“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 24
Fizik va kimyoviy xossalari
O‗simliklardan ajratib olingan sof xoldagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki
zar\aldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda
yomon eriydi, efir, xlorofm va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va
atsetonda yaxshi erib, suv sovigandan so‗ng qaytadan cho‗kadi.
Antotsianlar va ularning aglikonlari - antotsianidinlar rangi eritma (yoki xujayra shirasining) rN
sharoitiga bo\liq. Odatda bu gurux birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zar\aldoq, ishqoriy
sharoitda esa binafsha, ko‗k va zangori rangda bo‗ladi.
UF va ko‗k-binafsha nurlar ta‘sirida flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning
molekulasidagi -B xalqasining oksidlanish darajasiga va molekulaga joylashgan funksional
guruxlarning soni va o‗rnashgan joyiga bog‗liqdir. Flavonoidlar UF nur ta‘sirida jigarrang va to‗q
jigarrang (masalan, rutin, va boshqa flavonoidlar), to‗q qizil (taksifolin), sariq (kversetin, auronlar va
ko‗pchilik flavonoidlar), yashil-sariq (aureuzidin va boshqa auroinlar), to‗q yashil va zarg‗aldoq
(ksantonlar) va boshqa ranglar bilan tovlanadi.
Ko‗pchilik flavonoidlar optik faol bo‗lib, qutblangan nur tekisligining o‗ngga yoki chapga
og‗diradi.
Flavonoidlarning glikozidlari suyultirilgan kislotalar ta‘sirida gidrolizlanadi. O-glikozidlari S-
glikozidlariga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi. S-glikozidlarni ancha qattiq sharoitda xam
gidrolizlash qiyin.
Sifat va miqdor taxlili
Flavonoidlarga quyidagi sifat reaksiyalar qilinadi:
1. Sianidin reaksiyasi (Sinod reaksiyasi). Flavonoidlarning spirtdagi eritmasidan yoki
o‗simlikdan tayyorlangan flavonoid ajratmasidan chinni idishchaga 2-3 ml solib, magniy kukuni va
konsentrlangan xlorid kislotadan 5-6 tomchi qo‗shib, suv xammomchasida 1-2 minut qizdirilsa,
qizil rang xosil bo‗ladi. Bu reaksiya flavonlar, flavonollar, flavononlar va flavononlar va
flavononollarga xosdir.
Ushbu reaksiya yuqorida ko‗rsatilgan birikmalarning vodorod bilan qaytarilishi natijasida
antotsianidinlar xosil bo‗lishiga asoslangan. CHinni idishchada kislotali sharoit bo‗lgani uchun xosil
bo‗lgan antitsianidinlar tezda qizil rangga o‗tadi.
Reaksiya boshlangandan 10 minut keyin xosil bo‗lgan rang 2 soat davomida saqlanib holadi.
Flavonoiollar reaksiya natijasida qizil-binafsha, flavonollar - qizil, flavonlar esa sar\ish rang
hosil qiladi. Bu reaksiya halkon va auronlarga qilinmaydi. CHunki ular eritmasiga xlorid kislota
qo‗shilishi bilan (magniy kukuni bo‗lmasa ham) oksoniy tuzlar hosil bo‗lishi xisobiga eritma \izil
rangga o‗tadi.
Flavonoidlar glikozidlar holida bulsa, sianidin reaksiyasi qiyinchilik bilan boradi. Bunday
hollarda reaksiyani tezlatish uchun oldin flavonoidlar eritmasiga xlorid kislotadan qo‗shib, 1-2 minut
qizdiriladi (glikozidlar gidrolizlanib, sof glikonlar ajralib chiqadi), so‗ngra magniy kukuni qo‗shiladi
va reaksiya yuqorida ko‗rsatilganidek davom etiriladi.
2. Borat-limon reaksiyasi. CHinni idishchaga bir xil hajmda flavonoidlarning atsetondagi
eritmasidan hamda borat va limon kislotalarining metil spirti (metanol)dagi 1 % li eritmasidan solib
chayqatilsa, sariq yashil tusda tovlanadigan tiniq sariq rang hosil bo‗ladi. Bu reaksiyani 5-uglerod
atomidagi gidroksil guruhi bo‗lgan flavon va flavonol unumlari beradi. Borot-limon reaksiyasi 5-
oksiflavon yoki 5-oksiflavonollarning borat kislota bilan limon (yoki oksalat) kislota ishtirokida
batoxrom kompleksi xosil qilishiga asoslangan.
Limon kislota o‗rnida oksalat kislota ishlatilgan holda flavonoidlarning aglikonlari reaksiya
natijasida turg‗un sariq rang hosil qiladi, lekin glikozidlarning rangi tezda o‗chib ketishi mumkin.
3. Surma (stibium) (SH) -xlorid (yoki sirkoniy, uran) tuzlari bilan reaksiya. Flavonoidlarning
spirtdagi - eritmasini surma (SH) - xlorid eritmasi bilan chinni idishchada aralashtirilsa, sariq yoki qizil
rang xosil bo‗ladi.
Reaksiya 5-oksiflavonlar hamda 5-oksiflavonollarning 3- yoki 5-uglerod atomiga joylashgan
gidroksil guruhi bilan surma va flavonoidlarning karbonil guruhi ishtirokida kompleks birikma hosil