Operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga


MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi



Yüklə 103,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix05.12.2023
ölçüsü103,7 Kb.
#173558
1   2   3   4   5
Ameliy 4

MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. 
Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan 
operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, 
Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un 
kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u 
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion 
tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy 
jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni 
ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy 
etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan 
samarali ishlay oladi.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. 
O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq 
operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning 
muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora 
litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish 
uchun qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. 
Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion 
tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, 
azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan 
ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib 
mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ 
bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, 
ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:

amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish;

ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq
xizmatlarining keng yig‘masi;

bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi;

yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;



RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;

xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
taqdim qilingan mahsulotlarni
oson ishlatish;

rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng 
ishlatiladi.

Yüklə 103,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin