shubhasizdir. Biz o'zining ko'lamli falsafiy mushohadaga moyilligi
bilan tanilgan va e ’tirof etilgan ijodkorlardan ayrimlarinigina sanadik.
Haqiqatda esa badiiy konseptuallikka intilish iqtidor bilan yozilgan
har qanday badiiy asarga xosdir. Xayyom ruboiylarini yo hazrat Navoiy
dostonlarini, A.Qodiriy romanlari yo A.Qahhor hikoyalarini,
O.Yoqubov nasri yo A.Oripov she’riyatini olasizmi — barida hayot,
olam va odam haqidagi chuqur falsafiy mushohadalarga duch kelasiz,
mualliflar mavjudlikning o'tkir masalalari yuzasidan chiqargan badiiy
hukm-xulosalar bilan o'rtoqlashasiz.
Kommunikativ funksiya.
Badiiy adabiyot shaxslararo, avlodlararo,
millatlararo muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi. Badiiy asami
yaratish davomida ijodkor tasavvurdagi o'quvchi bilan muloqotga
kirishsa, uni o'qish jarayonida o'quvchi ijodkor bilan muloqotga
kirishadi. Muloqot jarayonida keng kitobxonlar ommasiga badiiy
informatsiya yetkaziladi, bu esa o'quvchining bilim va tasawurlar
doirasini kengaytiradi, informatsiyaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
Badiiy adabiyot vositasida amalga oshuvchi muloqot qarshisida davriy
yoki hududiy chegaralar mavjud emas: uning vositasida o'quvchi
o'zidan bir necha asrlar ilgari yashagan shaxs bilan ham, o'zidan
minglab chaqirim olisda yashovchi shaxs bilan ham muloqot qila biladi.
Masalan, ko'p mutolaa qilgan hozirgi kitobxon olis ajdodlarining
turmushi, fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham, olis dengiz
ortidagi xalqning turmushi, fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan
ham yaqindan tanish bo'la oladi.
Dostları ilə paylaş: