Ammifurin olish texnologiyasi Ammifurin – tozalangan yig‘indi yangi galen preparati bo‘lib, furakumarinlardan tashkil topgan
(izopimpinellin, bergapten va ksantotoksin). Xom- ashyo sifatida (Fructus Ammi majoris) Katta kella
mevalaridan foydalaniladi. В плодах содержатся фурокумарины (до 2,2%): изопимпинеллин,
ксантотоксин, бергаптенAmmifurin sariq rangli, o‘ziga xos hidli mahsulot bo‘lib, qaynoq metil, etil
spirtlarda yaxshi eriydi, sovuq organik erituvchilarda yomon, suvda erimaydi. Preparat
fotosensibillovchi faollikka ega.
Xom-ashyo – Katta kella mevasi soyabonguldoshlar oilasiga mansub o‘simlik 150 sm balandlikkacha
yetadi. Furakumarinlar 0.5% dan oshmasligi kerak. Vatani- Rossiya.
T.J.I. Xom-ashyoni maydalash.
Urug‘lar 0.5-1 mm kattalikda maydalanadi.
T.J.II. Xom-ashyoni ekstraksiyalash. Eksrtagent sifatida etil spirit ishlatiladi. Ekstraksiya qaytar
sovutgichda qaynab turgan spirtda olib boriladi (1:6). Ekstraksiya 2 soat davim etadi. Ajratmani
siqilgan azot yordamida siqiladi. Xom- ashyo 3 marta ekstraksiyalanadi. Ikkita birlamchi ajratmani
qayta ishlashga beriladi, uchinchi ajratmani yangi xom-ashyoni birlamchi ekstraksiyalash uchun
yuboriladi.
T.J.III. Furakumarinlar yig‘indisini bug‘latish va cho‘ktirish. Birlashtirilgan birinchi va ikkinchi
ajratmalarni 1 / 6 boshlang‘ich hajmga nisbatan ko‘p qildiq qolguncha bug‘latiladi. So‘ngra kumarinlar
aralashtirilib turilgan holda 2 hajm suv bilan cho‘ktiriladi. Aralashma 2-4 C gacha souvtiladi. Bir sutka
davomida furakumarinlar aralashmasi moysimon moddalari bo‘lgan cho‘kmani nutch filtrda filtrlanadi
va yuviladi. Furakumarinlar yig‘indisini yashil moysimon ko‘rinishda olinadi.
T.J.IV. Texnik ammifurin olish. Furakumarinlar yig‘indisiga 1.5 marotaba ko‘p miqdorda (80-
82C) qaynoq suv quyiladi va bo‘tqasimon massa hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan massaga yarim miqdorda
kalsiy gidroksid va teng miqdorda (80-85C) qaynoq suv qo‘shiladi, barchasi 10-15 daqiqa
aralashtiriladi va bir soatga qoldiriladi. Furakumarinlar suvli eritmaga o‘tadi, smolalar va ballast
moddalar cho‘kma holida qoladi. Lakton siklini ochilishi natijasida kumarin kislotaning kalsiyli tuzi
hosil bo‘ladi.