bolalarni gapirtirish
ham muhim ekologik
uslublar sirasiga kiradi. Bu usul kichkintoylarda kuzatuvchanlikni va
ekologik tarbiya olgan yoki olmagan odamlar orasidagi farqni ajratish
tuyg‘ularini o ‘stiradi. Masalan, bolalar quyidagicha gap topib keladilar:
“Bir bola gugurt olib, xazonlarni yoqdi. 0 ‘tib ketayotgan bir kishi uni
koyib, olovni o‘chirtirdi" va hokazo.
Bolalarning tabiatni muhofaza qilish amaliyotida uch xil faoliyatdan
(ta’lim, mehnat, o‘yin) keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa,
bolalarning
ekologik mazmundagi о ‘yin faoliyati
ta ’lim unsurlariga ega
boTib, tegishli ko‘nikmalarni hosil qilishda ularning ahamiyati katta
bo‘ldi.
Didaktik o'yin
o ‘quv-bilish vazifalari (masalan, narsaning xossalari
va sifatini aniqlash, turli buyumlarni tasnif qilish va guruhlash) o ‘yin
bilan (topish, rol ijro etish, musobaqalashish) qo‘shib olib boriladiki,
bunda didaktik o‘yin ta’limning alohida shakli - yengil, tez va bolalar
tomonidan oldindan m o‘ljallanmagan bilimlarni o ‘zlashtirish shakliga
aylanadi. Masalan, “Bu hayvonning nomi “Qizil kitob”ga kiritilganmi?
Shu hayvonni top” o ‘yini. Tarbiyachi bolalarni doira shaklida turg‘izib,
hay von nomini aytadi va koptokni biror bolaga otadi. Bola koptokni ilib
olib, “Qizil kitob”ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi.
189
Tabiat muhofazasiga doir o‘yin mazmunini ishlab chiqishda shaxs-
ning axloqiy pozitsiyasi, odamlaming o ‘zaro munosabatlari, ularning
tabiiy muhitga insonparvarlik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatlari markaziy
o‘rindaturm og‘i lozim.
Rolli о ‘yinlar
har bir ishtirokchiga mustaqillik va uyushqoqlik namo-
yon etish imkonini beradi. Ijodiy rolli o ‘yinlar tushunchalarni, tasav-
vurlarni, faktlami tiklash, qayta guruhlash tariqasida kechadi. Masalan,
rolli o ‘yin sifatida bolalardan biri maqbul va nojo‘ya harakatlar qilib
ko'rsatadi. Nojo‘ya xatti-harakatga kelganda, bolalar: “To‘xta!" - deb
buyruq berishlari kutiladi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, bunday payt-
larda ko‘p vaqt sukutda bo‘ladigan bolalarda ham qat’iyat, ju r'a t paydo
bo‘ladi. Bu esa o ‘yinning muhim jihati hisoblanadi.
Tabiat bilan insonning о'zaro aloqador ekanligini o'rgatish, umuman,
bolalarda atrof-muhitga m as’uliyatli munosabatni shakllantirish - uzoq
vaqtni o‘z ichiga oladigan jarayon. Buning uchun bolalarning atrof-
muhit, tabiat bilan har tomonlama doimiy aloqalarini ta ’minlash zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hududida, sayr chog'ida bog‘da, tabiat
quchog'ida bo'lish, bu muddatda turli xil ekologik o‘yinlar uyushtirish
ana shu imkoniyatni yuzaga keltiradi.
Voqeaband rolli о ‘yinlar,
ayniqsa, bola hayotida katta rol o'ynaydi.
Dastlab sahna ko‘rinishlari tariqasida tayyorlanadigan o ‘yin chog‘ida
bola tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi turli mutaxassislar
rolini ijro etadi, ko‘pchilik ana shunday mutaxassislarni ko'radi, shun-
day mutaxassislar borligidan darak topadi, keyinchalik o‘zi ham shu
mutaxassis rolini o ‘ynashga muvaffaq bo'ladi. Boshqacha aytganda,
о ‘yin jarayonida bola bilan mutaxassis o ‘rtasida muloqot sodir bo‘ladi.
Maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarni ekologik tarbiyalashda
nutqiy
mantiqiy masala yechish
uslubidan ham foydalanish mumkin. Bunday
masalalar tabiat haqida topishmoq-hikoyalardir. Qo‘yilgan masalani
yechish, savolga javob berish uchun bolalar tabiat hodisalari orasidagi
m a’lum bog‘lanishlar va qonuniyatlarni o‘zlari uchun tushunib olgan
bo‘lishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga nutqiy mantiqiy masala berar ekan,
ularni aqliy faoliyat
usullaridan
shunday (qiyoslash, hodisalarni turli
tomondan ko‘rib chiqish, masalani yechish yo‘llarini izlash) vaziyatga
solishi zarurki, bu narsa fikrlashning mustaqil, aqlning o‘tkir bo‘lishiga
turtki beradi.
190
Bolalar tomonidan tabiatdagi narsa va hodisalar, odamlaming ayrim
nojo‘ya xatti-harakatlari haqida
hikoya-etyudlar tuzish
ijodiy topshiriq
turlaridan biridir. Albatta, bu ish daf’atan boshlanmasligi kerak. Dastlab
ishni bolalarbop hikoyalar tanlash va ularni so‘zlab berish usuliga
murojaat etishdan boshlash lozim. Bu hikoyalar oxir-oqibatda hikoya-
etyudlar tuzish uchun andaza vazifasini bajaradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ekologik muammolar aks etgan
v/tfeo/z/w/ardanfoydalanish maqsadga muvofiq. Bugungikundabolalarbop
bunday videodisklar va filmlar ko'payib bomioqda. Har bir namoyishdan
so‘ng bolalar bilan ko'rilgan filmlar haqida suhbat o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni ekologik tarbiyalashda
hadislardan namuncdar aytish, rivoyat
va hikoyatlar so'zlab berish
samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Atrof-
muhitga eng qadimgi zamonlarda ham juda katta e’tibor berilib kelingan.
Hadisi shariflarda quyidagi kabi bandlar bor: “Soyasidan xalq foydalanib
turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‘zaxga mahkum etur”;
“Dunyo yam-yashil go‘zaldir, kimki undan haqli ravishda halollik bilan
olsa, undan baraka topadi”.
Ajdodlarimiz o‘z farzandlariga oila davrasida
pand-nasihatlar
qilganlar va turli suhbatlarda quyidagilarni alohida uqtirganlar: “Suvni
iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi”; “Rizq-ro‘zingni isrof
qilma, gunohkor bo‘lasan”; “Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang
katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli m o‘minning nasibasi bor”.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida muammolarni hal etish yo‘llari
bevosita va bilvosita usullarda qo‘llanadi, shunga ko‘ra bu usullarning
tarbiyaviy va ta’limiy imkoniyatini oshirib, tug‘ilgan muammolaming
bolalarga yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi hamda ta ’sirchanligini
kuchaytiradi. Masalan, “Urug' sepmay ekin boim as, Yog‘och ekkan
soyada yotmas” naqlida soyaning fayzli dam olish joyi, lekin shu soya-
ning b o iishi uchun ter to ‘kib mehnat qilish, daraxt ekish zarurligi tushun-
tiriladi.
Loto, labirint, rebus, boshqotirma, topishmoq, topishmoq-hazillardan
foydalanish ham bolalami ekologik tarbiyalashda yaxshi natija beradi.
Ertak to ‘qish, she
V
ijod qilish, tabiatda о ‘zirti qanday tutish kerakligi
haqida eslatmalar aytish
bir tomondan, ijodiy nutq o ‘stirish uchun xizmat
qilsa, ikkinchi tomondan, ekologik ongni rivojlantiradi.
191
|