVU-3)
kompleksda ishlovchi ikki asbobdan iborat: differensial egri chiziqlarni olish uchun
termograf va vazn yo‘qotilishini aniqlash uchun torzion tarozilar bilan avtomatik
tizim. TVU-3 qurilmasining sxemasi 1.11-rasmda keltirilgan. Termogrammaga oddiy
usulda ishlov beriladi (1.11,b–rasm). Differensial egri chiziqdagi termik effektlarning
boshlanishi, yo‘qotilishi egri chizg‘ida ham, shuningdek, eng chekka o‘ngdagi
vertikal chiziq (o‘q) bilan kesishishgacha gorizontal chiziqlar, abssissalarning parallel
o‘qlari o‘tkaziladigan qaytarish nuqtalari belgilanadi. x-u umumiy masofa mm da
o‘lchanadi va qizdirilganda material vaznining umumiy yo‘qotilishini bilgan holda
(% da), x-u shkalasining bo‘linishi bahosi belgilanadi. ko‘rib chiqilayotgan holda
vaznining yo‘qotilishi 20% ni tashkil etadi, x-u masofa 35 mm ga teng va bo‘lish
bahosi – 1 mm uchun vazn yo‘qotilishining 20:35h0,57 % ni tashkil etadi.
Termogravimetrik egri chiziqning alohida uchastkalarida vazni yo‘qotish: xa –
5,72%; ab – 8,58%; bs – 3,99%; su – 1,71% ni tashkil etadi.
|