“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 74
solinadi. Keyingi ajralishda oxirgi sul‘fator asosiy, tayyor anabazin sul‘fat olingandan so‘ng asosiy
oxirgi sul‘fator sifatida ishlatiladi.
Anabazin sul’fatni neytrallash. Texnik anabazin sul‘fat suv bilan (1:1) suyultiriladi va rN – 4,5-5
muxitda xloroform bilan ekstraktsiyalanadi. Sul‘fat aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli
apparatga quyiladi. Buni ustiga o‘lchangan, xisoblangan miqdorda konts N
2
SO
4
solinadi. Aralashma
yaxshilab aralashtirilib 5
0
C gacha sovutiladi. Keyin reaktsion massaga aralashtirib turgan xolda asta
sekinlik bilan natriy nitrat quyiladi bunda reaktsion massaning temperaturasi 5
0
C dan oshmasligi
kerak. Xisoblangan miqdorda natriy nitrit solingandan so‘ng reaktsion aralashma 4 soat 5
0
C da
aralashtiriladi, keyin 12 soatga tindiriladi. Keyin aralashma 40% li NaOH bilan pH – 6,8-7 ga etguncha
neytrallanadi, bundan nitrozoanabazin ajralib chiqadi. Neytrallangan aralashma likobchali ekstraktorga
quyiladi va unga xloroform qo‘shiladi. Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi
jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi, bunda pH – 6,5 bo‘lishi kerak.
Ekstraktsiya oxirida xloroformli ekstrakt bir soatga tindiriladi. Birinchi beshta ta ekstrakt
qo‘shilib, suvsiz natriy gidrosulfatda quritiladi. Nutch filtrda filtrlanadi. Xloroform vakuum-
tsirkulyatsion apparatda xaydaladi.
Nitrozoanabazinni gidrolizlash . Nitrozoanabazin aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli
qurilmaga solinadi. Bunga xisoblangan miqdorda 18% li HCL solinadi. Aralashma aralashtiriladi va
98-100
0
da qizdirib 8 soat tindiriladi. Reaksion massa sovigandan so‘ng uni 40% NaOH bilan rN – 9,0-
9,5 muxit xosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Keyin likobchali ekstraktorda anabazin xloroform ekstraktsiyasi
olib boriladi. Xloroform ekstraktni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va nutch filtrida filtrlanadi.
Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. Anabazin qoldiq xloroformdan quritiladi va
120-140
0
C xaroratda 4-5 mm sim ust. qoldiq bosim ostida vakuumda xaydaladi.
Texnik anabazin gidroxloridni olish. Tozalangan asos-anabazin aralashtirgichli, qobiqli va pastki
quyilishidan iborat apparatga solinadi. Bunda 1:2 nisbatda absolyut izopropanol solib 10-15 minut
davomida aralashtiriladi. Keyin qurilmaga vodorod xlorid ning 25-30% li izopropanol eritmasini oz-oz
qismdan solinadi. Xisoblangan miqdorda solingan vodorod xloridning spirtli eritmasi reaktsion massa
bilan 1,5-2 soat davomida aralashtiriladi va u muzlatilgan suv bilan sovitiladi. Cho‘kmaga tushgan
anabazin gidroxlorid nutch-filtrda siqiladi va quritilgan aseton bilan yuviladi. Yuvilgan va yaxshilab
siqlgan anabazin gidroxlorid xona xaroratida 10-12 soat davomida quritiladi.
Farmokopik anabazin gidroxloridni olish. Texnik anabazin gidroxlorid shishali dumaloq tubli
kolbaga solinadi, unga absolyut izopropanol spirtni (1:4) nisbatda qo‘shiladi va qaynab turgan suv
xammomida to‘liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin eritma emallangan idishga ikki qavatli qog‘oz
filtridan vakuum ostida filtrlanadi va doimiy aralashtirilib turgan xolda quyuq bo‘tqa xosil qilgan
aralashma xona xaroratida sovutiladi, cho‘kmaga tushgan kristallar nutch-filtrda siqiladi va bir marta
uch karalli atseton bilan yuviladi. 10-12 soat davomida davriy aralashtirilib turgan xolda xona
xaroratida quritiladi, keyin vakuum ostida 0,6-0,7 atm va 40-50
0
xaroratda 2-3 soat davomida olib
boriladi.
Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.