“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 69
tashkil topgan. Ularni hammasi ham dorivor bo`lmaydi va kasalliklarni davolashda shifobaxsh ta'sir
ko`rsatmaydi. Ayrimlari esa dori turlarini tayyorlashda xalaqit beradi, shuningdek, dorivor
mahsulotni saqlash vaqtida ularning sifatini buzilishiga olib keladi yoki asosiy ta'sir etuvchi
kimyoviy birikmalarni tez parchalanishga sababchi bo`ladi. Shuning uchun dorivor o`simliklar
tarkibida uchraydigan moddalar tibbiyot va farmatsiya nuqtai nazardan uch guruhga bo`linadi;
Dorivor o`simliklarning asosiy ta'sir etuvchi biologik faol moddalari. Dorivor mahsulot
tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bo`lgan biologik faol moddalari
bo`lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. O`simlikning terapevtik ahamiyati bo`lgan
shifobaxsh biologik faol kimyoviy birikmalari asosiy ta'sir etuvchi moddalari deb ataladi. Bu
moddalar ko`pincha ayrim o`simliklarga xos bo`lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona,
mingdevona, skopoliya turlariga xos atropiya, giostsiamin, skopalamin), glikozidlar (angishvonagul,
strofant, adonis, marvaridgul, erizimum o`simliklariga xos yurak glikozidlari, ra'noguldoshlarga xos
amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va boshqa izotiotsiantlar), kumarinlar, efir moylari,
flavanoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar.
O`simliklarning ta'sir etuvchi moddalari bilan birga uchraydigan birikmalar. Bunday
moddalarni ayni shu o`simlikda terapevtik ahamiyati bo`lmasa-da, asosiy ta'sir etuvchi
birikmalarning ta'sir kuchini o`zgartirishi (ko`chaytirishi) hamda organizmga so`rilishi natijasida
ta'sirini tezlatishi mumkin. Ba'zan asosiy ta'sir etuvchi modda bilan birga uchraydigan boshqa
birikmalar organizmga birgalikda (kompleks) ta'sir ko`rsatishi ham mumkin. Masalan,
angishvonagul tarkibidagi steroid saponinlar shu o`simlikni asosiy ta'sir etuvchi birikmasi-yurak
glikozidlarini organizmga so`rilishi tezlatib, mahsulotning dorivor preparatlari ta'sirini tezlatadi va
kuchaytiradi.
Terapevtik ahamiyati bo`lmagan, keraksiz ballast moddalar. Bu moddalar o`simliklarning
asosiy ta'sir etuvchi va ular bilan birga uchraydigan birikmalar singari kimyoviy tuzilishi bo`yicha
har xil moddalar bo`lishi mumkin. Uglevodlar, smolalar, efir moylari, yog`lar, organik kislotalar,
oqsil, mineral va boshqa moddalar shular jumlasiga kiradi. Ular ma'lum sharoitda terapevtik ta'sirga
ega bo`lgan birikma hisoblansa ham, boshqa o`simlikda ballast (keraksiz) modda sifatida uchrashi
mumkin. Shuning uchun ballast moddalarni doimo bir xil, ma'lum guruhga kiradigan birikmalar
deyish xato bo`ladi. Masalan, kanakunjut, zaytun, bodom va boshqalarning urug`idan olinadigan
moylar asosiy ta'sir etuvchi birikmalar hisoblansa, shohkuya zamburug`i hamda strofant urug`ida
uchraydigan yog`lar shu o`simliklardan dori turlari tayyorlashda va mahsulotni saqlashda ballast
modda hisoblanadi. Xuddi shuningdek, sano bargida smolalar, shoxkuya tarkibida sut kislota ham
ko`rsatilgan mahsulotlar uchun ballast moddalardir.
Kimyoviy tasnif-klassifikatsiya bo`yicha dorivor o`simliklar va ularning mahsulotlari
quyidagi sinflarga bo`lib o`qiladi;
Tarkibida polisaxaridlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar.
Tarkibida vitaminlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar.
Tarkibida lipidlar (yog`lar va yog`simon moddalar) bo`lgan dorivor o`simliklar va
mahsulotlar.
Tarkibida terpenoidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar.
Tarkibida alkaloidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar.
Tarkibida glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar.
a)
Tarkibida monoterpan glikozidlar (achchiq moddalar) bo`lgan dorivor o`simliklar va
mahsulotlar;
b)
Tarkibida yurak glikozidlari (steroid glikozidlar) bo`lgan dorivor o`simliklar va
mahsulotlar;
v)
Tarkibida triterpin glikozidlar (triterpin saponinlar) hamda steroid saponinlar bo`lgan
dorivor o`simliklar va mahsulotlar;
Tarkibida fenol unumlari bo`lgan dorivor o`simliklar va mahsulotlar:
a)
Tarkibida oddiy fenollar, ularni unumlari va glikozidlari (fenolglikozidlar) bo`lgan
dorivor o`simliklar va mahsulotlar;