“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
50 
To‗rtinchi probirkadagi suyuqlikning hajmi 2 ml; probirkada 0,4 ml tekshiruvchi ajratma bor. 
Tekshiriluvchi ajratma 1 %li qilib tayyorlangan. 
Demak, saponinning gemolitik indeksi
2 100 
X q ---- , ya‘ni 1:500. 
0,4 1 
Saponinlarning ko‗pirish sonini (ko‗rsatkichini) aniqlash. 
Ko‗pirish soni (ko‗rsatkichi) deb diametri 16 mm li probirkada 15 sekund davomida qattiq 
chayqatilganda 1 sm balandlikda tur\un ko‗pik hosil qiladigan saponinlarning eng kichik miqdoriga 
aytiladi. 
Aniqlash usuli. 1 yoki 2 g maydalangan Nippon dioskareyasi ildizpoyasini kolbaga solib, unga 
natriy xloridning 0,9% li issiq eritmasidan 100 ml qo‗shiladi. So‗ngra kolbani vertikal holdagi shisha 
naychasi (havo sovitgichi) bilan birlashtirib, qaynab turgan suv hammomchasi ustida 30 minut 
qizdiriladi. Kolbadagi suyuqlik (saponinlar ajratmasi) sovigandan so‗ng filtrlanadi. Diametri 16 mm li 
10 probirka (yoki silindr) olib, I probirkaga 1 ml, II ga 2 ml, ... X probirkaga 10 ml ga etguniga qadar 
(ya‘ni I probirkaga 9 ml, II probikaga 8 ml, ... IX probirkaga 1 ml ) natriy xloridning 0,9 % li 
eritmasidan qo‗shiladi. Probirkadagi suyuqlik 15 sekund davomida chayqatiladi. va 15 minutdan so‗ng 
tur\un ko‗pikning balandligi 1 sm bo‗lgan probirkani topib, undagi saponinlarning ko‗pirish 
ko‗rsatkichi (X) quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi; 
100 10 
X q ---- 
a v 
bunda: a — analizga olingan mahsulot o\irligi; 
v — tur\un ko‗pikning balandligi 1 sm bo‗lgan probirkadagi saponinlar ajratmasining ml 
miqdori. 
Saponinlarning tibbiyotda qo‘llanilishi. 
Saponinlar organizm bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyatini kuchaytiradi, so‗lak va ter 
ajralishini oshiradi. SHuning uchun saponinlar saqlovchi mahsulotlar tibbiyotda bal\am ko‗chiruvchi 
va siydik haydovchi hamda tinchlantiruvchi, organizm tonusini qo‗z\atuvchi vosita sifatida va boshqa 
kasalliklarda ishlatiladi. Steroid saponinlardan steroid gormonlar sintez qilishda arzon mahsulot 
sifatida foydalaniladi. 
Saponinlar yana turli xildagi boshqa dori moddalar va zaharlarning hayvon ichagida so‗rilishi 
jarayonini kuchaytiradi. Saponinlarning bu xossalari dori turlari tayyorlashda hisobga olinishi kerak. 
Toza saponin ba‘zi (brutsellyoz va kuydirgiga qarshi ishlatiladigan) vaksinalarni tayyorlashda 
ham qo‗llaniladi. 
Saponinlar xalq xo‗jaligida ko‗p ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida (holva, pivo, limonad 
tayyorlashda), o‗t o‗chiradigan asboblarda, engil sanoatda (nafis gazlamalarni yuvishda) va boshqa 
sanoat tarmoqlarida qo‗llaniladi. 
Saponinlar texnologiyasi. 
Saponinlarni o‗simlik organidan o‗ziga tegishli ajratuvchi bilan ekstraksiya usulida ajratib 
olinadi. Saponinlar texnologiyasida asosan har xil darajadagi spirtlar (CH
3
OH, C
2
H
5
OH) ishlatiladi, 
chunki saponinlar (60-70% li) etil va metil spirtlarda yaxshi eriydi. 90% li spirtda esa faqat 
qaynatilganda erib, sovigandan keyin esa yana cho‗kmaga tushib qoladi. Bu xossasidan ularning 
miqdoriy analizida ham ishlatiladi. Masalan: 90% li etil spirti diosponin, polisponin olishda ekstragent 
sifatida issiq metil spirti esa patrin olishda ekstragent sifatida, saparal preparatini olishda esa metil 
spirti bilan birga butil spirti ham ishlatiladi. Saponinlar texnologiyasida ishlatilgan spirt ekstraksiya 
jarayonidan keyin chiqindi tarkibidan haydab olinadi va regeneratsiya qilinib, qayta ishlatiladi. 
Saponinlarning suvli ajratmasini olish uchun oldin spirt bilan ekstraksiya qilinadi. Ajratma tarkibidagi 
spirt (1-1,5 atm. yoki 100-150 mm. sim. ust. bosimida) bu\latilib yuboriladi. Agar suvli kub qoldiq 
tarkibida suvda eriydigan va suvda erimaydigan saponinlar bo‗lsa, unda sentrafuga qilinadi, bunda 
suvda erimaydigan saponinlar cho‗kmada bo‗ladi. Agar qaysi holdagi saponinlarni ajratib olish kerak, 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin