“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 40
Tibbiyotda sianogen glikozidlardan asosan o‗z, tarkibida amigdalin saqlovchi dorivor
o‗simliklar ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo‗lib, yuqorida aytib o‗tilgan
ra‘noguldoshlar oilasiga kiruvchi o‗simliklarning uru\i, bargi va boshqa organlarida bo‗ladi. Bu
o‗simlik organlari to‗qimasida amigdalin bilan birga emulsin fermenti xam uchraydi. Amigdalin ana
shu ferment ta‘sirida parchalanib, ikki molekula glyukoza, sianid kislota va benzoy aldegid xosil
kiladi:
Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaksiyaga kirishib,
benzoaldegidsiangidrid birikmasini xosil qilishi mumkin.
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom uru\idan yoki uning o‗rnida
ishlatilishi mumkin bo‗lgan o‗simliklardan tayyorlanadi.
Maxsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin.
1. Achchiq bodom (yoki achchiq o‗rik, shaftoli va boshqalar) uru\i (ma\zi) ni 2-3 tomchi suv
bilan chinni xovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida parchalanishidan xosil
bo‗lgan sianid kislota va benzoy aldegidning o‗ziga xos xidini sezish mumkin.
2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o‗rik va boshqalar) uru\i 1-2 tomchi
konsentrlangan sulfat kislota bilan chinni xovonchada ezilsa, pushti rang xosil bo‗ladi.
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom uru\idan achchiq bodom suvi tayerlanadi.
Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo‗lgan dorivor o‗simliklar
Bu guruxga kiruvchi glikozidlarning aglikonlari monoterpenlar va ularning unumlaridan tashkil
topgan. Aglikonlar bir yoki bir nechta molekula monosaxaridlar (ba‘zan spetsifik yoki disaxaridlar)
bilan birlashib, o‗z glikozidlarini xosil qiladi.
Tibbiyotda qo‗llaniladigan tarkibida monoterpen glikozid bo‗lgan o‗simliklarning xammasi va
glikozidlari achchiq mazaga ega. SHuning uchun bu gurux glikozidlari achchiq glikozidlar nomi bilan
xam yuritiladi.
O‗simliklar tarkibida achchiq mazali birikmalar ko‗p uchraydi. Lekin ularning xammasi xam
achchiq glikozidlarga kiravermaydi. Achchiq glikozidlar me‘da suyuqligining reflektor ajralishini
kuchaytirib ishtaxa ochadi, organizmga boshqacha fiziologik ta‘sir ko‗rsatmaydi. Boshka achchiq
moddalar esa organizmga turlicha fiziologik ta‘sir etadi. Masalan: alkaloidlar (xinin, kapsaitsin,
piperidin), turli glikozidlar (yurak glikozidlari, tioglikozidlar) va boshqa birikmalar.
O‗simliklar dunyosida achchiq glikozidlar kam bo‗lib, ular erbaxodoshlar (Gentianaceae),
meniantdoshlar (Menyanthaceae), astradoshlar (murakkabguldoshlar)–Asteraceae (Compositae) va
qisman yasnotkadoshlar (labguldoshlar) – Lamiaceae (Labiatae) oilasi vakillarida uchraydi.
Monoterpen glikozidlar yaxshi o‗rganilgan emas. Ulardan bir qanchasi sof xolda ajratib
olingan. Sof xolda ajratib olingan achchiq glikozidlar amorf yoki kristall modda bulib, neytral yoki
kuchsiz kislota xossasiga ega. Ular suvda, etil, metil spirtlarida, ba‘zilari xloroformda, efirda,
benzolda, dixloroetanda va boshqa organik erituvchilarda eriydi.
Monoterpen (achchiq) glikozidlarning xammasiga xos sifat reaksiyalar va ular miqdorini
aniqlaydigan usullar xozircha yo‗q. SHunga ko‗ra monoterpen glikozidlar xozircha achchiq moddalar
sifatida standartlanadi, ya‘ni ularning achchiqlik ko‗rsatkichi organoleptik usul-Vazitskiy usuli bilan
aniqlanadi.
Achchiqlik ko‗rsatkichideb, tekshirilayotgan achchiq moddani suvdagi eritmasining yoki
achchiq glikozidli o‗simliklardan tayerlangan qaytanmaning sezilarlik darajada achchiq mazza
beruvchi eng kichik miqdoriga (yoki konsentratsiyasiga) aytiladi.
Maxsulotdan Vazitskiy usulida tayyorlangan qaynatmadan (yoki achchiq modda eritmasidan)
10 ta probirkada turli konsentratsiyali eritma tayerlanadi. So‗ngra probirkadagi suyuqliklar mazzasini
(eng kichik konsentratsiyasidan boshlab) birma-bir ta‘tib ko‗rib, standart eritma bo‗lgan xinin
sulfatning 1:100.000 konsentratsiyali eritmasiga solishtiriladi. Natijada achchiq mazali eng kichik
konsentratsiyali probirka topiladi. SHu probirkadagi eritmaning suyultirilgan darajasi topilsa,
achchiqlik ko‗rsatkichi kelib chiqadi. Achchiqlik ko‗rsatkichi maxsulot (yoki modda) ning o\irlik
(miqdori) birligiga nisbatan xisoblanadi.
Tarkibida yurak glikozidlari (kardenolidlar va bufadienolidlar) bo‗lgan dorivor o‗simliklar