“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

2 – Laboratoriya ishi 
Alkaloidlarning xromatografik taxlili 
Alkaloid saqlovchi o‘simliklarning va alkaloidlarni taxlil qilishda xromatografik usullarning 
xamma turlari (adsorbtsion, ion almashish, taqsimlanish, bo‘linish va boshqalar) keng miqyosda 
qo‘llaniladi. Bu usullardan alkaloidni ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar 
yig‘indisidan ayrimlarini ajratib olishda xamda ularning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. 
Xromatografik analiz qilish uchun avval maxsulotdan tegishli ajratma tayyorlanadi. Buning 
uchun maydalangan maxsulotdan 1 g olib, 100 ml xajmli kolbaga solinadi, ustiga xlorid kislotaning 
1% li eritmasidan 25 ml quyib, vaqt-vaqtida chayqalib turgan xolda bir necha soat davomida qo‘yib 
qo‘yiladi yoki qaynab turgan suv xammomi ustida 5 min qizdiriladi, so‘ngra uni sovitib, paxta orqali 
100 ml li bo‘luvchi voronkaga filtrlanadi. Filtratda alkaloidlar tuz xolida bo‘ladi. Keyin ajratma 
fenoftalien buyicha ishqoriy sharoitga o‘tguncha filtratga ammoniy gidrooksidining kontsentrik 
eritmasidan tomchilab quyiladi va asos xoliga o‘tgan alkaloidlar 5 ml xloroform bilan chayqatib ajratib 
olinadi. Shu ajratma xromatografik analiz uchun ishlatiladi. 
Alkaloidlarning qog‘ozli xromatografik (KX yoki BX) taxlili. Xromatografik qog‘ozning «start» 
chizig‘iga (pastki chetidan 2-3 sm balandligida) kapillyar naycha yordamida tayyorlangan ajratmadan 
0,1 ml xamda alkaloidlarning «guvox» eritmalaridan bir-biridan 2 sm masofada tomiziladi. Tomizilgan 
ajratma va «guvox» eritmalar qurigandan so‘ng xromatografik qog‘oz bir sutka oldin n-butenol-sirka 
kislota-suv aralashmasi (5:1:4) qo‘yib qo‘yilgan xromatografik kameraga joylashtirilib, 14-15 soat 
davomida xromatografiya o‘tkaziladi (xromatografik kameraning qopqog‘I yopiq xolida bo‘ladi). 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
72 
Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan so‘ng, xromatogramma kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf 
reaktivi purkaladi. Natijada ajratmadagi va «guvox» alkaloidlar sariq fondda zarg‘aldoq dog‘lar xolida 
ko‘riladi. Dog‘larning Rf aniqlanadi va ajratmadagi xamda «guvox» alkaloidlarning Rf ni solishtirib 
ko‘rib, o‘simlik ajratmasida qanday alkaloid borligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. 
Alkaloidlarning yupqa qavatli xromatografik (YuKX yoki TSX) taxlili 
KSK markali slikagel yopishtirilgan 12 x 9 sm li oyna plastinkasi yoki «silufol» plastinkasining 
«start» chizig‘iga kapilyar naycha yordamida o‘simlikdan tayyorlangan ajratmadan xamda «guvox» 
alkaloidlar eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1 ml dan tomiziladi. Dog‘lar quriganidan so‘ng 
plastinka oldindan xloroform – atseton – dietilamin (5:4:1) suyuqliklar aralashmasi qo‘yib qo‘yilgan 
xromatografik kamerasiga joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti (30-40 min) o‘tgandan so‘ng 
plastinka kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf reaktivlari purkaladi. Natijada o‘simlikdan 
ajratib olingan va «guvox» alkaloidlar sariq fonda zarg‘aldoq dog‘lar xolida ko‘riladi. Dog‘larning Rf 
lari xisoblanadi. So‘ngra o‘simlik ajratmasidagi va «guvox» alkaloidlarning R
f
larini solishtirib ko‘rib, 
o‘simlikda qanday alkaloid borligi aniqlanadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin