UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi
tomonidan ishlabchiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida
ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy
tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-
xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali,
ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan
UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlovbajaradi, tasvirlar
bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i,
elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori
unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy
kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va
ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini
taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib,
foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali
ishlash imkoniyatiga egabo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windowsoperatsion
tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan
birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft
korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra
o‘zidan avvalgi Windows
3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi
interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan
funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim
uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95,
Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira
640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.