28
1.1.4. Derivatografik va gazovolyumetrik tahlil. Derivotografiya
Derivatografiya. Derivatograf-fotoqog‘ozning aynan bitta varog‘ida bir
vaqtning o‘zida avtomatik ravishda qizdirishning harorat va differensial egri
chiziqlarini hamda vaznini yo‘qotishning oddiy (integral) va differensial egri
chiziqlarini olish imkonini beruvchi termoqurilma. Derivatograf sxemasi 1.12-rasmda
ko‘rsatilgan. 1 elektr pechida 2 etalon v 3 tekshirilayotgan moddalardan iborat
platinali tigellar o‘rnatilgan. Tekshirilayotgan maddalitigel
ichida
kombinatsiyalangan (defferensial) platina – platina jinsli termopara bitta bo‘g‘inining
simlari o‘tadigan chinni (farfor) trubka – 5 uylagichda o‘rnatilgan. Differensial
termopara DTT ko‘zguli galvanometr yordamida 12 o‘zi yozgich barabaniga o‘ralgan
fotoqog‘ozdagi qizdirishning differensial egri chizig‘ini (DTT) yozib olishni amalga
oshiradi. Chinni (farfor) trubka – 5 ushlagich 14 analitik tarozi shayinining bitta
uchida mahkamlangan, shayinning boshqa uchiga ingichka ipda qutblar o‘rtasida
erkin harorat qiluvchi 10 elektr g‘altak osib qo‘yilgan; 9 doimiy magnitning.
Magnitning kuchlanish maydoni harakatlanuvchi g‘altakda kuchlanishi tarozining
og‘ishiga pproporsional bo‘lgan kuchlanishni doimiy tokni induksiyalaydi. G‘altakda
hosil bo‘ladigan tok ko‘zguli DTG ga beriladi, undan kelayotgan yorug‘lik
signali
fotoqog‘ozda vazn o‘zgarishining differensial egri chizig‘ini – derivativ
termogravimetrik ergi chiziq DTG ni yozib oladi. Bu egri chiziq material vazni
o‘zgarishining tezligini tavsiflaydi. Ayni paytla tarozi strelkasida mahkamlangan
optik tirqishli plastinka yordamida fotoqog‘ozga vaznini yo‘qotishning oddiy
(integral) egri chizig‘i – termogravimetrik egri chiziq TG uzluksiz yozib boriladi.
Qizdirishning oddiy egri chizig‘i T, tekshirilayotgan moddaga joylashtirilgan oddiy
termopara bilan ulangan galvanometr G yordamida yozib olinadi. Platinali egri
chiziqlar termojuftlar payvandining material bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontaktini istisno
etuvchi maxsus formaga ega. Material moddasi 0,2 dan 10 g chegarasida tebranishi
mumkin. Vaznini yo‘qotishning egri chizig‘ini yozib olishda tarozining
maksimal
sezgirli 0,2 g moddada bo‘linishi uchun 0,2 mgni tashkil etadi. Elektr pechi qizishi
tezligi minutiga 0,5 dan 20
0
Sgacha chegarada dasturiy tuzilmasi tomonidan tartibga
solinadi. Qizdirishning maksimal haroratlari – 150, 300, 600, 900 va 1200
0
S
fotoqog‘ozda haroratlarni hisoblash 0,5% aniqlik bilan yuz beradi. O‘ziyozgich
barabanining bitta aylanish vaqti 50, 100, 200 va 400 min dan iborat.
29
Derivatogrammadagi barcha egri chiziqlar bitta koordinataga ega – vaqtga.
Ammo abssissalarning qo‘shimcha harorat shkalasini qurish mumkin. Buning uchun
harorat egri chizig‘ining T 2 gorizontal kalibrlangan chiziqlari bilan kesishish
nuqtalari orqali ordinatalar o‘qiga parallel vertikal chiziqlarni o‘tkazish va
haroratning tegishli ko‘rsatmalarini abssissalar o‘qiga o‘tkazish zarur. Shu tariqa
olingan gorizontal harorat shkalasi termoeffektlarning harorat chegaralarini
aniqlash
imkonini beradi.
Derivatogrammadagi egri chiziq DTA sifatli miqdoriy tahlil maqsadlari uchun
xizmat qiladi, DTG va TG egri chiziqlari tarkibi bo‘yicha murakkab u yoki boshqa
birikmaning miqdorini hisoblash imkonini beradi. Bir qancha egri chiziqlarning
birgalikdagi tahlili metodning ruxsat beruvchi qobiliyatini ancha oshiradi.
Dostları ilə paylaş: