“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
63 
Bularga – Botqoq ledumi novdalari moychechak guli, arnika guli, andiz ildizpoyasi, darmana 
shuvoq guli, qayin kurtagi va bargi, achchiq shuvoq, bo‗ymadaron er ustki qismi, igir ildizpoyasi, 
qulmoq qubbasi. 
Efir moylarini analiz qilish usullari. 
Efir moylarini analiz qilishdan maqsad uning o‗simliklar tarkibidagi miqdorini, xossalarini, fizik 
kimyoviy konstantlarini, miqdorini aniqlashdir. 
O‗simliklar tarkibidagi efir moyi miqdorini 
aniqlash. 
O‗simliklar tarkibidagi efir moyi miqdori aniqlan uchun 1000 ml xajmdagi tagi dumaloq kolbaga 
10 –20 g maydalangan qismlik organidan solib, ustiga 300 ml suv quyiladi va kolba ustiga sharikli 
souvtgich tik xolda o‗rnatiladi. Sovutgichning pastki uchiga Ginzberg asbobchasini osib qo‗yib, kolba 
qizdiriladi Ginzberg asbobchasi U shaklidagi shisha naycha bo‗lib, bir uchi ingichka va kislorod, 
ikkinchi uni esa uzunroq, keng va millimetrlarga bo‗lingan. Kolbadagi suyuqlik qaynagandan so‗ng, 
suv bug‗lari efir moyi bug‗lari bilan sovutgichga ko‗tariladi va u erda suyuqlikka aylanib, Ginzberg 
asbobchasiga tomchilab qaytib tushadi. Efir moyi suvdan engil bo‗lgani uchun kolbaga oqib tushadi. 
Agar asbobcha ichidagi efir moyi miqdori 10 – 20 minut ichida o‗zgarmasa (ko‗paymasa), kolbani 
qizdirish to‗xtatiladi. Kolba sovigandan so‗ng asbobchani olib, efir moyi necha ml ekanligi 
aniqlanadi. 
Efir moylarining xossalarini aniqlash. 
Efir moylarining xossalariga ularning tashqi ko‗rinishi – rangi, tiniqligi, xidi va mazasi kiradi. 
agar efir moyiga past sifatli moy yoki boshqa birikma aralashsa, uning tashqi ko‗rinishi, xidi va 
mazasi albatta o‗zgaradi. 
Efir moyining tashqi ko‗rinishi, rangi va tiniqligi quyidagicha aniqlanadi diametri 2 – 3 sm 
bo‗lgan rangsiz, tiniq shisha silindrga 10 ml moy surib, o‗tuvchi nurda standart efir moyi bilan 
solishtirib ko‗riladi. Standart efir moyi xam xuddi shunday idishga solingan bo‗lishi kerak. 
Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni aniqlash. 
Efir moylari tarkibida ba‘zan turli aralashmalar (spirt, yog‗lar, mineral moylar, suv va 
boshqalar) uchraydi. Efir moylaridagi spirt aralashmasini aniqlash. Soat oynasiga quyilgan suv ustiga 
bir necha tomchi efir moyi tomizib, qora buyum ustida ko‗rilganda moy tomchilari atrofida 
loyqalanish bo‗lmasligi. Efir moyi loyqalansa, unda spirt aralashmasi borligi ma‘lum bo‗ladi. 
1 ml efir moyini quruq probirkaga solinadi va unga suv bilan to‗yintirilgan benzoldan 3 ml 
qo‗shib chayqatiladi. Agar efir moyida suv aralashmasi bo‗lsa, probirkadagi suyuqlik loyqalanadi. 
Efir moylarining kimyoviy konstantalarini aniqlash. 
Efir moylarining kimyoviy konstantalariga kislota, sovunlanish va efir soni kiradi.
1.Kislota sonini aniqlashda analizga olingan 1,5 – 2 (analitik tarozida tortilgan) efir moyi 5 ml 
neytral spirtda eritiladi va muntazam chayqatib turib, kaliy ishqorining spirtdagi 0,1 n eritmasi bilan 
titrlanadi. 
2.Sovunlanish sonini aniqlashda tarozida tortib olingan efir moyi avval 10 ml neytral spirtda 
eritiladi, so‗ngra kaliy ishqorning 0,5 spirtdagi eritmasidan 25 ml qo‗shib qizdiriladi. 
3. Efir va sovunlanish sonlari yordamida efir moyi tarkibidagi ma‘lum murakkab efirlarni xamda 
shu efirni tashkil etgan spirt va kislota miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi 
formuladan foydalaniladi:
Santonin preparatini olish 
Probirkaga – seskiviterpenli lakton. T
DD
q171,5-173,5
0
[a]D – 172, 5
0
(xloroform ) suvda juda 
kam eriydi, qaynab turgan suvda oz eriydi, 95 % spirtda qiyin eriydi; xloroformda, issiq 95 % li 
spirtda, benzolda,efir yog‗larida yaxshi eriydi, efirda esa qiyinroq eriydi.
Santonin rangsiz kristall modda, xidsiz, nordon ta‘mli. Nur ta‘sirida sarg‗ayadi va izomer – 
xromosantonin xoliga o‗tadi. Oxirgi maxsulotda santonin 95% dan kam bo‗lmasligi kerak. 
Њsimlikning nomi – Darmana shuvoq – ArtemisiacinaBerg; 
Oilasi – murakkabguldoshlar – Compositae. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin