“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Saparal olish texnologiyalari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Saparal olish texnologiyalari 
Saparal — triterpen saponinlarning ammoniyli tuzlarini tozalangan shakli bo‗lib, tarkibiga AVS 
aralozidlar (aralozid A: R
1
L - arabinoza, R
2
H; aralozid V: R
1
R
2
L-arabinoza; aralozid S: R
1

- galaktoza, R
2
D - ksiloza) kiradi, u manchjuriya araliyasi ildizidan ajratib olinadi. (Araliyadoshlar 
— Araliaceae oilasi) 
Bu uch aralozid bir xil sapogenin - oleakon kislotasini saqlab qand qismi bilan farq qiladi. Saparal 
– sar\ish yoki kulrang sar\ish rangli amorf kukun bo‗lib, gigroskopik, hidsiz. Suvda tez eriydi
metil va 95% li etil spirtlarda sekin va kam eriydi, efir, xloroform, atsetonda juda kam eriydi. 
A,V,S, aralozidlarning ammoniyli tuzlari yi\indisi tarkibi absalyut quruq modda hisobida 80% dan 
kam bo‗lmasligi kerak. Saparal tonusni ko‗taruvchanlik xususiyatiga ko‗ra, nerv markaziga 
stimullovchi bo‗lib ta‘sir ko‗rsatadi. U ozroq gemolitik indeksga va kamroq toksik xususiyatga 
ega. Saparal tonusni ko‗taruvchi sifatida nevrorasteniyada, astenik, asteno-depressiv va asteno-
gepoxondrik holatlarda, yurak faoliyati funksional
 
susayganda, gipotoniyada, gempotensiyada 
shuningdek aqliy va jismoniy charchashni oldini olishda ishlatiladi.
 
Dori turi tabletka holida 0,05 g chiqariladi. 
Ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida — yovvoyi holda o‗suvchi araliya manchjuriya 
daraxtning ildizlari olinadi. U yovvoyi holda Uzoq SHarqdan to Xabarovskning SHimoligacha 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
53 
bo‗lgan erlarda o‗sadi. Uni shuningdek Janubiy Saxalin va Kurilda ham uchratish mumkin. Bu 
daraxt 12 m. balandlikda bo‗lib, noqulay sharoitda kam shoxli poyali butadir. Ildizlari 5-7% 
gacha triterpen saponinlarni saqlaydi, asosan AVS aralozidlari tashkil etadi. 
TAKROR LAS H UC HUN S AV OLLAR
1.
Saponinlar tasnifi qanday? 
2.
Saponinlar kimyosi qanday taxlil qilinadi? 
3.
Diasponin, olish texnologiyalaridagai asosiy jarayon qanday? 
4.
Saponinlarning tibbiyotdagi ahamiyati to‗grisida gapirib bering. 
5.
Saparal preparatini olish texnologiyasini gapirib bering. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin