24
1.8-rasm. Miqdoriy tahlilda termik effektlar maydonini to‘g‘ri chegaralash misollari:
a-oddiy effektlarning; b-berkitiladigan effektlarning.
Agar differensial egri chiziq kesimlari effektgacha va effektdan keyin biri
ikkinchisini davom ettirsa, cho‘qqi maydonini chegaralash bu kesimlarni ulovchi
to‘g‘ri chiziqning o‘tkazilishi bilan amalga oshiriladi. Agar cho‘qqi ancha murakkab
shaklga ega bo‘lsa, u holda uni chegaralash uchun ordinatalar o‘qiga parallel bo‘lgan
va cho‘qqi maksimumi orqali o‘tuvchi chiziq o‘tkaziladi, bu vertikalning nolinchi
chiziq bilan kesishish nuqtasi effektining boshi va oxiri bilan ulanadi. 1.8, b – rasmda
iikita qo‘yilgan effektlar maydonlarining chegaralanishi ko‘rsatilgan.
Termocho‘qqilar maydonini o‘lchash ko‘pincha planimetr orqali amalga
oshiriladi, ammo shuningdek, tortuvchi metod ham qo‘llanadi – tekshirilayotgan
cho‘qqilar kesib olinadi va fotoqog‘oz tarozida tortiladi.
Dostları ilə paylaş: