bobidagi izlanishlari, ayniqsa, XX asr boshlari adabiyotini o'rganish bilan bog'liq holda faollashdi. Qatag'on qilingan adib va shoirlarning ijodiy merosini tiklash, ularning hayoti va faoliyatiga doir hujjatlarni izlab topish borasida N .Karimov, B.Qosimov, H.Boltaboyev, B.Do'stqorayev, R.Tojiboyev, B.Karimov, M.Qarshiboyev kabi olimlarning izlanishlari samarali bo'lib, ular asr boshidagi adabiy jarayon, unda faol ishtirok etgan ijodkorlar haqidagi tasawurlarimizni boyitishga, davr adabiyotining xolis ilmiy tarixini yaratishga xizmat qildi. Ma’lumki, konkret ijodkor merosini to'laqonli tushunish va xolis baholash uchun uning hayot yo'li haqida to'liq tasawurga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni adabiyotshunoslikdagi tadqiqot metodlaridan biri — biografik metodning to'la samara bilan ishlashi uchun konkret ijodkor hayoti va faoliyati haqidagi hujjatlarga ega bo'lish lozim. Afsuski, ko'plab ijodkorlarimiz haqida ma’lumot beruvchi hujjatlar hali to'la yig'ilgan emas. Bu borada faqat Hamza arxivi yuzasidan qilingan ishlar (bunda marhum professor L.Qayumov xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim) bilangina maqtanish mumkin. Shuningdek, Oybek, A.Qahhor singari ulkan adiblarimizning
uy-muzeylarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlarning sa’y- harakati bilan ular haqidagi hujjatlar yig‘ilgan, tartiblangan. Bu manbalar mazkur adiblarning ijodiy merosini o'rganish, qayta baholashda beqiyos ahamiyatga ega bo'ladi. Bibliografiya (K ito b iyo t). Adabiyotshunoslik bibliografiyasi adab iyotshu noslik n ing ilm iy-am aliy sohasi san alib , adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, maqolalar, shuningdek, badiiy