“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
26
(flavonoidlar
jigarrang, sariq, zarg‗aldoq rangli bo‗lib tovlanadi). So‗ngra plastinkaga alyuminiy
xloridning spirtli eritmasi (yoki sirkoniy xlor oksid, temir (III) - xlorid eritmalari) purkab, quritib yana
UF - nurida ko‗riladi. Dog‗larni Rf lari hisoblanadi. Bu Rf lar «guvoh» flavonoidlar Rf lari bilan
solishtirilib, o‗simlik ajratmasida qanday flavonoidlar borligi to‗g‗risida fikrlanadi.
Xromatografik analizni xuddi shu usul bo‗yicha qog‗ozda ham bajarish mumkin.
YUqorida ko‗rsatib o‗tilgan va boshqa sifat reaksiyalar yordamida flavonoidlarning ajratma yoki
xromatogrammalarda bor yoki yo‗qligini aniqlashdan tashqari, flavonoidlar
molekulasida gidroksil
guruhlari qaysi uglerod atomiga joylashganligini hamda shu guruhlar sof holda yoki qand molekulasi
bilan birlashganligini aniqlash mumkin. Buning uchun professor V.A. Bandyukova (Pyatigorsk
formatsevtika instituti) tavsiya etgan sxema bo‗yicha qog‗oz xromatogrammalariga Vilson va Martini-
Bettalo reaktivlari, sirkoniy xlor-oksid hamda diazoreaktiv va boshqa
reaktivlar yordamida sifat
reaksiyalar qilinadi.
O‗simliklar tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash. o‗simliklar tarkibidagi flavonoidlar
miqdorini aniqlash usullari ko‗p va turlichadir. XI DF sida keltirilgan mahsulot tarkibidagi
flavonoidlarning miqdorini aniqlash yullari asosan spektrofotometrik usullardir. Lekin spektrofotometr
hali hamma laboratoriya va kafedralarda etarli emasligini hisobga olgan holda g‗ozircha bajariligi
ancha oddiy bo‗lgan fotoelektrokoloritmetrik usulni bu erda tasvirlashni lozim topadi.
Spektrofotometrik usulga qiziqqanlar, uni XI DF sining tegishli maqolasida topishi mumkin.
1 g (aniq tortib olingan) quritilgan va maydalangan maxsulotni 100 ml xajmli va vertikal holdagi
sovutgich bilan birlashtirilgan kolbaga solinadi va unga 30 ml xloroformli ajratmani filtrlab olinadi.
Mahsulotga qaytadan 30
ml xloroform quyib, yana oldingi usulda 2 marta ekstraksiya qilinadi.
Xloroformli ajratmaga smola, xlorofill va shunga o‗xshash keraksiz - ballast moddalar ajralib chiqqani
uchun bu ekstrakt tashlab yuboriladi. Kolbadagi mahsulot toki xloroformdan tozalaguncha 50-60
0
S da
qizdirib quritiladi. Keyinchalik mahsulotdan flavonoidlarni ajratib olish uchun kolbaga 30 ml metil
spirti (metanol) quyiladi, kolba vertikal sovutgich bilan ulanadi va aralashma suv xammochasida 30
minut qaynatiladi. Ko‗rsatilgan vaqt o‗tgach, kolba sovutiladi, flavonoidlar ajratmasi (ekstrakti) 50 ml
li o‗lchov kolbasiga quyiladi va suyuqlik xajmi o‗lchov kolbasiga belgisiga etguncha metanol bilan
to‗ldiriladi. o‗lchov kolbasidagi suyuqlik aralashtiriladi va uni filtrlab, flavonoidlar miqdorini aniqlash
uchun kerak bo‗lgan ekstrakt (A ekstrakt) olinadi.
Flavonoidlarning ekstraktdagi miqdori fotokalorimetrik usul bilan aniqlanadi.
Bu usul
flavonoidlarning novakain (yoki sulfonil kislota) ning daaza birikmasi bilan rangli reaksiya berishigia
asoslangan. Buning uchun 10 ml xajmdagi o‗lchov kolbasiga 10% li sulfat kislotada eritilgan
novakainning 0,5% li eritmasidan 1 ml va 0,2% li natriy (ishqorning 10%li erit) nitrit eritmasidan 1,5
ml solib aralashtiriladi. Aralashmaga 2 ml A ekstraktdan 1 ml qo‗shib, suyuqlik hajmini o‗lchov
kolbasining belgisiga qadar metanol bilan to‗ldiriladi. So‗ngra kolbadagi suyuqlik aralashtiriladi va
rangining intensivligini 1 sm qalinlikdagi kyuvetda ko‗k yorug‗lik filrtida fotoelektrokolorimetr
yordamida o‗lchanadi.
A ekstraktidagi flavonoidlar konsentratsiyasi standart eritma (rutin,
kvarsetin yoki boshqa sof
holdagi flavonoidlar eritmasi) bo‗yicha tuzilgan grafik yordamida topiladi.
Mahsulot tarkibidagi flavonoidlarning % miqdori (X) quyidagi formula yordamida
hisoblanadi:
Xq(a 10 50 100 100)/(2 s(100-b))
Bunda, a - 1 ml A ekstraktidagi flavonoidlar konsentratsiyasi; b - mahsulot namligi (% hisobida);
s - analizga olingan mahsulotning gramm miqdori.
Flavonoidlar tabiatda keng tarqalgan bo‗lib, yuqori o‗simliklarning qariyib hammasida uchraydi.
Ayniqsa, dukkakdoshlar (Fabaceae), astradoshlar -Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae),
selderdoshlar - Apiaceae (soyabonguldoshlar - Umbelliferac), ayiqtovondoshlar (Ranuncubaceac),
torondoshlar (Polygonaceae), ra‘noguldoshlar (Rosaccae), yasnonotkadoshlar -Lamiaceae
(labguldoshlar - Labiatae) va boshqa oilalarning vakillari flavonoidlarga boy bo‗ladi. Xayvonlar
flavonoidlarni sintez qilmaydi. Bu guruh birikmalar o‗simliklarning
hamma organlarining hujayra
shirasida erigan holda bo‗lib, ayrim hollarda (masalan, er osti organlari va poyada) oz miqdorda,