“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 21
5. Sorbsiya vaqtida rN qiymati katta axamiyatga ega, bunda rN ning ko‗rsatkichi shunday
tanlanishi kerakki bunda alkaloidlarning tuzlari max. darajada ionlashgan va vodorod ionlariga
qarama-qarshi bo‗lishi mumkin emas.
Chiqish unumi -75-80%
Afzalliklari.
1.Juda qulay usul, chunki ishlatilayotgan erituvchi suv, u esa arzon.
2.Ion-almashinish smolalarning narxi arzonligi va qoplashi yaxshi.
3.Ishlatilayotgan uskunalar oddiy va qimmatbaxo emas.
4. Texnika xavfsizlik talablariga javob beradi.
5. CHiqish unumdorligi yuqori.
6. Kam mexnat talab qiladi.
Kamchiligi.
1. Uzoq vaqt talab qiladi.
Sorbentlarga qo‗yiladigan talablar
1. Sorbentlar (suv, kislotada, ishqorlarda, spirtda, organik erituvchilarda) erimasligi kerak.
2. Kimyoviy turg‗unlik bo‗yicha barqaror bo‗lishi kerak, ya‘ni reaksiyaga kirmasligi kerak.
3. Mexanik barqaror, chidamli, bo‗kish koeffitsienti 15% dan kam bo‗lishi kerak.
4. Sorbentlar standartlangan bo‗lishi kerak
5. Butun dinamik almashinish sig‗imi, o‗zidan 0,01 NSI o‗tkazish yuli bilan aniqlanadi.
Muvozonat almashinishi sig‗imi bu o‗zgaruvchan ko‗rsatkich bo‗lib rNga bog‗liq.
6. Tanlab sorbsiya qilishga ega bo‗lishi kerak.
7. Kinetik xossaga ega bo‗lishi kerak.
8. Sorbent temperaturaga chidamli bo‗lishi kerak.
Texnologik jarayon quyidagicha bo‗ladi. Sorbent KU (universal kationit-KU) ishlatilganda
bunda alkaloidlar tuz xolida bo‗ladi. Asosan sorbsiyani adsorbent batareyalarda to‗lqin oqimi
usulida olib boriladi. Eng ko‗p alkaloidlar yig‗ilgan suvli ajratma sorbentga yuborilib 1chi
sorbentga vakuum orqali uzatilib turiladi.
Desorbsiya qarama-qarshi oqimda amalga oshiriladi. Alkaloidlarning konsentratsiyasi suyuq
fazada olish uchun 10 barobar ajratuvchiga nisbatan qo‗llaniladi.
Individual alkaloidlarni ajratish
Bizga ma‘lum bo‗lganidek, juda kam xolarda o‗simlik bir turdagi alkaloid saqlaydi. Juda
ko‗p xollarda ekstraksiya davomida murakkab asoslar aralashmasini olamiz. SHu sababdan
oldimizda individual alkaloidlar ajratish masalasi kelib chiqadi. Bu ishni amalga oshrish uchun
umumiy bir yo‗llanma berish qiyin. Lekin bir nechta umumiy sxema bera olish mumkin.
a) Qaynash temperaturasiga asoslanib alkaloidlarni ajratish. Ayrim xollarda aralashmadagi
alkaloidlar qaynash temperaturasiga ko‗ra bir-biridan keskin farq qiladi, shu sababdan kasrli
xaydash yo‗li bilan ularni ajratish mumkin. Masalan, Conium maculatum. L. tarkibidagi koniin va
kongidrin qaynash temperaturalari bilan bir biridan farq qiladi va bunda qo‗pol birlamchi
fraksiyalashni ko‗rish mumkin. YAnada to‗liq ajratishni asosli aralashmani mos erituvchi bilan
qayta ishlashda olish mumkin, bunda asosiy maqsad bizga kerakli modda erituvchida erib, qolgan
qismi erimaydi yoki aksi, asosli qism erituvchida erimasdan qolgan qism yaxshi eriydi.
Erituvchi sifatida ko‗p xollarda suv, spirt (etil, metil, amin), efir, atseton, xloroform, benzol
va uning gomologlari, petroleyn efiri va ularning aralashmalari ishlatiladi. Ko‗pincha
eruvchanlikdagi farq uncha katta bo‗lmaydi, bu xolda eruvchanlik aralashmasi qisman ajratadi.
Bunda erituvchi qayta ishlatiladi, bu esa o‗z yo‗lida qiyinchiliklar tu\diradi. Erituvchilar bilan
ajratish sovuqda yoki qizdirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. Erigan modda (yoki moddalar
aralashmasi) kristallanadi. Bu kristallarni qayta kristallab ularni tozalash mumkin. Matochniklar
konining qaynash temperaturasi 166-167
0
С, kongidirniki esa 225-226
0
С, bu esa ularni oddiy
fraksiyali xaydash yo‗li bilan ajratishga yordam beradi. Alkaloidlar yuqori temperaturaga
chidamsiz va bu temperaturada oson parchalanuvchan bo‗lganligi uchun bu xaydash odatda past