Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Miqdoriy fazali termik tahlil uchun kalibrlangan egri chiziqning umumiy



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.7-rasm. Miqdoriy fazali termik tahlil uchun kalibrlangan egri chiziqning umumiy 
ko‘rinishi. 
 
Olingan kalibrlangan egri chiziq jinsdagi ushbu mineral miqdorini aniqlash 
uchun xizmat qiladi. Buning uchun materialning o‘rganilayotgan namunalari 
etalonlar bilan qat’iy bir xil bo‘lgan shartlarda termik tahlil qilanadi va olingan 
differensial egri chiziqlarda tegishli termoeffektlarning kattaliklari o‘lchanadi. 
Kalibrlangan egri chiziqdan foydalanib, termoeffekt maydoni bo‘yicha mineralning 
miqdori aniqlanadi (%). 
Miqdoriy fazali tahlil termografik qurilmaning juda aniq ishlashni va 
termogrammalarning olinishini kuzatuvchi barcha omillarning barqarorligini talab 
etadi. Shuningdek, tajriba o‘tkazishning bir qancha tebranuvchi parametrlarida, 
asosan, uning yaxshi qayta tiklanuvchanligini ko‘zda tutgan holda, ushbu modda 
uchun analitik termocho‘qqini to‘g‘ri tanlash ham zarur. Differensial egri chiziq va 
nolinchi chiziq o‘rtasida tuzilgan termocho‘qqi maydonining aniq o‘lchanishi ham 
muhim ahamiyatga ega. Maydonlarni o‘lchashning noaniqligi ko‘pincha 
termoeffektni chegaralovchi chiziqlarning notug‘ri o‘tkazilishi bilan bog‘liq. 
Termoeffektlarni to‘g‘ri chegaralash misollari 1.8, a-rasmda keltirilgan. 


24 
1.8-rasm. Miqdoriy tahlilda termik effektlar maydonini to‘g‘ri chegaralash misollari: 
a-oddiy effektlarning; b-berkitiladigan effektlarning. 
Agar differensial egri chiziq kesimlari effektgacha va effektdan keyin biri 
ikkinchisini davom ettirsa, cho‘qqi maydonini chegaralash bu kesimlarni ulovchi 
to‘g‘ri chiziqning o‘tkazilishi bilan amalga oshiriladi. Agar cho‘qqi ancha murakkab 
shaklga ega bo‘lsa, u holda uni chegaralash uchun ordinatalar o‘qiga parallel bo‘lgan 
va cho‘qqi maksimumi orqali o‘tuvchi chiziq o‘tkaziladi, bu vertikalning nolinchi 
chiziq bilan kesishish nuqtasi effektining boshi va oxiri bilan ulanadi. 1.8, b – rasmda 
iikita qo‘yilgan effektlar maydonlarining chegaralanishi ko‘rsatilgan.
Termocho‘qqilar maydonini o‘lchash ko‘pincha planimetr orqali amalga 
oshiriladi, ammo shuningdek, tortuvchi metod ham qo‘llanadi – tekshirilayotgan 
cho‘qqilar kesib olinadi va fotoqog‘oz tarozida tortiladi.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin