“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
47 
chuchmomadoshlar (Amaryllidaceae), tuyatovondoshlar (Zygophyllidaceae) va boshqa oilalarning 
vakillari tarkibida ko‗p miqdorda to‗planadi. 
Saponinlar oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan 
etil (60-70%) va metil spirtlarida yaxshi eriydi. 90% li etil spirtida esa faqat qaynatilgandagina erib, 
sovitilganida qayta cho‗kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. 
Ularning aglikonlari — sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saponinlar 
fenollar va steroid spirtlar bilan molekulyar birikma beradi Xosil bo‗lgan birikmalar suvda va spirtda 
yomon erigani sababli, saponinlarni o‗simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu 
reaksiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini aniqlash usullari ham 
uning saponinlar bilan erimaydigan molekulyar birikma hosil qilishga asoslangan. Saponinlar 
xolesterin bilan birikkanda, biologik faolligini yo‗qotadi. 
Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo‗lgan o‗simliklar kukunining changi 
burun va tomoqning shilliq qavatlarini qichishtirib, yo‗taltiradi hamda aksirtiradi. Ular iste‘mol 
qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyati kuchayadi. +on eritrotsitlarini 
eritish saponinlarning eng muhim va o‗ziga xos xususiyatlaridan biridir. SHuning uchun saponi 
eritmasini venaga yuborish mumkin emas. Aks holda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste‘mol 
qilingan ba‘zi saponinlar kuchli zahar sifatida ta‘sir qilishi mumkin. Zaharli saponinlar sapotoksinlar 
deb ataladi. 
Saponinlar tasnifi. 
Saponinlar aglikonlarining kimyoviy tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‗linadi. 
1. Sapogeninlari triterpenlarning unumlari bo‘lgan (pentatsiklik va tetratsiklik birikmalar) 
saponinlar. 
Triterpen saponinlarning suvdagi eritmasi aksariyat kislotali sharoitga ega. 
Triterpen pentatsiklik saponinlarning aglikoni sifatida ko‗p o‗simliklarda uchraydigan oleanol, 
ursol, glitsirretin kislotalar boshqalar, triterpen tetratsiklik saponinlarga jenshenda uchraydigan 
panaksodiol va panaksotriollar misol bo‗la oladi. 
2. Sapogeninlari siklopentanpergidrofenantrenning unumlari (steroid birikmalar) bo‘lgan 
saponinlar. 
Steroid saponinlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyali bo‗ladi. 
Steroid saponinlar tabiatda triterpen saponinlarga nisbatan kamroq tarqalgan bo‗lsada, ular 
ko‗proq va ancha chuqur o‗rganilgan. Steroid saponinlarga misol qilib angishvonagul o‗simligining 
saponinlaridan tigonin (sapogenini - tigogenin) va digitonin (sapogenini - digitogenin), dioskoreya 
o‗simligi saponinlaridan diossin (sapogenini - diogenin) va boshqalarni ko‗rsatish mumkin.Saponinlar 
aglikoni — sapogeninlarga qand qismi odatda uchinchi uglerod atomidagi gidroksil orqali birikadi. 
Lekin boshqa uglerod atomlariga joylashgan gidroksil guruhlar, ba‘zan bir vaqtda ikkita uglerod 
atomiga joylashgan ayrim-ayrim gidroksil guruhlar orqali ham qand qoldiqlari sapogenin skeletiga 
birikishi mumkin. Saponinlar molekulasi tarkibida qand qismi sifatida ko‗pincha D - glyukoza, D - 
galaktoza, D - ksiloza, L - ramnoza, L - arabinoza, L - fukoza va boshqa monosaxaridlar hamda D - 
glyukuron va D - galakturon kislotalari uchraydi. Bularning saponinlar molekulasidagi miqdori 1 tadan 
10 tagacha va undan ortiq monosaxaridlar birlashmasidan tashkil topgan bo‗lishi mumkin. 
Tarkibida triterpen saponinlar bo‗lgan o‗simliklar: 
O‘simlikning o‘zbekcha va 
lotincha nomi 
O‘simlikning oilasi 
Usimlikning ishlatiladigan 
organi 
Tuksiz (oddiy) qizilmiya 
(chuchukmiya, shirinmiya) — 
Glycyrrhiza glabra L. 
Dukkakdoshlar — Fabaceae 
oilasi 
qizilmiya o‗simligining ildizi — 
Radix glycyrrhizae (Radix 
liquiritiae) 
Zangori polemonium — 
Polemonium coeruleum L. 
Polemoniyadoshlar —
Polemoniaceae oilasi 
Polemonium o‗simligining 
ildizpoyasi bilan ildizi — 
Rhizoma cum radicibus 
polemonii 
Haqiqiy jenshen — Panax 
Araliyadoshlar — Araliaceae 
Jenshen o‗simligining ildizi — 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin