Operatsion tizimlar bilan ishlash, mobil operatsion tizimlar va ularga


Windows 98 operatsion (amaliy) tizim



Yüklə 103,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü103,7 Kb.
#173558
1   2   3   4   5
Ameliy 4

Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. 
Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra 
Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda 
tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina 


yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, 
DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet 
Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) 
tushunchasi bo‘ladi.
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. 
Microsoft Windows operatsion tizimlari safidagi 
mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy tizimining takomillashtirilgan rusumi. 
Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy 
tizimining to‘rt rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni ishlatish, 
Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun 
ishlatiladi. 
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi.
Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi. Windows 2000 
Server standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan 
ajralib turadi. 
Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish 
talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan.
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. 
Microsoft Windows operatsion tizimi, amaliy 
tizimining mobil PDA (personal digital assistants)ga o‘xshash kompyuterlar uchun, 
qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi Windows 95ga o‘xshash.
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. 
Windows New Technology (Windows ning yangi 
texnologiyasi) 32-bitli operatsion tizim bo‘lib, Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 
va MS-DOSlarning o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion 
tizimga talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng qiziquvchan 10% qismidir. Windows NTning 
asosiy ustunliklari quyidagilardir:

funksional uyg‘unlik;

mobillik;

masshtablanuvchanlik;

tizimning boshqarilishi;

ochiq interfeys;

sanoat standartlarini quvvatlash.
Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT Server, tarmoqlarda server sifatida ishlash 
uchun va Windows NT Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan.

Yüklə 103,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin