qiladigan ishi yo‘qligidan mushukning dumiga ip bogiaydi, qushlaming
iniga chiqib, polaponlarini oladi va hokazolar. Aslida bola jonivorlarga ozor
bermasdan, ular bilan do'st tutunib ham olam-olam zavq olishi mumkin. Biz
unga qanotli do‘stlari uchun inlaryasab, ho‘raklar tayyorlashni o‘rgatishimiz
maqsadga muvofiqdir.
Ekologik ta’lim va tarbiyaga doir mavjud tadqiqot ishlarida tavsiya
etilishicha, bu borada quyidagi shakl, uslub va vositalardan foydalanish
maqsadga muvofiq:
tushuntirish, ko'rsatmaliT amaliy; induktiv va de-
duktiv, reproduktiv, muammoli; suhbat, savol-javob; hadislar. hikoyalar,
rivoyatlar, maqolalar o‘qib berish,
qayta hikoya qilish; izohlash, ko‘zdan
kechirish; kuzatish; qiyoslash va taqqoslash; tasavvur qilish; ishontirish,
ibrat olish uchun
misol va namuna keltirish; talab qilish, odatlantirish va
rag‘batlantirish; o‘yinlar, shu jumladan, improvizatsiyalarda ishtirok etish,
kolleksiyato‘plash, sayr, ekologik kechalar, ekologiya haftaligi vaboshqalar
(11-rasm).
S h ak llar
U slublar
V ositalar
Tabiat burchagidagi
ishlar;
sayr:
ekologik kechalar:
ekologiya haftaligi;
shoirlar va olimlar bilan
uchrashuvlar;
sah n ak o ‘rinishlari;
kattalarga yordam;
bellashuvlar
Kuzatish; tushuntirish;
tabiat go‘zalliklaridan
zavqlantirish;
tajriba;
bolalarni gapirtirish;
nutqiv-mantiqiy masalalar
vechish;
suhbat; ekologik o ‘yinlar;
didaktik o'yinlar
Hadislar;
rivoyat va hikoyatlar;
she'rlar yod olish;
pand-nasihatlar;
maqol va matallar;
topishmoqlar;
ertaklar;
loto;
labirint;
rebus;
videoroliklar
1 7-rasm.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini '
ekologik tarbiyalash shakl, uslub va vositalari
Tabiat burchagi
bolalarni tabiat bilan tanishtirishga, kichkintoylarda
ularga mehr paydo etish, muhabbat uyg‘otish ishida katta yordam beradi.
Tabiat burchagidagi jonzotlarni bolalar har kuni ko‘radilar, bu narsa
tarbiyachilar ishini yengillashtiradi: ular tirik mavjudotlami muntazam
kuzatib boradilar va parvarish qiladilar. Ulami
parvarish qilish natijasida
bolalar zaminimizdagi o‘simliklar va hayvonot dunyosining nihoyatda
turli-tumanligi to‘g‘risida, o‘simliklar, hayvonlar qay tariqa o'sib rivojla-
nib borishi, ularga qanday sharoitlar yaratib berilishi zarurligi to‘g ‘risida
tasawur hosil qiladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mushukcha, kuchukcha, qo'zi-
choq, tipratikan yoki quyon bolasini darhol ushlab ko‘rmoqchi, ularning
oldigaborib silamoqchi, orqasidan quvlab ushlab olmoqchi bo‘lganliklarini
ko‘p marta ko‘rganmiz va kuzatganmiz. Bolalar
bu jonivorlarga tezda
in yasashga kirishadilar. Uni parvarish qilishga otlanadilar. Ota-onalar
bolaning zo‘r hafsala va ishtiyoq bilan boshlagan ana shu tashabbusini
qo‘llabquvvatlashlari va maslahatlar bilan unga yaqindan yordam berish-
lari kerak.
Jonli burchakda qushlar va hayvonlarni parvarish qilish bolalarda
tabiatga, undagi barcha jonli va jonsiz narsalarga qiziqish, muhabbat
uyg‘otish,
ularni his etish, mehribonlik ko'rsatish tuyg‘ularining shaklla-
nishiga yordam beradi. Qushlar va hayvonlar bilan yaqin munosabatda
bo‘lish bolaning bilimini har tomonlama boyitishga olib keladi. Bolalami
jonli tabiat, undagi hayvonot dunyosi, o‘simliklar olami bilan muntazam
ravishda tanishtirib boriladi. Bunda ishlar yil davomida reja asosida tash
kil etiladi. M ashg‘ulotlar suhbat, kuzatish, o ‘yin faoliyatlari bilan bog‘lab
o ‘tkaziladi. Bunda bolalar ona tabiatga, jonzotlar va qushlarga muhabbatli,
mehrli bo‘lib, ularni asrab-avaylashga o ‘rganadilar.
Sayr
chog‘ida bola o‘zidagi bilimlami, tabiat oldidagi mas’uliyat his-
sini, ya’ni o ‘z irodasini amaliyotda sinab ko‘radi.
Bolalami sayr vaqtida
dalada o‘tloqda o‘tlab yurgan qo‘y, echki va buzoq, sigirlar bilan yaqindan
tanishtirish uchun ulaming yashash sharoiti, insonlar uchun foydasi haqida
hikoya qilib boriladi. Ovqatimizni mazali qilayotgan go‘sht, yog1, qaymoq,
sut va qatiqlar shu hayvonlar tufayli ekanligi bolalarga tushuntiriladi.
Sayr chog‘ida tarbiyaviy vaziyatlarni yuzaga keltirish va bolalami
atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqealarga hozirjavoblik bilan muno
sabat bildirishga o‘rgatish muhim ahamiyatga kasb etadi. Sayr paytida
ilgaridan kelishib olganday, tayyorgarlik natijasi sifatida “timsolga ki-
rish” imkoniyati yaratilishi mumkin. Kimdir tabiatga ziyon yetkazuvchi,
kimdir tabiatni muhofaza etuvchi bo‘ladi. Bunday paytda bolalar o‘zlari
payqagan nojo‘ya xatti-harakatning oldini olish tashabbusini ko‘rsatishlari
kerakligi sayrga qadar tayinlab qo‘yiladi.
Tabiatdagi yilning istagan faslida go‘zallik va rang-baranglik, o‘zga-
rishlar bolalarning bevosita hissiy holatiga ta’sir etadi,
ularda kuzatish,
so‘rash, filer yuritish, hikoya qilish istagini uyg‘otadi. Bu narsa ulaming
187
mantiqiy fikrlash va nutqini o‘stirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Bu borada
Dostları ilə paylaş: