Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 – rasm. Gazovolyumetrik tahlil uchun oddiy



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
1.13 – rasm. Gazovolyumetrik tahlil uchun oddiy 
byuretka sxemasi (a) va termogrammali 
dolomitning gaz ajralishining egri chizig‘i (b): 
1-gaz byuretkasi; 2-uch yo‘llik jo‘mrak; 3-rezina 
shlang; 4–elektr pechi; 5–simob tomchisi; 6–modda 
joylashgan probirka; 7–chinni (farfor)sterjeni;
 8–jo‘mraklarning birinchi holati – simob tomchisi 
o‘nga harakatlanadi; 9–jo‘mraklarning ikkinchi holati 
– simob tomchisi chapga harakatlanadi; 10–ajralgan 
gaz hajmining shkalasi; 11–harorat shkalasi;
12–qizdirishning oddiy egri chizig‘i. 
 
 
1.2. Petrografik usul 
Texnik toshning petrografiyasi materiallar va jinsini tadqiq qilish 
polyarizatsion mikroskop yordamida amalga oshiriladigan tabiiy petrografiyadan 
boshlanadi. Fanning yangi sohasini rivojlantirish ishiga katta ulushni olimlar 
D.S.Belyankin, V.V.Lapin, N.A.Tropov, Yu.M.Butt, S.D.Chetverikov, N.N.Smirnov, 
O.M.Astreyeva, B.V.Volkonskiy va boshqalar qo‘shishdi. 
Petrografik tadqiqotlar ayrim texnik toshlar-portlpndsement klinkeri, shishalar, 
shlaklar, olovga chidamli va shu kabi turiga tegishlidir. Sementli tosh va beton 
mikroskopiyasi adbiyotlarda kam yoritilgan. D.S.Belyankin va V.V.Lapin 30 yil 
oldin portlandsementli tosh va silikat materiallarni mikroskop yordamida o‘rganish 
qiyinligini ta’kidlab o‘tishgan va usullarning kompleksini qo‘llash zarurligini 
ko‘rsatishgan. Keyinchalik petrografik tadqiqotlar ostida yorug‘lik mikroskopik va 
boshqa asboblar yordamida materialni kompleks tadqiq qilish tushunila boshlandi. 
Yorug‘lik mikroskopi usulining mohiyati kristallarning ichki tuzilishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan va boshqa har bir material uchun o‘ziga xos hisoblangan 
kristallarning optik xususiyatini aniqlashdan iborat. 


32 
Ichki tuzilishga bog‘liq holda minerallar yettita tizim (singaniy) ga bo‘linadi: 
1.
kubik – yorug‘lik sinishining ko‘rsatgichi n; 
2.
trigonal; 
3.
tetragonal; 
4.
geksagonal; 
5.
monoklin; 
6.
triklin; 
7.
rombik.
Kubik tizim kristallari optik izotropli hisoblanadi. Ular barcha yo‘nalishlarda 
bir xil optik xususiyatlarga ega, shuning uchun yorug‘lik to‘lqinlari ularda doimiy 
tezlik bilan tarqaladi. Boshqa tizim kristallari optik anizatropli; ulardagi yorug‘lik 
tarqalish tezligi yo‘nalishga bog‘liq. 
Maxsus adabiyotlarda kristall optikadan ma’lumotlar va tuzilmaning fazoviy 
modeli haqida ma’lumotlar mavjud. Ushbu kitobda asosiy optik xususiyatlar 
ko‘rsatilgan bulib, unda texnik minerallarni polyarizatsion mikroskop ostida aniqlash 
mumkin. Bular yorug‘lik sinish ko‘rsatgichlari, ikkilik nur sinishi kuchi, asosi, optik 
belgi, rang, pleoxroizm, so‘nish burchagi ayrim kristallar shakli va o‘lchami hamda 
ularning to‘planishidir. 
Shuni ta’kidlash kerakki, mikroskop yordamida material strukturasini o‘rganish 
va materiallar xarakteristikasini aniqlash uchun maxsus preparatlar zarur. Sementli 
tosh va betondan, odatda, immersion preparatlar, tiniq va polirovka qilingan shliflar 
tayyorlanadi. Immersion preparatlarni tayyorlash uchun beton bo‘lagi yoki uning 
ayrim tashkil qiluvchilarni (sementli tosh, to‘ldiruvchi, kiruvchi va boshqalar) agat 
xovonchada mayda poroshokka maydalanadi. Preparat tayyorlanadigan igna bilan 
teshik va yoriqlar devoridan mayda poroshoklar olinadi. Tadqiqot og‘ir suyuqliklarda 
sentrifuglash usuli bilan polimineral namunasini tarkibiy qismlarga oldindan 
bo‘linishini osonlashtiradi. 
Tadqiq qilinadigan 1-2 mg miqdordagi poroshok shisha idishga joylashtiriladi 
va standart namunasidan immersion suyuqlikning 1-2 tomchisi kiritiladigan shisha 
bilan yopiladi. Immersion suyuqlik yorug‘lik sinishining aniq ko‘rsatgichlariga ega. 
Gitratatsiya, zanglash va boshqa jarayonlarni o‘rganish uchun mikropreparatlar 
tayyorlanadi. Bunda shishalar o‘rtasidagi immersion suyuqlik o‘rniga distillangan suv 
yoki sho‘r suv quyiladi.


33 
Suv bug‘lanishini yoki tadqiq qilinayotgan materialga havo korbanat kislotasini 
ta’sir etishini oldini olish uchun yopiladigan shisha peremetr bo‘ylab maxsus 
zamazka bilan qoplanadi. Bunday mikropreparatni uzoq vaqt davomida o‘rganish 
mumkin, keyin esa, qoplamani shishadan olinishi va immersion suyuqliklarda yangi 
hosil bo‘lgan preparat aniqlanishi mumkin. 
Tiniq va polirovka qilingan shliflarni tayyorlash malakaviy maxorat talab 
qilinadi. Sifatli shliflar bir xil jinsli bo‘lmaganligi sababli sement tosh yoki betondan 
tayyorlash ancha qiyindir. Beton tuzilmasini saqlash maqsadida shlifni turli 
tayyorlash bosqichlarida eritilgan konifolda namunalarni bir necha marta qaynatishni 
(7
0
S dan yuqori temperatura) taklif qilamiz. 
Tiniq shliflar o‘tadigan yorug‘likda polyarizatsion mikroskop ostida materialni 
tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan. Ular predmet va yopiladigan shishalar o‘rtasida 
pixta balzam yordamida yopishtiriladigan 0,03 mm qalinlikdagi tadqiq qilinadigan 
material plastikkadan iborat. 
Polirovka qilingan shliflar yoki anshliflar aks etgan yorug‘likda tadqiq qilinadi, 
shuning uchun material plastinka qalinligi limit qilinmaydi, ushbu plastinkaning bir 
tomoni polirovka qilinganligi muhimdir. Material cho‘yanli shliflaydigan doirada har 
xil yiriklikdagi korund poroshok bilan keyin esa, movut bilan qoplangan polirovka 
xrom oksid bilan ishlov beriladi. Kristalda yorug‘lik nurlarining tarqalish tezligiga 
teskari bo‘lgan kattalikka sinish ko‘rsatkichlari deyiladi. Tiniq muhitning sinish 
ko‘rsatkichi taxminan birga teng. 
Nurning sinishi bilan bir qatoda barcha anizotrop kristallarda (kublidan 
tashqari) uning ikkiga bo‘linishi (ikkitali nur sinishi hodisasi) kuzatiladi. Yorug‘lik 
nuri bunday kristallar orqali o‘tganda oddiy va oddiy bo‘lmagan «ye»nurga bo‘linadi. 
Kristallda doimiy tezlik bilan tarqaladigan nur yo‘nalishi kristallning optik o‘qi 
deyiladi. Trigonal tetrogonal va geksagonal tizim kristallari optik bir o‘qqa ega.. 
Monoklinli, triklinli va rombli tizim kristallar optik o‘qqa ega, optik o‘qlar o‘rtasidagi 
burchak 2v qilib belgilanadi. Optik musbat va optik manfiy kristallar bo‘linadi,ikki 
o‘qlik kristallarning nur sinish ko‘rsatkichlari n
g
, n
m
, n
p
, orqali ular qiymatilarining 
kamayishi tartibida belgilanadi. 
Mineralning nur sinish ko‘rsatkichi immersion preparatlarda polyarizatsion 
mikroskop yordamida aniqlanadi. Immersion suyuqlikka cho‘ktirilgan mineral 
donasining atrofida berk yorug‘ polosa hosil bo‘ladi.


34 
Tadqiq qilinayotgan mineral va suyuqlikning nursinish ko‘rsatkichlari 
turliligini bildiradi. Mikroskop tubusini ko‘targanda ( ko‘tarish vintini “o‘ziga 
qaratib” aylantirganda). Bekke polosasi eng ko‘p nur sinish ko‘rsatkichi bilan muhit 
tomon harakatlanadi (mineral yoki suyuqlik), immersion suyuqlik mineral va 
suyuqlikning nur sinish ko‘rsatkichi mos kelguncha, bekk polosasi yo‘qolguncha 
tanlanishi kerak. Har bir immersion suyuqlikning sinish ko‘rsatkichini bilgan holda 
mineralning nur sinish ko‘rsatkichini aniqlash mumkin. 
Agar analizatorlik sinish ko‘rsatkichi 1,53-1,54 ga teng bo‘lgan balzamli 
mineral bilan tenglashtirilsa, tiniq shliflarda mineralning nur sinishi ko‘rsatkichi 
to‘g‘risida taxminiy baxo berish mumkin. Agar mineralning nur sinish ko‘rsatkichi 
balzamdan yuqori bo‘lsa, mineral qavargan, agar past bo‘lsa botiq bo‘lib ko‘rinadi. 
Shlifda mineral va balzamning sinishi ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lgan qiymatlarida 
immersion preparatlarda bo‘lgani kabi Bekke polasasi bo‘yicha ta’riflanadi. 
Mineral rangi tiniq shliflarda mikroskop yordamida (analizatorsiz) belgilanadi. 
Portlandsement klinkerda sarig‘ish donasi va braunilleritning to‘q-kul rang donasi 
yaqqol ko‘rinadi. Bo‘yalgan ikkita sinuvchi minerallar pleoxroizmga ega, ya’ni 
mikroskop stolini aylantirishda rangini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Biroq, bunday 
xodisa tabiiy minerallar uchun o‘ziga xos hisoblanadi (masalan, biotit, yiltiroq 
mo‘g‘iz va boshqa), sementlar gidrotatsiyasining mahsulotlari ko‘pincha rangsiz 
bo‘ladi. Mineralning rangi interferension rangiga ajratish kerak. Interferension rang 
ikkita sinish xususiyati bo‘lgan kristallarda yuzaga keladi va shliflar kristallarni optik 
aniqlashga bog‘liq. Interferension rang, agar analizator bilan mikroskop ostida tiniq 
shlifni ko‘rganda yaxshi ko‘rinadi. 
Rangni intensivligi bo‘yicha kristalda ikkitali nur sinish kuchi to‘g‘risida baxo 
berish mumkin. Kristallarning so‘nish burchagi eng yuqori bo‘lgan interferension 
rang bilan kesimlardagi tiniq shliflarda (analizator bilan) hisoblab chiqildi. 
Kristallning ulangan tekislik yo‘nalishi okulyarning biriga parallel qilib o‘rnatiladi va 
mikroskop stolining noniusi bo‘yicha birinchi hisob bajariladi, keyin kristallning 
so‘nish yo‘nalishi bo‘yicha stol buriladi va ikkinchi marta hisoblab chiqiladi. 
Hisoblar o‘rtasidagi farqi so‘nish burchagining qiymatini beradi. 
Kristallarning shakli va o‘lchami hamda ularning shlifda to‘planishi 
mikrometrik lineyka yordamida analizatorsiz aniqlanadi. Okulyar-mikrometr okulyar-
mikroskopga qo‘yiladi.


35 
Lineykaning bo‘lish bo‘lagi mikroskopga qo‘shib qo‘yilgan ob’yekt-mikrometr 
bo‘yicha hisoblab qo‘yiladi. Sement tosh yoki betondagi minerallarning asosiy optik 
tavsifini aniqlash juda qiyin bo‘lganligi sababli tarkibining va ingichka yangidan 
paydo bo‘lish kristalizatsiyaning murakkabligi, biroq, ishda ayrim ko‘nikmalarga ega 
bo‘lib va materiallarning ayrim tavsiflari bo‘yicha belgilab ushbu materiallarni 
polyarizatsion mikroskop min-8 yordamida o‘rganish mumkin. 
Yorug‘lik o‘tishda (tiniq shliflar) sement toshning mineral-faza tarkibi va 
to‘lgichni aniqlash, sement tosh hamda sement tosh va to‘ldirgich donalari o‘rtasidagi 
kontaktlar holatini o‘rganish; shakl, o‘lcham va kovakchalar hamda yoriqlarni 
aniqlash kovakchalar soni va beton tarkibini hisoblab chiqish (klinker doni, 
qo‘shimcha don, yangi paydo bo‘lishlar to‘planishi, to‘ldirgichlar doni va boshqalar) 
mumkin miqdorni aniqlash okulyar setka yoki integratsion stol yordamida 
o‘tkaziladi. Yangi asbob AMA-1 “Kontrast” shliflarda kovakchalar yoki donlar soni 
tez va aniq hisoblab chiqish imkonini beradi. Ishonchli natijalarni olish uchun har bir 
namunadan bir nechta shliflarni hisoblab chiqish va o‘rtacha qiymatini olish kerak. 
Aks etgan yorug‘likda (polirovka qilingan shliflar) minegrafik mikroskop 
MIK-6 yoki metallografik mikroskop MIM-7 yordamida tadqiqot o‘tkaziladi. Aks 
etuvchi stereoskopik mikroskop MBS-2 oldingilaridan betonning ishlov berilmagan 
qismini tadbiq qilish imkoniga ega bo‘lganligi bilan farqlanadi. Biroq, u 
minerallarning optik tavsiflarini oshirish va aniqlash bo‘yicha cheklangan 
imkoniyatlarga ega (polyarizatsiya tizimlariga ega emas). 
Polirovkalarning shliflaridagi tadqiqot ishlari kristallar xususiyatidan 
foydalanishga ularning polirovkalangan tekislikka tushuvchi yorug‘likning aks 
etishiga asoslangan. Aks etish imkoniyati kristall tuzilishi, uning yorug‘lik sinish 
ko‘rsatkichlari va so‘nish koeffitsiyentiga bog‘liq. Polirovkalangan shlifning ochiq 
tekisligini o‘yish va o‘yish natijalarini qayd etish mumkin. Ushbu usul yuqori aks 
etish imkoniyati bo‘lgan minerallarni o‘rganishda foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Aks etgan yorug‘likdagi sement tosh va betonda sementning 
gidratlanmagan donni, kalsiy yoki magniyning oksidlanishi, sulfadlarning aniqlash, 
ingichka donli yoki mayda kovakchali tuzilmani o‘rganish, kontakt zonani tadqiq 
qilish mumkin. Oxirgi yillarda polirovkalangan shliflarda mikroqattiqlikni o‘lchash 
usuli keng tarqalgan. Uni betonni tashkil etuvchilarning mikroqattiqligini aniqlash 
uchun qo‘llaniladi.


36 
Betonlarda kontakt zonaning holatini o‘rganishda ushbu usul yordamida 
ishonarli natijalar olingan metod uzoq vaqt davomida yoki turli omillar (issiq, 
muzlatish, zanglash) ta’sir etganda, umuman kontakt zona yoki beton holatining 
o‘zgarishini ob’yektiv kuzatish imkonini beradi.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin