“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Psoralen olish texnologiyasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Psoralen olish texnologiyasi 
Psoralen ikkita furokumarinlar aralashmasi psoralen va izo- psoralendan tuzilgan. Psoralen oq 
yoki och oq tusdagi kristall kukun bo‗lib, kuchsiz aromatik kuchga ega. Suvda kam ,95% spirtda qiyin, 
organik erituvchilar benzol yoki xloroformda yaxshi eriydi. 
Ta‘siri va kimyoviy tuzilishi psoralen ksantotoksin, beroksan va ammifuringa o‗xshaydi. 
Qo‗llanishi jihatidan terining nurga nisbatan sezuvchanligini oshishi va melanin pegmenti hosil 
bo‗lishi natijasida terining o‗z rangini tiklashiga asoslangan. Pes kasalligini davolashda ishlatiladi. 
Psoralen kukun, 0,01 gr li tabletkalar, surtish uchun 70% li spirtda, hamda 0,1% eritmalari 
holida ishlatiladi. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
60 
Psoralen preparatini olishda xom ashyo sifatida danakli oqquray- Psoralca drupacea Bge, 
dukkakdoshlar-Fabaceae oilasiga kiruvchi o‗simliklarning mevasi ishlatiladi. Oqquray mevasi 0,4% 
gacha, ildizini-0,39%-0,57% neomoddasi bo‗ladi. 
Xom ashyodan kumarinlar yi\indisini ekstraksiya qilish. Maydalangan oqquray mevalari 
zanglamaydigan po‗latdan yasalgan, 60 ayl/min aylanish tezligiga ega bo‗lgan aralashtiradigan 
ekstraktorga solinadi va ma‘lum miqdor 40% etil spirti yordamida ekstraksiya qilinadi. Ekstraksiya 
xona temperaturasida olib boriladi. Vaqt o‗tishi bilan spirtli ekstrakt inert gaz yordamida ―druk‖ 
filtrida filtrlanib, yi\gichga tushadi. Suv spirtli ekstrakt keyingi bosqichga o‗tib ketadi. SHrot esa suv 
bilan yuvilib suv spirt aralashmasi regeneratsiyaga ketadi. 
Texnik psoralen olish. Spirtli ekstraktlar yi\indisi issiq bu\ yordamida 100-150 mm simob ustuni 
bosimida vakum bu\latgich apparatida bu\latiladi. Kub qoldiq shisha reaksion qozonchaga solinib xona 
temperaturasida 1 sutkaga qoldiriladi. Bunda qozoncha tagiga psoralen cho‗kma bo‗lib tushadi. 
Ustidagi suyuqlik esa dekontatsiya qilib, cho‗kma ajratib olinadi. CHo‗kma ma‘lum bir qismi suv 
bilan yuvib tashlanadi, yaxshilab siqiladi va havoda quritiladi. 
Farmatsevtik psoralen olish. +uritilgan texnik furokumarinlar havonchaga tushadi, keyin esa 2 
qismga Al
2
O
3
bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tagidan tushuriluvchi shisha kolbaning tagiga asta 
o‗rnatilgan bo‗lib, uning tagiga paxta qatlami yoyiladi va 3-5 sm qalinlikda quruq Al
2
O
3
sepiladi. 
Texnik furokumarinlar yi\indisi benzol yordamida elyuatsiya qilinadi. 
Benzolli elyuat qo\oz filtri bo‗lgan Byuxner voronkasi yordamida filtrlanadi va 50-60

S da 50-
100 mm simob ustun bosimida rotatsion apparatda bu\latiladi. 
Kub qoldiq NSH-45 markali bo‗yni keng kolbaga quyiladi va xona temperaturasida 1 sutkaga 
qoldiriladi. Bunda psoralen cho‗kma holida tushadi. CHo‗kma filtrlanib ajratib olinadi. Ma‘lum bir 
hajm spirt bilan yuviladi,yaxshilab siqiladi va suvsiz CaCl
2
yordamida vakumda quritiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin