“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 23
6.
Ion-almashinishi bo‗yicha alkaloidlarni olish va tozalash usullari qanday ?
7.
Sorbentlarga qo‗yiladigan talablar qanday ?
8.
Individual alkaloidlarni ajratish usullari qanday
? 3-MA‟RUZA Mavzu: Flavanoidlar. Tasnifi, xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi. Flamin olish texnologiyasi. Likviriton olish texnologiyalari Polisaxaridlar va ularning xususiyatlari. Polisaxaridlar tasnifi. Plantoglyusid preparatini olish texnologiyasi Laminarid preparatini olish texnologiyasi Reja: 1.
Flavonoidlar tasnifi.
2.
Flavonoidlar xossalari
3.
Flavonoidlar miqdoriy va sifat analizi.
4.
Flavonoidlar ishlatilishi.
5.
Flamin olish texnologiyasi
6.
Polisaxaridlar xususiyatlari.
7.
Polisaxaridlar tasnifi.
8.
Kraxmal.
9.
Shilliq moddalar va tarkibida shu moddalar bo‗lgan dorivor o‗simliklar.
10.
Plantaglyusid olish texnologiyasi
Flavanoidlar tasnifi Flavonoidlar deb, benzo - - piron - (xromon) unumi va asosida S
6
-S
3
-S
6
uglerod atomlaridan
tashkil topgan fenil propan skeleti bo‗lgan tabiiy birikmalarning katta guruxiga aytiladi.
O‗simliklardan ajratib olingan birinchi flavonoid sariq bo‗lgani uchun xam bu gurux
birikmalarga flavonoidlar (lotincha flavum – sariq degan so‗zdan olingan) deb nom berilgan.
Tasnifi. Flavonoidlar flavon molekulasidagi V xalqaning oksidlanish darajasiga qarab
quyidagi guruxlarga bo‗linadi:
1. Flavonlar - flavonoidlarning yuqori oksidlangan birikmasi flavon unumlari bo‗lib, ularning V
xalqasidagi 2- va 3-uglerod atomlari o‗rtasida qo‗shbo\ bo‗ladi. Flavonlar rangsiz yoki sariq rangli
birikmalardir.
2.Flavonollar -3- oksiflavon (flavon- molekulasidagi 3-uglerod atomida gidroksil -ON guruxi
bo‗ladi) unumlari. Bu birikmalar ranggi sariq bo‗ladi.
3. Flavanonlar - flavanon (V xalkadagi 2- va 3-uglerod atomlari o‗rtasida qo‗sh bo\ bo‗lmaydi)
unumlari. Rangsiz birikma.
4. Flavanonollar - 3 oksi flavanon (flavanon molekulasining 3-uglerod atomida -ON guruxi
bo‗ladi) unumlari. Bu birikmalar xam rangsiz.
5. Antotsianidinlar. - qaytarilgan benzo- -piron-flavan (2-fenil xroman) unumlari bo‗lib, V
xalqadagi 3- va 4- uglerod atomlari o‗rtasida qo‗sh bo\ bor. Bu birikmalar gullar va mevalarning turli
rangga bo‗yalishining sababchisi xisoblanib, odatda o‗simliklarda oksoniy yoki karboniy tuzlari (xam
ishqorlar, xam kislotalar bilan tuz xosil qiladi) xolida bo‗ladi.
6. Leykoantotsianidinlar (3,4-flavandiollar) - katexinlarga yaqin, rangsiz birikma. Ular
antotsianidinlarning qaytarilgan formasi bo‗lib, kislotalar bilan qizdirilsa, rangli antotsianidinlarga
aylanadi. Bu birikmalar o‗simliklarda sof xolda uchraydi.
7. Katexinlar. - qaytarilgan benza Y- piran - flavanning unumlari bo‗lib, V xalqada doimo
gidroksid -ON- guruxi saqlanadi. Katexinlar rangsiz birikmadir.
8. Xalkonlar - xalkon unumlari, sariq yoki zar\aldo\ rangli birikmalar. Xalkonlarda piron xalqasi
bo‗lmasdan, ularni flavanonlarning izomeri deb qarash mumkin.
9. Auronlar - auron unumlari, sariq yoki zar\aldo\ rangli birikmalar, V xalqasi 5 a‘zoli bo‗ladi.
Ba‘zi flavonoidlar molekulasidagi S xalqasi (fenil radikali) 2-uglerod atomiga emas, balki 3-
uglerod atomiga birlashgan bo‗ladi. Bunday birikmalar izoflavonlar deb yuritiladi.