ko'nglini bo'shatishga undaydi. Xuddi shunday holatning hayotda yuz berishi mumkinligi tabiiy, albatta. Ikkinchidan, usta Olim hikoyasining kiritilishi bu ikkisining bir-birlari bilan samimiy do'st bo'lib qolishlarini, Otabekning keyingi Marg'ilon kelishlarida ham shu xonadonda qo'nib yurishi, nihoyat, chor qo'shinlariga qarshi jangda ikkisining bir safda bo'lishini asoslaydi. Yoki «Shum bola» qissasida rivoyaning personaj tilidan hikoya qilinishi ham o'ziga xos badiiy samara bergani shubhasiz. Deylik, mabodo qissada rivoya yozuvchi tilidan olib borilganda, undagi ayrim epizodlar o'quvchida shubha uyg'otishi, ishonchsizlik qo'zg'ashi mumkin bo'lardi. Qorajon tilidan
olib borilganda esa biroz orttirilgandek ko'ringan o'rinlar hikoyachining fe’liga yo'yiladi, boz ustiga, uning xarakter xususiyatlarini yorqinroq ko'rsatishga ham xizmat qiladi. Ba’zan epik asar muallifi rivoyani u yoki bu yo‘1 bilan badiiy asoslashga harakat qiladi va bunda turli usullardan foydalanadi. Rivoyaning asoslanishi (motivatsiya) o'quvchida «asar voqealari o'ylab chiqilgan emas, haqiqatda yuz bergan» degan tasawumi uyg'otadi. Masalan, A.Qodiriy har ikki romanida ham rivoyani asoslash uchun ulami go'yo bobosidan eshitgandek, endi esa ulami o'quvchiga qayta so'zlab berayotgandek bo'ladi. Shunga o'xshash, epik asarlarda voqealar ba’zan tasodifan yozuvchi qo'liga tushib qolgan birovning xati, kundalik daftari yoki qo'lyozmasi, tasodifan uchrashib qolgan kishi hikoyasi yoki o'zi tasodifan shohidi bo'lib qolgan voqea va h.k. tarzida berilishi mumkin. Biroq mazkur usullar epik asarda qo'llanilishi zarur yoki rivoya albatta asoslanishi lozim, degan fikrga bormaslik kerak.