ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq o'zining qichqirig'i bilan uyquga,
ovqatga, issiqlikka bo'lgan ehtiyojini bildiradi.
Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar
bilan muloqotda
bo'lmasdan yashay olmaydi. Bola tug'ilganda uning onasi o'zining
mehrini muloqot orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa kattalari
ham chaqaloq bilan muloqotda bo'lmasdan turolmaydi. Kattalar
tomonidan bo'ladigan to 'g 'ri muloqot chaqaloqda muloqotga bo'lgan
ehtiyojni shakllantiradi. Chaqaloq bir oylik bo'lganda «ga», «da», «ua»
kabi nutq belgilari paydo bo'ladi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv)
yoki aktiv (faol) shaklda bo'ladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan
muloqoti dastlab kattalaming labi va ko'zlariga qarashdan boshlanadi.
Ijobiy muloqotda bo'lish uchun kattalar bolaga ko'proq kulgulari bilan
ta’sir etishlari maqsadga muvofiq. Bolani qo'lga olib ko'targanda u juda
xursand bo'ladi. Bir yarim — ikki oylikda bola kattalaming jilmayishiga
o'zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini
qondiruvchi eng asosiy k is h i. Ona uchun ham bola barchadan aziz.
Kattalar go'daklar bilan doimo ijobiy
emotsional munosabatda
bo'lishlari zarur. 4—5 oylik go'dakning munosabati o'ziga xos xarakterga
ega. U o'z oila a’zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo
go'dak atrofida parvona bo'laversalar, u o'yinchoq o'ynamaydi,
onasidan ajrasa injiq bo'lib qoladi. 7—9 oylik bola kattalaming nutqini
va harakatini diqqat bilan kuzatadi. So'ngra u kattalaming og'zidan
chiqqan so'zlami takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar
kattalaming harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stol
ustini artishga, idish-tovoqlarni ko'tarishga harakat qiladi. Kattalar
bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan,
tu rli buyumlar bilan
harakat qilishga ham o 'rg a ta d ila r, ya’ ni h a tti-h a ra k a tla rin i
boshqaradilar. B ir yoshgacha bola kattalaming nutqini tinglaydi.
O 'yinchoq — ko'ngilochar predmet b o 'lib qolmasdan, balki
bolaning ruhiy rivojlanishi vositasidir. 2—3 yoshli bola o'yinchoqlar
bilan o'ynay boshlaydi. O'yinchoqlar yorqin rangli, qo'ng'iro qli,
ovozli bo'lishi bolada ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Onasi bolaga
o'yinchoq o'ynashni o'rgatadi. O 'yinchoqlar bolaning
id ro kin i
rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda o'yin
bo'lib hisoblanadi. Kattalar o'yinchoqlar tilidan bola
bilan muloqotda
bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. O'yinchoq o'ynaganda bolalar uni
qimirlatishga va og'ziga solishga, ichini ochib ko'rishga harakat qiladilar.
9 oylik bolalarga endi o'yinchoqdan tashqari qog'oz, qalam ham berish
kerak. Shunda bolada yozma nutqni, rasmlar chizish elementlarini
shakllantirish mumkin bo'ladi.
O 'yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash,
fantaziya,
hayolot kabi ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar shuningdek, xarakter
www.ziyouz.com kutubxonasi
xislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi.
Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol
o'ynaydilar. Bolaning ongini o'stirish uchun o'yinchoqlar va o'yin
turlaridan ko'proq foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilk bolalik davrida ham o'yinning ahamiyati katta. Bu davrda bolalar
predmetli o'yinchoqlarni ko'proq o'ynaydilar.
Ayniqsa didaktik
o'yinchoqlar bola hayotida muhim o'rin egallaydi. Bola endi bitta emas,
balki b ir necha o'yinchoqlar bilan o'ynaydi. Bu davrda bolalar kattalar
bilan muloqotda bo'lishga nisbatan ko'proq o'yinchoqlar bilan
muloqotda bo'ladilar.
Maktabgacha
yoshdagi bolalar o'yinda taqlid qilish orqali
kattalaming hatti-harakatlari, o'zaro munosabatlarini ifodalaydilar.
Bu ularda muloqot rivojlanishiga yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'yin faoliyati o'ziga xos
xususiyatga ega. Ular ko'proq harakatli, sport xarakteridagi o'yinlam i
o'ynaydilar.
O'smirlarda, ayniqsa, 5—6-sinf o'quvchilarida o'yinga bo'lgan
ehtiyoj saqlanib qoladi.
Tanaffus paytlarida, darsdan bo'sh vaqtlarida
o'smirlar o'yin faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Ularda o'yin
orqali muloqot shakllari rivojlanadi.
Umuman o'yin faoliyati bolalar hayotida muhim o 'rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: