“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
29
SHilliq moddalar hamda tarjibida shu moddalar bo„lgan
dorivor o„simliklar
O‗simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo‗lib,
ular tarkibida asosan polisaxaridlar - pentozanlar (90% gacha) va qisman geksozanlar uchraydi.
SHilliq moddalar hujayra ichi va xujayra po‗sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan
hosil bo‗ladi. Ayrim hujayra yoki to‗qimalar shilliqlanishi mumkin.
SHilliq moddalar odatda 2 guruxga bo‗linadi.
1. Normal shilliq moddalar. Bular o‗simlikning o‗sishi davrida shu o‗simlik hayoti uchun
nihoyatda zarur birikmalar sifatida vujudga keladi.
2. Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta‘sirga reaksiya sifatida vujudga keladi.
Normal shilliq moddalar o‗simliklarning hamma organlarida bo‗lishi mumkin.
Normal shilliq moddalar o‗simlik hayotida muhim rol o‗ynaydi. Ular suv ta‘sirida shishadi va
uzoq vaqtgacha qzida namlik saqlaydi. SHuning uchun bu moddalar qurg‗oqchilikda uchadigan
o‗simliklarni tasodifan qurg‗oqchilik bo‗lib qolganda ham qurib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda
o‗simlikni haddan tashqari qizib ketishidan saqlaydi.
O‗simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi
shilliq moddalarni spirt yordamida cho‗ktirish mumkin.
Mahsulot tarkibidagi shilliq moddalarni quyidagi sifat reaksiyalari bilan aniqlash mumkin:
1)tarkibida shilliq moddalar bo‗lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta‘sirida sariq rangga bo‗yaladi.
2) mikroskopda ko‗rish uchun kesilgan mahsulot bo‗lakchasiga metil ko‗k bo‗yoq eritmasidan
yoki 10% li H
2
SO
4
ning mis tuzi eritmasi va 10% li NaOH eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq
modda saqlovchi xujayralar to‗q ko‗k rangda kuzatiladi.
3) mikroskobda ko‗rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta‘sir ettirilsa, shilliq modda
saqlovchi xujayralar bo‗yalmaydi, boshqa xujayralar esa qorayadi.
O‗simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi.
1. SHilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmaning
yopishqoqligi erigan birikma konsentratsiyasiga bog‗liq. SHuning uchun o‗simlikdan sovuq suvda eritib
olingan shilliq moddalar eritma yopishqoqligiga qarab aniqlanadi.
2. SHilliq moddalar ma‘lum miqdordagi o‗simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi.
Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho‗ktiriladi. So‗ngra cho‗kma yuvib, 60-80
O
da doimiy
og‗irlikka kelguncha quritilib tortilib, o‗simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi.
SHilliq moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda-meditsinada me‘da-ichak
kasalliklarida o‗rab oluvchi dori, nafas yo‗llari shamollaganda yo‗talni engillashtiradigan, to‗xtatadigan
va ko‗krakdagi og‗riqni qoldiradigan hamda balg‗am ko‗chiradigan vosita sifatida ishlatiladi.
Daraxt elimlari va ularni saqlovchi o‗simliklar
Daraxt elimlari patologik shilliq moddalarning o‗simlik to‗qimalaridan oqib chiqib, po‗stloqning
yaralangan joyini qoplab, qotishidan hosil bo‗ladi. Bu birikmalar daraxt po‗stlog‗idagi yaralangan joyni
berkitib turadi va mikroorganizmlarning o‗simlik tanasiga kirib, uni chiritishidan saqlaydi. Bundan
tashqari, elim o‗simlik uchun zaxira oziq modda bo‗lib xam xizmat qiladi.
Elim ko‗pincha dukkakdoshlar va ra‘noguldoshlar, jiydadoshlar va boshqa oilalarga kiruvchi buta
va daraxtlarda xosil bo‗ladi.
Daraxt elimi ko‗pincha erta baxorda xosil bo‗ladi. CHunki bu orasida tez-tez yog‗ingarchilik
bo‗lishi natijasida daraxt po‗stlog‗i iviydi, so‗ngra shamoldan va kun issig‗idan tez qurib yoriladi.
YOrilgan po‗stlog‗dan patologik shilliq modda oqib chiqadi.
Elim sun‘iy yul bilan xam olinishi mumkin. Buning uchun o‗simlik po‗stlog‗ini bigiz, pichoq yoki
boshqa asbob bilan tilinadi natijada elim oqib chiqadi.
Elim kimeviy tarkibiga ko‗ra shilliq moddalarga yaqin turadi. Patologik shilliq moddalar o‗simlik
tuqimalaridan oqib chiqayotganida yulda uchragan birikmalar masalan: oshlovchi, buyoq, mineral
moddalar, fermentlar, va boshqalarni o‗zi bilan birga olib chiqishi mumkin.
|