mazmunga, muallifning ijodiy niyatiga bog'liq bo'lib qoladi. Masalan, A.Qodiriy «O'tgan kunlar» uchun tanlagan syujetda Otabekning Toshkentdan, Kumushning Marg'ilondan bo'lishi — ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul (optimal) variant. Negaki, romanning o'zagi bo'lmish «ishqiy-maishiy» syujet chizig'ining Toshkent - Marg'ilon orasida kechishi yozuvchiga o'zini o'ylatgan problemalar tadqiqi uchun zamr voqealami asarga olib kirish imkonini yaratadi. Jumladan, Otabekning dor ostiga borishi, Toshkent isyoni, qipchoq qirg'ini kabi voqealar asarga hech bir zo'rakiliksiz, o'quvchi xayolini band
etgan Otabek-Kumush liniyasiga uzviy bog'langan holda olib kiriladi va, muhimi, ular adibga shaxs erki, millat erki, millat taqdiri muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarini ifodalash imkonini yaratadi. Ko'rinadiki, syujetning badiiy asardagi eng muhim funksiyasi — badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifodalashga xizmat qilishida namoyon bo'lar ekan. Badiiy asar syujeti personajlaming «harakat»laridan tarkib topadi. Ma’lumki, keng ma’noda «harakat» so'zi vaqt birligi davomida kechuvchi har qanday jarayonni anglatadi. So'zning biz ishlatayotgan maxsus ma’nosi ham mohiyatan shunga yaqin: «harakat» istilohi ostida personajlaming makon va zamonda kechuvchi xatti-harakatlari ham, ruhiyatidagi o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji ham tushuniladi. Demak, «harakat»ning o'zi ikki turli ekan. Shunga muvofiq, bu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab syujetning ikki turi ajratiladi: a) «tashqi harakat» dinamikasiga asoslangan syujet va b) «ichki harakat» dinamikasiga asoslangan syujetlar. Tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujetlarda personajlaming