sodir bo'layotgan voqeadek jonlanadi, ayni shu asar teatr sahnasida qo'yilganda ham tomoshabin nazdida ular hozir sodir bo'layotgandek tuyuladi. Demak, dramatik asar o'quvchisi (yoki tomoshabini) bilan unda tasvirlangan voqea orasida ham «men - hozir» tarzidagi vaqt hissi mavjud bo'ladi.
Muayyan bir adabiy turga mansub asarda badiiy konfliktning muayyan bir turi yetakchilik qiladi. Deylik, dramatik asarlarda xarakterlararo konflikt, lirik asarlarda ichki konflikt (asardagi aksi jihatidan) yetakchilik qilsa, epik asarlarda konfliktning har uchala turi qorishiq holda namoyon boia oladi. Ayrim adabiyotshunoslar mazkur xususiyatni ham turga ajratishning asosi, turga mansublikni belgilovchi xususiyat sifatida ko‘rsatadilar. Biroq bu turga mansublikni belgilovchi xususiyat boiolmaydi. Negaki, har qanday badiiy asarda ham, uning turga mansubligidan qat’i nazar, konfliktning har uchala navi mavjud; ular o‘zaro aloqada bo‘lib, biri ikkinchisini yuzaga chiqaradi, biri orqali ikkinchisi ifodalanadi. Shunisi ham borki, adabiy turlar orasida qat’iy chegara, «xitoy devori» mavjud emas. Ya’ni badiiy asarlarni adabiy turlarga ajratishda ma’lum shartlilik bor, zero, bitta adabiy turga xos xususiyatlar boshqa bir adabiy turga mansub asarlarda ham namoyon bo'lishi mumkin. Boz ustiga, badiiy adabiyot rivoji davomida adabiy turlar bir-birini boyitadi, ular orasida sintezlashuv jarayonlari kechadi. Masalan, zamonaviy proza (epos) o‘ziga dramaga xos elementlami singdirgani uning tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi epik asarlarni ulardagi dialoglar, boshqacha aytsak, «sahna-epizod»larsiz tasavvur qilib boimaydi. Epik turning takomili davomida dramaga xos syujet