davomida biz ham shu xil qarashdan kelib chiqamiz va «syujet»
deganda epik va dramatik asarlarga xos bo‘lgan syujetni, voqealar tizimini tushunamiz. Mavjud darslik va qo‘llanmalarda syujetga M.Gorkiy tomonidan berilgan ta’rif keltiriladiki, unga ko'ra syujet «u yoki bu xarakteming, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir». Biroq ma’lumki, barcha badiiy asarlarda ham xarakter rivojlanishda, o ‘sish va shakllanishda ko‘rsatilmaydi. Misol uchun A.Qahhorning mashhur « 0 ‘g‘ri» hikoyasini olib ko'raylik. Ma’lumki, bu hikoyada xarakterlar tayyor holda beriladi, voqea davomida rivojlanmaydi, — syujet bu o'rinda voqeaning ichki rivojini namoyon etadi, xolos. Demak, M.Gorkiyning syujetga bergan ta’rifi universal bo'lolmaydi, u ayrim tipdagi asarlarga (mas., «Qutlug' qon», «Kecha va kunduz») nisbatangina to'g'ri keladi. Modomiki biz «syujet» deganda epik va dramatik asarlarga xos syujetni nazarda tutarkanmiz, unda syujet asardagi «bir-biriga bog'liq voqealar tizimi» yoki «konkret holat, bitta voqeaning ichki rivoji» sifatida tushunilgani to'g'riroq bo'ladi-u. Shu bilan birga, syujet voqealari davomida personajlar xarakterining ochilishi, shakllanishi ham bor narsa. Faqat bunga syujetning badiiy asardagi funksiyalaridan biri sifatida qarash haqiqatga yaqinroq, uni syujetning mohiyati sifatida tushunish xatodir. Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so'z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak. Demak, syujet asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo'lishi