Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


и in so n n i k o m illik k a y e ta k la y d i, ja m i y a t n i



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

и in so n n i k o m illik k a y e ta k la y d i, ja m i y a t n i
mukammallashtirishga xizmat qiladi.
Yuqorida «badiiy adabiyot dunyoni 
o'zgartiradi» degan fikr xususida to'xtalgan edik. Darhaqiqat, 
badiiy
adabiyot inson (dem akki, jam iyatn i)n i o'zgartirish orqali dunyoni
o'zgartiradi.
Negaki, badiiy adabiyot real voqelikni aks ettiribgina 
qo'ymaydi, u ideal asosida fikrlaydi, voqelikni ideal asosida qayta 
yaratadi, chinakam san’at asaridagi badiiy hukm idealdan kelib 
chiqqan holda chiqariladi. Ideal esa, ma’lumki, o'zida mukammal 
inson, mukammal jamiyat haqidagi tasavvurlarni, orzu-intilishlami 
mujassam etadi. Ijodkor sog'ingan ideal badiiy asar orqali o'quvchiga, 
o'quvchilarga ko'chadi va, bilingki, ideal sog'inchini o'ziga yuqtirgan 
o'quvchi endi o'zgargan insondir. Inson (insonlar)dagi o'zgarish esa, 
tabiiyki, jamiyatdagi o'zgarishlarning asosidir. Demak, badiiy 
adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri jamiyatni ideal asosida 
qayta qurishdan iborat ekan.
Mutaxassislar san’at, xususan, badiiy adabiyot haqida so'z 
borganda ulaming polifimksionalligi, ya’ni ko'p vazifalami bajarishini 
ta’kidlaydilar. Quyida biz badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotda 
bajaruvchi vazifalari xususida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Bilish (evristik) funksiyasi.
Badiiy adabiyot borliqni badiiy bilish 
orqali bizning olam, odam va jam iyat haqidagi bilim va 
tasawurlarimizni boyitadi. “Adabiyot — hayot darsligi”, degan gap 
faqat chiroyli ta ’rifgina emas, uning zamirida katta haqiqat yotadi. 
Zero, badiiy asarlar mutolaasi davomida biz inson qalbining chuqur 
puchmoqlariga kirib boramiz, uning turfa fe’l-atvori bilan tanishamiz, 
insonlar orasidagi murakkab munosabatlarni kuzatamiz, ulaming 
tub sabablarini his qilamiz. Badiiy adabiyot orqali o'quvchi o'zga 
insonlar tajribasi bilan o'rtoqlashadi, buning natijasi o'laroq u 
hayotga, insonlarga o'zgacharoq yondasha boshlaydi, chuqurroq 
tafakkur qiladi, fikrlash doirasi kengayadi. Bu esa, agar inson 
umrining qisqaligi, uning umri davomida bevosita ko'rish va his qilish 
imkoniyatining cheklangani e’tiborga olinsa, juda katta ahamiyatga 
molikdir. Zero, badiiy asami o'qish davomida o'quvchi asar voqeligida 
yashaydi, asar qahramonlarining o'ylarini ongdan, hislarini qalbdan 
kechiradi. Ehtimolki, u o'z hayoti davomida o'sha tasawurdagi olamda 
ko'rgandek taqdirlarga duch kelmas, unda tasvirlangandek holatlarga 
tushmas... — lekin boshqa olamda, boshqa odamlar orasida yashagani, 
ular ko'rganni ko'rgani, bilganni bilgani, his qilganni his etgani 
qolaveradi. Ya’ni badiiy adabiyot bamisoli hayot ichidagi yana bir 
hayot, inson qisqa umri davomida ko'proq ko'rishi, his qilishi, anglashi 
uchun 
beiilgan qo'shimcha imkoniyat, aytish mumkinki, qo'shimcha 
“umr”dir.

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin