“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
51 
keyingi jarayonlar ketma-ketligi o‗ziga xos usulda olib boriladi. Saponinlar olish texnologiyasida 
olingan spirtli ajratmani ballast moddalardan tozalash kerak bo‗lsa, u holda ajratma filtrlanadi. 
Filtrlash uchun druk, nutch (bo‗zli, qog‗ozli) filtrlardan foydalaniladi. Ajratma tarkibida ballast 
moddalar organik erituvchilarda (xloroform, atseton va boshqalar) eriydigan bo‗lsa, bu holda organik 
erituvchilar ishlatiladi. Bu holatni biz diosponin preparati olishda kuzatamiz. Bunda suvli qismidagi 
ballast moddalarni xloroform bilan bir necha marotaba eritib ajratib olinadi. Saponinlar olish 
texnologiyasidagi yana bir jarayon quyultirishdir. Bu jarayon asosan ortiq namlikni yo‗qotish uchun 
bu\latish orqali olib boriladi. Bu jarayonni biz diosponin, polisponin olishda kuzatishimiz mumkin. 
Jarayon asosan (1-1,5 atm. bosimda yoki 100-150 mm. sim. ust.da) 70-80 
0
Cda olib boriladi. quritish 
jarayonida quritish shkafidan ( diosponin va patrin olishda), vakuum-quritish asbobidan (polisponin), 
xloroformli quritgichlardan (saparal) foydalaniladi. Saponinlar (diosponin, polisponin, patrin, saparal, 
glitsiram ) olish texnologiyasini o‗zaro solishtiradigan bo‗lsak, diosponin va polisponin preparatlari 
olish texnologiyasida o‗zaro o‗xshashli borligini ko‗ramiz. Glitsiram preparatini olishda esa farq 
mavjud. Bu farq jarayonning ekstrakt tarkibida glitsirizin kislotaning ammiakli tuzi bo‗ladi. Suvli 
ajratmadagi toza bo‗lmagan glitsirizin kislota xlorid kislota yordamida cho‗ktiriladi, boshqa moddalar 
eritmada qoladi. Glitsirizin kislota atsetonda eritiladi, eritmadan ammiakli glitsirizin kislota cho‗kadi. 
Glitsirizin kislota qoldig‘i CH
3
COOH bilan aralashtiriladi. Bunda hamma ammiakli tuz 
(monozamehennaya sol) ga o‗tadi va moddalarni bosqichli tozalash jarayoni davom etadi. 
(Monozamehennaya sol) keyin 95% li spirtda kristallanadi. qadoqlash, fasovka jarayonida ham 
preparatlarning agregat holiga (tabletka, in‘eksiya) qarab amalga oshiriladi. Demak, saponinlar olish 
texnologiyasi ekstraksiya, filtrlash, bu\latish, sovitish, suyultirish, sentrafugalash, quritish, baholash, 
qadoqlash va boshqa jarayonlardan iborat. Saponinlar uchun xom ashyo sifatida tegishli 
o‗simliklarning saponinlar ko‗p to‗plagan qismi (ildiz, barg va boshqalar) ishlatiladi. 
Diosponin olish texnologiyasi. 
Diosponin — Dioskorey oilasiga mansub, Kavkaz dioskoreyasi (Dioscorea caucasica Lipscy) 
ildizpoyasidan quruq tozalangan ekstrakt holida olinadi.
Diosponin — och sariq rangdan to jigar ranggacha, achchiq ta‘mli, suvda va spirtda yaxshi 
eruvchan amorf gigroskopik kukun. Suvli eritmasi chayqatilganda tur\un ko‗pik hosil bo‗ladi. 8% 
gacha namlik saqlaydi. Gemolitik indeks 2000, eritrotsitlarni gemolizga uchratadi. 
Diosponin 28% dan kam bo‗lmagan steroid saponinlar saqlaydi, ulardan asosiylari 
kavkazosaponin erish temperaturasi 218-220 
0
S (parchalanish) 
D
20
— 62,35
0
(piridin) bo‗lib, 
ramnozotriglyukozid diosgenin (I) ni namoyon etadi va kavkazoprosapogenin erish temperaturasi 242-
245
0
(parchalanish) 
D
20
— 50,35
0
(piridin) bo‗lib, triglyukozid diosgeninni namoyon etadi. 
SHilliq qavatga tushishi bilan qizartiradi, achishtiradi. Diosponin miya qon tomirlari 
ateroskleorozida va umumiy aterosklerozda tavsiya etiladi. 
28% dan kam bo‗lmagan suvda eruvchan saponinlar steroid saqlovchi diosponin preparati, qonda 
xolesterin miqdorini va arterial bosimni pasaytiradi. Miya qon tomirlari aterosklerozida, 
kardiosklerozida va shuningdek gipertonik kasalliklar profilaktikasi va davolanishga tavsiya etiladi. 
Dori preparati turi 0,1 g dan tabletka holida. 
O‘simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraksiyasi.
Engil-quruq ildizpoyalarni ildizi bilan 
―eksselsior‖ tipdagi tegirmonlarda 4 mm qalinlikgacha maydalanadi. 
YOlg‗on tubli po‗lat ekstraktor g‗alvirsimon aralashtirgich, pastga tushiruvchi, yuklovchi va 
chiqaruvchi lyuk bilan ta‘minlangan bo‗lib, vakuum yordamida oldingi ekstraksiyadan olingan 
uchinchi spirtli ajratma quyiladi, kerakli miqdorda 80% li spirt qo‗shiladi, keyin maydalangan o‗simlik 
xom ashyosi solinadi va xona temperaturasida 8 soat davomida ekstraksiya qilinadi. Birinchi 30 
minutga, keyin har 2 soatda aralashtirgich o‗chiriladi. Ekstraksiya vaqti tugagandan so‗ng birinchi 
spirtli ekstrakt bo‗z filtr o‗rnatilgan druk-filtr orqali azot yordamida siqilib yi\gichga filtrlanadi. Keyin 
ekstraktorga 80% li etanol yuboriladi va ikkinchi ekstraksiya, so‗ngra uchinchi ekstraksiya xuddi 
birinchi ekstraksiyadek o‗tkaziladi. Birinchi va ikkinchi spirtli ekstraktlar texnologik jarayonning 
keyingi bosqichiga o‗tkaziladi. Ekstraktordan chiqindi vakuum yordamida spirtni haydash va 
rektifikatsiya qilish uchun uch seksiyali nasadkali kub rektifikatsion kolonnaga yuboriladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin