“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 27
o‗simliklarning gullari va bargida ko‗p toki 44% gacha (yapon saforasining gulida) to‗planadi.
Flavonoidlar asosan o‗simliklar gullagan davrda maksimal miqdorda to‗planadi, keyinchalik esa
miqdori kamayib boradi.
Janubiy tumanlarda hamda ochiq, quyosh nuri ko‗p tushadigan erda o‗sadigan o‗simliklar odatda
boshqa erda o‗sadigan turiga nisbatan flavonoidlarni ko‗proq sintez qiladi.
Tabiatda flavonol unumlari ko‗proq (flavonoidlarning 40% ini tashkil etadi), flavonlar, xalqonlar
va auronlar kamro uchraydi.
Flavonoidlarning tibbiyotdagi ahamiyati. Flavonoidlar asosan vitamin R ta‘siriga ega bo‗lib, qon
tomirlarining o‗tkazuvchanligi va mo‗rtligini kamaytiradi. Ba‘zi o‗simliklarning flavonoidlari
summasi ut va siydik haydovchi xossaga ham egadir.
Sof holdagi flavonoidlar va ular summasining preparatlari hamda tarkibida flavonoidlar bo‗lgan
o‗simlik va mahsulotlardan tayyorlangan dorivor preparatlar vitamin R etishmasligidan hamda qon
tomirlarining o‗tkazuvchanligi buzilishidan kelib chiqadigan va boshqa kasalliklarni davolash uchun
hamda qon bosimini pasaytiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak (kardiotonik) va ba‘zi rak kasalliklarini
davolovchi, o‗t va siydik xaydovchi vosita sifatida qo‗laniladi.
Polisaxaridlar va ularning xususiyatlari. Polisaxaridlar tasnifi. Plantoglyusid olish texnologiyasi Polisaxaridlar tasnifi Gidrolizlanganda oddiy uglevodlar hosil qila oladigan uglevodlar
murakkab
uglevodlar
yoki
polisaxaridlar
deyiladi.
Murakkab
uglevodlarning umumiy formulasi Cm H
2
n On.
Barcha polisaxaridlar glikozid tipida tuzilgan bo‗lib, ularni
monosaxaridlarning ikki va undan ortiq molekulasidan bir yoki necha
molekula suv tortib olinishi natijasida hosil bo‗ladigan oddiy uglevodlar angidiridi deb qarash mumkin.
SHakarga o‗xshamagan murakkab uglevodlar yoki yuqori polisaxaridlar kimyoviy tuzilishi
jixatidan polyuglikozidlar deb qaraladi.
YUqori polisaxarid zanjiri oxirida qaytaruvchi monosaxarid qoldi\i bo‗ladi. YUqori
polisaxaridlarning glyukozid tipida tuzilganligi ularning kislotali muxitda oson gidrolizlanishida
namoyon bo‗ladi. YUqori polisaxaridlar to‗liq gidrolizlanganda monosaxaridlar, to‗liqmas
gidrolizlanganda esa oligosaxaridlar, jumladan, disaxaridlar hosil bo‗ladi.
Polisaxaridlar juda katta molekulyar massaga ega. Ular yuqori molekulyar moddalar uchun xos
bo‗lgan birlamchi va ikkilamchi tuzilishga ega. Agar polisaxaridlarning birlamchi tuzilishi monosaxarid
qoldiqlarining ma‘lum ketma-ketlikda joylashganligini ko‗rsatsa ikkilamchi tuzilishi makromalekula
zanjirining fazaviy joylalishini ko‗rsatadi.
Polisaxaridlar zanjiri shoxlangan yoki shoxlanmagan bo‗lishi mumkin.
YUqori polisaxaridlar ikkita katta guruhga bo‗linadi. Gomopolisaxalar va geteropolisaxaridlar.
Gomopolisaxaridlar bir xil monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan ularga kraxmal, glikogen,
sellyuloza va dekstranlar kiradi.
Geteropolisaxaridlar har xil monosaxaridlar yoki ularning hosilalaridan tashkil topgan.
Geteropolisaxaridlarga ko‗pchilik hayvonlar va bakteriyalardan olinadigan polisaxaridlar kiradi, ular
nisbatan kam o‗rganilgan, biroq ular organizmda muhim biologik rol o‗ynaydi. Geteropolisaxaridlar
organizmda oqsillar bilan bog‗lanib, murakkab komplekslar hosil qiladi.
Polisaxaridlardan bo‗lgan kraxmal, shilliq moddalar, daraxt elimlarlari, va pektin moddalari
tibbiyotda xamda farmatsevtika soxasida ishlatiladi.
Kraxmal – Amylym.
Kraxmal o‗simlik to‗qimalaridagi fotosintez jarayonining mikroskopda ko‗rinadigan birinchi
mahsuloti. U polisaxaridlar aralashmasidan iborat bo‗lib umumiy formulasi (C
6
H
10
O
5
)n.
Kraxmal o‗simliklar dunyosida juda keng tarqalgan bo‗lib u o‗simliklarda oz mikdardan 86%
gacha bo‗lishi mumkin. Kraxmal xlorofilli organlarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‗ladi. Asta-
sekin barglardan shox hamda poyalar orqali o‗tib, meva va urug‗da yoki o‗simlikning er ostki
organlarida yiqiladi. SHuning uchun o‗simliklarda assimilyasion, tranuit va zaxira kraxmallar bo‗ladi.