Oziq-ovqat sanoatida suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati



Yüklə 0,53 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#180770
oziq ovqat sanoatidagi o\'simliklar


Oziq-ovqat sanoatida suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati


Reja:

1. Suv oʻtlar haqida maʼlumot




2. Zamburugʻlar haqida maʼlumot




3. Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan

suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati

Suv oʻtlar- (Algae)dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda oʻsadi. Suv oʻtlar bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya boʻlib yashaydigan, koʻp hujayrali va uzunligi 60 m gacha boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. Ayrim turlarida toʻqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, oʻtkazuvchi toʻqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koʻkyashil va proxlorofit Suv oʻtlar — prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon Suv oʻtlar.ni koʻpincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini boʻlishi, ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot Suv oʻtlar hujayrasi xloroplastlari (xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan Suv oʻtlar.da xivchin, baʼzan koʻzcha, qisqaruvchi vakuola boʻladi. Koʻpchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziklanadi. Suv oʻtlarning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga oʻtgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya, izogamiya, anizogamiya, oogamiya) koʻpayadi. Suv oʻtlar zoosporalar hosil qilib koʻpayishi bilan yuksak oʻsimliklardan farq qiladi.
Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, Suv oʻtlar. 8 boʻlim; koʻkyashil suv oʻtlar , qizilsuv oʻtlar , oltin tusli suv oʻtlar, diatom suv oʻtlar, pirrofit suv oʻtlar,qoʻngʻirsuv oʻtlar, sariqyashil suv oʻtlar, evglenasimon suv oʻtlar yashil suv oʻtlar ajratiladi. 41000 dan ortiq turi maʼlum. Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega boʻlgan Suv oʻtlar 2 guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil Suv oʻtlar (evglenasimonlar, yashil suv oʻtlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s xlorofillga ega boʻlgan sariqqoʻngʻir Suv oʻtlar(tillarang , diatom, sariqyashil S). suv oʻtlarning har xil boʻlimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.

Zamburug’lar haqida tushuncha. Zamburug’lar (micota) – tuban o’simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli-tuman bo’lgan eng katta bo’lim hisoblanadi. Zamburug’lar tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, ya’ni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda o’simliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofit zamburug’larga bo’linadi. Parazit xolda ovqatlanish tirik organizm hisobiga, saprofit holda oziqlanish o’lik organizm hisobiga boradi. Yer yuzida zamburug’larning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali bo’lgan 100.000 dan ortiq turi uchraydi. O’zbekistonda esa 3000 ga yaqin turi tarqalgan. Zamburug’lar haqidagi fan mikologiya deb ataladi.
Tuzilishi. Ko’pchilik zamburug’larning (ba’zi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko’rinishida, ya’ni oziqlanish substrat sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan o’sadigan ingichka ipcha – gifalardan iborat. Gifalar qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir hujayrali yoki ko’p hujayrali, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, bir yadroli, ikki yadroli, ko’p yadroli bo’ladi. Gifalarning eni 1 – 15 millimetr, bo’yi esa bir necha metrgacha bo’lishi mumkin. Gifalar asosan monopodial, qisman simpodial o’sadi. Gifalarning hujayra po’sti xitin moddasidan tuzilgan. Gifalar to’planib mitseliy hosil qiladi. Zamburug’larning tanasi yoki mitseliysi substrat ichida rivojlansa, endogen mitseliy, substrat yuzasidan taraqqiy etsa ekzogen mitseliy deyiladi.
Ko’pchilik zamburug’larda endogen mitseliy uchraydi. Bunday mitseliy oziq moddalar bilan to’la taminlanishga imkon beradi, hamda ularning vegetativ tanasini haroratning keskin o’zgarishidan: sovuqda muzlab qolishidan, issiqda qurib qolishidan saqlaydi. Mitseliy hujayralari po’st, sitoplazma va yadrodan iborat. Zamburug’larda zaxira oziq moddalar sifatida – glikogen, valyutin va moy tomchilari hosil bo’ladi.Ayrim zamburug’larning vegetativ tanasi murakkab tuzilgan bo’lib, ularning spora hosil qiluvchi organi mevatana ham mitseliy gifalarining o’zaro zichlashib, birikib o’sishidan hosil bo’ladi. Ko’p zamburug’larning mitseliysi noqulay sharoitda tinim davrini o’taydi va bu davrga o’tish oldidan birmuncha quriydi. Shu bilan unda fermentatsiya jarayonlari ham to’xtaydi, lekin qulay sharoitga tushishi bilan unda mitseliy yoki mevatana hosil bo’ladi. Zamburug’larda qoplovchi, o’tkazuvchi to’qimalar bo’lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to’qima, ba’zilarida sutli naylar bo’ladi. Chiqaruvchi to’qimada oshlovchi modda – dubil, hamda smolaga o’xshash modda chiqarilib turadi. Sutli naylarida zaharli modda – alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish mumkin. Zamburug’lar bir yillik, ikki yillik, hamda ko’p yillik bo’ladi. Zamburug’larning ko’pchiligi ikki yillikdir. Mitseliylarning asosiy qismi substrat orasida joylashib, osmos qonuni asosida oziq moddalarni so’rib oladi.






Oziq-ovqat sanoatida esa, marmelad tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zi qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan sifatli yelim olinadi. Suv o‘tlaridan olingan Algin preparati yengil ich yumshatuvchi ta’siriga ega(Alginat natriy). Sariq suv o‘tlarini qoldiqlarini "trepel" deb ataladi. Bu modda dinamit tayyorlashda va binokorlikda toshlarni pardozlashda ishlatiladi. Shuning uchun uzoq vaqt chirimaydi. Ko‘k-yashil suv o‘tlarining ba’zi turlari: ANAVAYENA va Stratanastoc boshqalar havodagi N2 ni yutish xususiyatiga ega. Ular xavodagi N2 ni yutib, yerni N li birikma bilan boyitadi. Ko‘k-yashil suv o‘tlari, yashil suv o‘tlari, sariq suv o‘tlari dengizlarda organik cho‘kmalar xosil qiladi. Bu organik cho‘kmalarni SAPROPEL deyiladi. Sapropel oziq modda va o‘g‘it sifatida katta ahamiyatga egadir. Suv o‘tlarining ba’zi birlaridan XLORELLA deb atalgan antibiotik dori olinadi. Xlorella oshqozon kasali, singa, buqoq, gipertoniya kasaliklariga davo. Sporaning xipchini bo‘lmaydi, xarakatsiz, zoosporaniki xarakatchan bo‘ladi.
Suvo'tlar jamiyatda bir qator amaliy ahamiyatga ega bulgan, oziq-ovqat, energetik muammolarni hal qilishda, atrof-muhit muhofazasida kosmosni, yer qarini o'rganish, sanoat hom-ashyosini qidirib topish, qurilish materiali, farmatsevtika preparatlari, biologik faol moddalar, biotexnologiyaning ob'ektlari sifatida muhim ahamiyatga ega.
Suvo'tlar avvalo tabiatda organik moddalar yaratish sifatida katta ahamiyatga molik hisoblanadi. Suv muhitidagilari oʻsimlik va hayvonlarning nafas olishlari uchun zarur bulgan kislorodning yagona manbai bo ‘lib hisoblanadi. Rus olimi V.I.Vernadskiy fikricha, gidrosferadagi organizmlar orasidagi kurash, bu kislorod uchun kurash demakdir. Suv havzalarining biologik mahsuldorligi, baliqchilik suvo'tlari faoliyatiga bog'liq Daryolar. к о 'llar va dengizlarda oziq-ovqat va kislorod manbai bo'lib hisoblanadigan suvo'tlari umurtqasiz hayvonlarning ko'pchiligi uchun yashash joyi va baliqlarnii uvuldiriq sochish ham da urug'lanishi uchun joy hisoblanadi. Suvo'tlar suvdagi organizmlarni kislorod bilan ta’minlashdan tashqari ifloslangan suvni biologik usul bilan tozalashda muhim ahamiyaga ega.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin