“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
70 
b) Tarkibida lignanlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
v) 
Tarkibida antratsen unumlari va ularning glikozidlari (antraglikozidlar) bo`lgan 
dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
g) Tarkibida flavonoidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
d) 
Tarkibida kumarinlar va xromonlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
e) 
Tarkibida ishlovchi moddalar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
Tarkibida kam o`rganilgan turli biologik faol moddalar bo`lgan dorivor o`simliklar va 
mahsulotlar. 
 
Mavzu: Alkaloidlarning fizik kimyoviy tahlili
Laboratoriya mashg'uloti
1. Mavzuni yozishdan maqsad : 
Bunda talabalarni tarkibida alkaloidlar saqlagan dorivor o`simlik mahsulotlarini kimyosini 
o`rganish va ular asosida olinadigan preparatlarni olinish texnologiyasi bilan tanishtirish. 
2. Mavzuni ahamiyati: 
Tarkibida alkaloidlar saqlagan dorivor o`simliklar va preparatlarni tahlil qilishni o`rganish. 
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: 
1.
Alkaloidlarrga ta'rif bering. 
2.
O`simlik mahsuloti tarkibidai alkaloidlarlarni qanday reaktsiyalar bilan aniqlash mumkin? 
3.
Alkaloidlarning fizikaviy xossalari qanday ? 
4.
Alkaloidlar saqlagan mahsulotlarni tibbiyotdagi ahamiyati. 
5.
Tarkibida alkaloidlar saqlagan o`simliklarni ayting
6.
Alkaloidlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ? 
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 
Fizik-kimyoviy xossalari 
O‘simliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil ko‘rinishda uchraydi: 
1. Sof (asos) xolida 
2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar – tuzlar holida. 
3. Azot atomi bo‘yicha oksidlangan N-oksid shaklida. 
O‘simlik to‘qimasida alkaloidlar ko‘pincha organik (oksalat, olma, limon, vino), mineral (sulfat, 
fosfat va boshqalar) va ba‘zan o‘simliklarning o‘ziga xos (likon, xin, xilidon) kislotalar bilan birikkan 
tuzlar xolida uchraydi. 
Sof (asos) xoldagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning 
kislotalar bilan xosil qilgan birikmalari – alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik 
erituvchilarda erimaydi. Asos xamda tuz xolidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi. Shu bilan 
birga suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydigan sof alkaloidlar (tsitizin, metiltsitizin, kofein va 
boshqalar) xamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat, tanin sulfat) xam uchraydi. 
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall xoldagi tuzlar xosil qiladi.Alkaloidlarning dissotsiatsiya 
konstantalari juda katta chegarada (1 10
-11
va undan yuqori) bo‘ladi. Shuning uchun ular kislotalar 
bilan turli darajada turg‘un bo‘lgan birikmali tuzlar xosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga 
ega bo‘lgan alkaloidlar (kofein, kolxitsin) kislotalar ta‘sirida turg‘un bo‘lmagan tuzlar beradi. Natijada 
bu birikmalar suvli eritmalarda tezda parchalanib ketadi. Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga 
ega, shu sababli ular o‘z tuzlaridan boshqa asoslar (xatto natriy karbonat yoki kaliy karbonat eritmalari 
xam) ta‘sirida osonlik bilan siqib chiqariladi. O‘simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan 
alakaloidlar xam uchraydi. Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta‘sirida suvda eriydigan 
fenolyat tipidagi birikma xosil bo‘ladi. Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni taxlil qilinayotganda 
xisobga olinishi mumkin. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin