asarlar ro'yxatini, bibliografik qo'llanma, ko'rsatkichlar tuzish bilan shug'ullanadi. Yordamchi soha sifatida adabiyotshunoslik bibliografiyasi ilmiy-tadqiqotlarning samarali bo'lishiga xizmat qilish, badiiy adabiyotni targ'ib qilish kabi maqsadlarni ko'zlaydi. Bibliograflar tomonidan tuzilgan bibliografik ko'rsatkich va qo'llanmalar tadqiqotchilarga katta amaliy yordam beradi. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Bugungi kun kishisining tafakkur darajasi, insoniyat tomonidan to'plangan bilimlar ko'lami benihoya kengaygan. Qadimda fanlar o'zaro ajralmagan, xususan, adabiyotshunoslik ham falsafa ichidagi bir hodisa edi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, inson tafakkurining rivoji davomida turli fanlar alohida mustaqil fanlar sifatida ajralib chiqdi. Biroq bu ajralishni tamomila chegaralanish deb tushunmaslik lozim. Chunki adabiyotshunoslik, fanning barcha mustaqil tarmoqlari singari, boshqa fanlar bilan aloqada yashaydi, rivojlanadi. Bu xil aloqa davomida adabiyotshunoslik boshqa fanlardan nimalamidir oladi, ularga nimalamidir beradi. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida gapirganda, avvalo, uning tilshunoslik bilan aloqasi xususida to'xtalish lozim. Badiiy adabiyotning materiali so'z, adabiy asar esa so'zlardan tarkib topuvchi matndir. Badiiy matn esa, ravshanki, til qonuniyatlari asosida tarkib topadi. Til qonuniyatlarini bilishlik matnning qurilishi, tagma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralaming estetik qimmati haqida fikr yuritishda juda muhim. Odatda, badiiy matn tilini o'rganishga qaratilgan ishlarni adabiyotshunoslik va tilshunoslik chegarasidagi