intilishini taqozo qiladi. Syujetning bu turi badiiy asar qurilishining mukammal, asarning o'qishli va qiziqarli bo'lishiga imkon beradi. Ya’ni bu xil syujet o'quvchi diqqatini bitta nuqtada tutib turadi, o'qish jarayonidagi faolligini oshiradi. Buning yorqin misoli sifatida detektiv asarlarni ko'rsatish mumkin. Detektiv asarlaming aksariyatida syujet voqealari konkret hodisa atrofida aylanadi, o'quvchi xayolini shu hodisaning sabablarini, qay tarzda yuz berganini bilish istagi egallaydi, bu savollarga o'zicha javob izlaydi, o'zi topgan javobning qay darajada to'g'riligini bilmoqchi bo'ladi — bularning bari o'quvchini asarga bog'laydi-qo'yadi. Konsentrik syujet nisbatan qisqa vaqt ichida kechgan voqealarni qam rashi, yondosh syujet chiziqlarini kiritish imkoniyatlarining kamligi bilan ham xarakterlanadi. Sanalgan xususiyatlarni O.Yoqubovning «Muqaddas», «Billur qandillar», «Ulug'bek xazinasi» kabi asarlari misolida kuzatish mumkin. Aytish kerakki, syujetlarni yuqoridagicha ikki turga ajratilsa- da, bu ikki turga xos xususiyatlar ko'proq aralash holda namoyon bo'ladi. Zero, xronikali syujet voqealari orasida sabab-natija (oldin yuz bergan voqea keyin yuz bergan voqeaga qisman sabab bo'lib keladi) munosabati, konsentrik syujet voqealari orasida vaqt munosabati (natija sababdan keyin keladi) kuzatilishi tabiiy. Demak, konkret asardagi syujet tipini belgilashda mazkur munosabatlaming qaysi biri etakchi mavqega egaligi e ’tiborga olinishi lozim. Ba’zan asarda har ikki tipdagi syujet xususiyatlari uyg'un holda namoyon bo'ladi va ayni shu uyg'unlik uning jozibasini ta’minlagan muhim omil bo'lib qoladi. Xususan, A.Qodiriyning «O'tgan kunlar», Cho'lponning «Kecha va kunduz»