29
Derivatogrammadagi barcha egri chiziqlar bitta koordinataga ega – vaqtga.
Ammo abssissalarning qo‘shimcha harorat shkalasini qurish mumkin. Buning uchun
harorat egri chizig‘ining T 2 gorizontal kalibrlangan chiziqlari bilan kesishish
nuqtalari orqali ordinatalar o‘qiga parallel vertikal chiziqlarni o‘tkazish va
haroratning tegishli ko‘rsatmalarini abssissalar o‘qiga o‘tkazish zarur. Shu tariqa
olingan gorizontal harorat shkalasi termoeffektlarning harorat chegaralarini aniqlash
imkonini beradi.
Derivatogrammadagi egri chiziq DTA sifatli miqdoriy tahlil maqsadlari uchun
xizmat qiladi, DTG va TG egri chiziqlari tarkibi bo‘yicha murakkab u yoki boshqa
birikmaning miqdorini hisoblash imkonini beradi. Bir qancha egri chiziqlarning
birgalikdagi tahlili metodning ruxsat beruvchi qobiliyatini ancha oshiradi.
Dostları ilə paylaş: