“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
55
Antratsen unumlari saqlovchi maxsulotlarning kimyoviy taxlili
Antratsen unumlariga sifat reaksiyalar.
Sano barglarining tarkibida antratsen unumlari borligini uning sarik va kizgish-sarik tusiga karab
bilish mumkin. Bu birikmalarning tabiiy rangi sano barglarini aniklovchi muxim belgilaridandir
ammo, ko‗p xollarda bu rang xlorofill va boshka bo‗yovchi moddalar bilan nikoblangan bo‗ladi.
Sano barglarining suvli ajratmasiga bir necha tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi yoki sulfat
kislota va borat kislota aralashmasidan tomizilsa kizil rang xosil bo‗ladi.
Antratsen unumlarini Xalkaro farmakopeya usuli bilan aniklash.
0,1 g maydalangan sano barglarini 100 ml xajmi 10 ml suyultirilgan sulfat kislotasi bilan 2 minut
davomida kaynatiladi.
Issik xolda filtrlanadi, sovigandan so‗ng filtratni bo‗luvchi voronkada baravar
xajmdagi benzol bilan bir minut davomida chaykatiladi. Benzol kavati ajratib olinadi,
uni yarim
xajmdagi suyultirilgan ammiak bilan chaykatiladi va 15 minutga koldiriladi. Ammiakli kavat kizil-
binafsha rangga bo‗yaladi.
Mikrosublimatsiya.
Antratsen unumlarining borligini mikrosublimatsiya metodi bilan tasdiklash
mumkin. Buning uchun buyum oynachasiga maydalangan sano barglaridan solinadi,
boshka buyum
oynachasi bilan ustki burchak xosil kilib yopiladi (2 ta buyum oynachasi orasiga probka bo‗lagi
ko‗yiladi) va asbest setkasi ustiga kuyib kizdiriladi. Bunda sarik yoki zargaldok rangli bug xosil
bo‗ladi va u yukori buyum oynachasida kristallanadi va unga ishkor eritmasi tomizilganda kizil-
binafsha rangga bo‗yaladi.
Antratsen unumlarining mikdoriy analizi.
0,05 g anik o‗lchab olingan maydalangan sano barglarini 100 ml xajmli konussimon kolbaga solinadi
va 7,5 ml konsentrlangan sirka kislotasi solinadi. Kolbaga kaytarma sovutkich
bilan biriktiriladi va
kaynab turgan suv xammomida 30 minut davomida kizdiriladi. So‗ngra kolbadagi aralashma
sovutilib, unga sovutkich orkali 30 ml efir kuyiladi va aralashma yana 15 minut kaynatiladi
(sovitilgan suv xammomida) va aralashma paxta-filtr orkali xajmi 250 ml bo‗lgan bo‗luvchi
voronkaga filtrlanadi. Kolbadagi sano
barglariga yana efir solinib, 15 minut kaynatiladi. Efirli
ajratmani birlamchi ajratma ustiga paxta filtr orkali filtrlanadi. Sano barglari solingan kolbani va
voronkani paxta-filtr bilan 2 marta 10 ml efir bilan yuviladi. Bo‗luvchi voronkadagi ajratmaga 100
ml ishkor aralashmasi (2% ammiak saklagan 5 % li natriy ishkori) solinadi va 3
minut davomida
chaykatiladi. Bo‗luvchi voronkadagi aralashma tindiriladi va ajralgan ishkor kavati xajmi 250 ml li
o‗lchov kolbasiga solinadi, bo‗luvchi voronkadagi efirli ekstraktni esa to pushti rang xosil bo‗lishi
to‗xtamaguncha 25 ml dan ishkor aralashmasi bilan chaykatiladi.
Dostları ilə paylaş: