Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

И.
 
Философия искусства.—М., 1996.
8. 
Йеллек 
Р., 
Уоррен О.
Теория литературы.— М., 1978.
9. Самосознание европейской культуры XX века.—М., 1991.
10. 
Сарр Ж.П.
Что такое литература? / / Зарубежная эстетика и теория 
литературы. XIX—XX вв. М., 1987. -С .313-334.


Inson faoliyati tushunchasi. Ruhiy faoliyat. Ijtimoiy ong 
tushunchasi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong shakllari orasidagi 
o ‘rni va o‘ziga xosligi. Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘m i 
va vazifalari.
Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati, uning bir tarafdan 
san’at hodisasi, ikkinchi tomondan ijtimoiy ong shakllaridan biri 
ekanligini aytib o‘tdik. Endi nima uchun badiiy adabiyot ijtimoiy ong 
sohasiga mansub deyilishi, uning ijtimoiy ong shakli sifatidagi o‘ziga 
xosligini ko‘rib chiqish darkor.
Taniqli rus filologi A.Potebnya badiiy adabiyot haqidagi 
ma’ruzalarini «eng umumiy tushuncha — inson faoliyati» degan 
so‘zlar bilan boshlagan edi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, inson 
tomonidan yaratilgan narsalarning bari - faoliyat mahsuli, demak, 
birinchi galda «faoliyat» tushunchasiga to‘xtalishimiz zarur bo‘ladi. 
Inson faoliyati juda keng va serqirra boMib. quvida uning eng 
muhimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Mavjud jonzotlar ichida qadim ajdodlarimizgina tabiatda tayyor 
holda mavjud narsalarning, shart—sharoitlaming o‘zi bilangina 
qanoatlanib yashamadilar. Jonivorlardan farqli o'laroq, ular tabiatni, 
mavjud narsalarni o‘z talab—ehtiyojlariga muvofiq o ‘zgartirib 
yashadilar, zero, ular tirik qolish va naslni davom ettirish uchun 
shunga majbur ham edilar. Insonning yashash uchun tabiatni 
o‘zgartirish jarayoni «mehnat» (amaliy faoliyat) deb nomlanadi. Inson 
azaldan o‘zining amaliy faoliyatida tabiatni, atrof-muhitni o‘zgartirib 
keladi — o‘ziga yashash uchun sharoit yaratadi, tirikchilik uchun 
oziq topadi. Tabiatni o‘zgartirish jarayonida o‘zgartiruvchi (inson)ning


o'zi ham o'zgarib boradi, chunki amaliy faoliyat davomida u tajriba 
orttirib, atrof—muhitni tobora chuqurroq bilib boradi: insonning 
borliq haqidagi tasawurlari boyib, ongi rivojlanib boradi. O'z 
navbatida, borliq haqidagi tasavvur va bilimlaming boyishi amaliy 
faoliyatning samaraliroq bo'lishiga xizmat qilgan. Ya’ni o'sha 
paytlardayoq inson faoliyati ikkiga — am aliy(m ehnat) va 
nazariy(ruhiy) faoliyat turlariga ajrala borgan. Aslida bu ikki faoliyat 
turi bir-biriga bog'liq va har qanday insonda ular baqamti (faqat 
nisbati turlicha) kechadi. Biroq kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida, 
mehnatning bo'linishi natijasida hozirgi zamon kishisi haqida, uning 
faoliyati haqida gapirganda biz ko'pincha «jismoniy mehnat» va «aqliy 
mehnat» degan faoliyat turlarini ajratamiz. Holbuki, bu o'rinda «ruhiy 
faoliyat» atamasining ishlatilgani ma’qul, chunki «aqliy mehnat» 
deb ataganimiz ruhiy faoliyatning bir qirrasi, xolos.
Haqiqatda ruhiy faoliyatning o'zi «aqliy» va «hissiy» qirralarga ega 
bo'lib, har vaqt bir-birini taqozo etadi. Zero, inson dunyoni bilishga 
intilarkan, unga (konkret narsa-hodisaga) muayyan hissiy 
munosabatda bo'ladi, o'z navbatida dunyo uning hislariga ta’sir qiladi. 
Ikkinchi tomondan, ijtimoiy maxluq sifatida inson muloqot ehtiyojini, 
o'z hislarini ifodalash ehtiyojini tuyadi. Ya’ni bu ehtiyoj ahamiyati 
jihatidan yashash va nasi qoldirish uchun tabiatni o'zgartirish 
ehtiyojidan aslo kam bo'lmagan tabiiy ehtiyojdir. Inson o'zining tabiat 
bilan munosabatlari natijasi o'laroq yuzaga kelgan eng ibtidoiy hislari 
(qo'rquv, sevinch)ni ham, jinsdoshlari bilan munosabati natijasida 
tug'ilgan hislarini ham ifodalashga intilgan. Ibtidoiy odamning g'orga 
chizgan suratlarida, ritual marosimlarida ayni shu narsa ko'zga 
tashlanadi. Insonning hissiy faoliyati, tabiiyki, aqliy faoliyatga turtki 
bergani, o'sha hislami anglashga, oxir—oqibat o'zini anglashga 
yo'naltiigani ham bejiz emas. Ya’ni ruhiy faoliyatning predmeti ikkiga 
ajralmoqda: inson, bir tarafdan, o'zidan tashqaridagi olamni 
o'rganishga, ikkinchi tarafdan, o'zidagi «olam»ni anglashga intila 
boradi. Demak, ruhiy faoliyat tashqariga va ichkariga yo'naltirilgan


bo'lishi mumkin ekan. Shu o'rinda amaliy va ruhiy faoliyat orasidagi 
eng muhim farqqa diqqat qilish lozim. Amaliy faoliyat voqelikdagi 
predmetni real o'zgartirishi bilan xarakterlanadi. Ya’ni amaliy faoliyat 
jarayonida faoliyat yo'naltirilgan narsa o'zgarishga uchraydi. Ruhiy 
faoliyat davomida esa o'zgarish faqat ongda, tasawurdagina yuz beradi. 
Agar shu xil o'zgartirish bo'lmaganida edi, ruhiy faoliyatni «faoliyat» 
deb atashlik mumkin bo'lmagan bo'lur edi.
Badiiy adabiyot — insonning ruhiy faoliyati mahsuli. Badiiy 
adabiyotni ruhiy faoliyat turlaridan biri deb atashga imkon beradigan 
narsa shuki, ijodkor o'zining «faoliyati» yo'naltirilgan predmetni 
(keng ma’noda borliqni) o'z ongida o'zgartiradi va badiiy obrazda aks 
ettiradi. Demak, «adabiyot dunyoni o'zgartiradi», degan gapni aynan 
tushunishimiz xato bo'ladi. Zero, adabiyot real voqelikni bevosita 
emas, bilvosita — dunyoni o'zgartiruvchini, INSONni o'zgartirish 
orqali amalga oshiradi.
Yuqorida aytilganidek, ruhiy faoliyatning o'zi «aqliy» va «hissiy» 
qirralariga ega bo'lib, bu ikkisi har vaqt bir—birini taqozo etadi. 
Insonning borliq bilan munosabatini o'zaro aloqa sifatida tushunish 
to'g'riroq bo'ladi. Chunki borliqni bilish jarayonida inson unga 
muayyan hissiy munosabatda bo'ladi va, o'z navbatida, borliq ham 
uning hislariga ta’sir qiladi. Shuningdek, konkret masalani aqlan 
idrok etishga ojiz kishi uni hissiy idrok etishi mumkin, zero, inson 
ongidagi milliardlab hujayralarda asrlardan buyon to'planib kelayotgan 
informatsiya, qadim ajdodlarga xos bo'lgan va hozir go'yo 
konservatsiyalangan ruhiy imkoniyatlar yashaydi. Badiiy ijod 
jarayonida ong faoliyati nechog'li muhim bo'lsa, ongning ost qatlamida 
konservatsiyalangan holda yashovchi ruhiy imkoniyatlarning 
(podsoznatelnoye) ishtiroki ham ulkandir. Xuddi shu narsaga ulug' 
shoirimiz Cho'lpon o'n yetti yoshligidayoq e’tibor qilgan edi: «... 
m uhit b o 'sh lig 'in d a b o 'lgan q a t’iy to 'lq u n n in g bir-biriga 
birlashmagidan har odamga har xil shodlik va yo ko'b achchiq ta’sir 
etmagindan odamning ko'nglida o'zi bilmasdan o'mashub qolg'on va


har vaqt, umrining oxiriga qadar saqlanaturg'on qayg'ulanmak va 
yo ko'krak kerib ko'b dam olurday oh urmaklar — hammasi 
ko'ngulda har xil rangda, har xil kayfiyatda to'lub yotqon adabiyot 
xosasindan sanalur». Cho'lpon «ko'ngul» deb atayotgan narsa aslida 
ong osti qatlamlari(podsoznatelnoye)dan boshqa narsa emas. Yosh 
shoirning talqinicha, insonni umr bo'yi bezovta qiladigan va 
adabiyotning “xosa”si sanaladigan narsalar uning o'ziga sezilmagan 
holda ko'nglida o'rinlashib qoladi. Tuyqus xayolimizga kelib qolgan 
fikr, xulosani biz g'aybdan deb o'ylashimiz mumkin. Aslida esa u 
qachondir nimaningdir ta’sirida tug'ilgan va ongimizning olis 
burchaklarida mudroq holda yashab kelgan, endilikda, muayyan bir 
vaziyatda anglangan o'z fikrimiz, o'z xulosamizdir. Ijod jarayonini, 
ijod onlarida san’atkorning o'zi kutmagan kashfiyotlarga duch 
kelishini yoki o'zi qilgan kashfiyotni anglayolmay qolishini tush 
ko'rishga mengzash mumkin. Inson tushida o'zini kutayotgan narsani 
oldindan ko'rishi mumkin, ko'pincha bu narsalar ramzlar tarzida 
ko'rinadi, ulaming mag'zini chaqishga urinamiz. Holbuki, o'sha 
ramzlarning hosil bo'lishiga asos bo'lgan voqealar ishtirokchisi 
bo'lganmiz, o'y—fikrlami ongdan, his—kechinmalarni qalbdan 
o'tkarganmiz. Endi esa, uxlagan chog'imizda ong ostki qatlami 
ishlagan, harakatga kelgan.
Inson — ijtimoiy maxluq deganlari bejiz emas. Zero, inson sifatida 
shakllanish uchun odamdan tug'ilgan bo'lishning o'zi kifoya emas. 
Inson dunyoga keltirgani holda insonlardan ajralgan holda yashagan 
odam inson sifatida shakllana olmaydi. Bunga hayotda ancha-muncha 
misollar bor. Shunga ko'ra, bizning ongimizdagi bilim va 
tasawurlaming aksari vorisiy xarakterga ega. Ya’ni bugungi kun 
chaqalog'ining ongida mavjud imkoniyatlar olis ajdodlar ongida 
mavjud imkoniyatlardan chandon balanddir, zero, unda asrlar 
davomida to'plangan informatsiya kodlangan holda mavjuddir. Bundan 
ko'rinadiki, shakllanish jihatidan ong ijtimoiy xarakterga ega, bizda 
mavjud bilimlar va tasawurlar o'z ongimizning, miyamizninggina 
faoliyati bilan bog'liq emas.


Ijtimoiy ong deganda kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan 
bosqichida o ‘sha jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo'lgan borliq 
(olam, odam, jamiyat) haqidagi bilimlar, tasawurlarning jami 
tushuniladi. Ijtimoiy ong bevosita jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’rifiy taraqqiy darajasi bilan bog'liq bo'ladi. Aytaylik, ibtidoiy 
jamiyat kishisi bilan hozirgi zamon kishilari ongidagi olam va odam 
haqidagi bilimlar orasidagi farq yer bilan osmoncha.
Ijtimoiy ongni, ya’ni dunyo haqidagi bilim va tasawurlami hosil 
qilish, boyitishga xizmat qiluvchi sohalaming bari ijtimoiy ong shakllari 
deb yuritiladi. Din, ilm-fan, san’at, badiiy adabiyot, axloq, huquq, 
siyosat, — bular bari ijtimoiy ong shakllari sanaladi. Kishilik jamiyati 
taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida bu sohalaming qaysidir bittasi 
yetakchi mavqega ega bo'lishi, keyin yetakchilik boshqasiga o'tishi 
mumkin. Masalan, kishilik jamiyatining tongida insonlarning tabiat 
hodisalarini anglashga intilishi natijasida yuzaga kelgan miflar yetakchi 
mavqega ega edi (aniqrog'i, miflar u davrda ijtimoiy ongning asosiy 
shakli edi). Dunyoning, inson va boshqa jonzotlaming paydo bo'lishi, 
hayot va o'lim sirlari, tabiat hodisalarining sodir bo'lishi kabi inson 
bilishga qiziqqan masalalar miflarda o'z ifodasini topgan. Albatta, 
miflar qadim ajdodlarimizning bu masalalar mohiyatiga yetmaganini 
ko'rsatadi, biroq miflarda ulaming olam va odam haqidagi bilimlari
— ijtimoiy ongi aks etgani ham ayon haqiqatdir. Keyinroq, antik 
jamiyatda falsafaning yetakchiligi kuzatilsa, o'rta asrlarga kelib ijtimoiy 
ong shakllari orasida din yetakchi mavqe egalladi. Zero, o'rta asrlarda 
olam va odam mohiyati diniy ta ’limotlar asosida tushunildi va 
tushuntirildi. Insonning dunyo haqidagi bilimlarining chuqurlashuvi 
XYIII asrga kelib fanning yetakchiligini ta ’minladi, endi ilmiy 
bilishning ahamiyati ortdi.
Ijtimoiy ong shakllarining keyingi davrlardagi, xususan, hozirgi 
holatiga nazar solsak, unda turlichalikka duch kelamiz. Zero, hozirda 
ulaming bari parallel holda (umuman insoniyat miqyosida olsak, 
taraqqiyot darajasining turlichaligi bois mifologik tafakkurdan tortib


to yuksak ilmiy bilishgacha) mavjud. Albatta, biz bu o ‘rinda 
insoniyatning ilg‘orini, rivojlangan jamiyatlami nazarga olishimiz 
to'g'riroq boMadi. Bu holda bilish jarayonida ijtimoiy ong shakllaridan 
bir qanchasi ishtirok etayotganiyu har birining o‘z sohasi (fan, 
san’at, siyosat, huquq) borligiga amin boMamiz.
Ijtimoiy ong shakllari orasida badiiy adabiyot va san’at borliqni 
badiiy obrazlar vositasida idrok etishi bilan farqlanadi. Xususan, badiiy 
adabiyot so‘z vositasida ish ko'radi. So‘z esa universal bilish va ifodalash 
vositasi sanaladi. So‘z vositasida ish ko‘rgani uchun ham badiiy 
adabiyotning badiiy bilish imkoniyatlari ancha keng: u hayotdagi turli 
muammolami, uning turli jihatlarini badiiy tadqiq etish imkoniga ega.
Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o'rnini tasavvur qilish 
uchun u bajarayotgan ijtimoiy funksiyalar(vazifalar) nimalardan 
iborat ekanligini ko'rib chiqish lozim. Badiiy adabiyotning eng muhim 
vazifasi shuki, 

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin